Kasb tanlashga


B o ‘Iajak o ‘qitiivchi/arni o ‘qiivchUami kasb tanlashga y o ‘llash



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/266
Sana16.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#677586
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

B o ‘Iajak o ‘qitiivchi/arni o ‘qiivchUami kasb tanlashga y o ‘llash
ishiga tayyorlash sistemasi.
Kasblarni o‘rganishda ham jiddiy 
kam chihklar bor. Bu esa respublikamizda kasbga yo‘naltirish 
ishlarining yagona sistemasini yaratishni qiyinlashtiradi. Chu- 
nonchi, hozirgi vaqtga qadar menejer, konsalting va boshqa kasb­
larning professiogrammalari tuzilgan emas. Bu yoshlar bilan olib 
boriladigan kasbga yo‘naltirish ishining sam aradorligini ancha 
pasaytiradi. Shuningdek, kasbiy guruhlarning asosiy vakillari va 
xalq xo‘jaligi, fan va m adaniyat sohasidagi asosiy m ehnat tu r­
lari uchun qisqacha psixologik tavsifnomalar, m a’lum otnom a
371


adabiyotlar uchun kasblar kompleks tavsifnomalarining tarkibiy 
qismi bo‘ladi. Shu maqsad uchun mayjud m ateriallardan foydala­
nish bilan bir qatorda tavsifnomalari bo‘lmagan kasblar va ixti- 
sosliklarning keng o‘rganilishini tashkil etish kerak. Bunday ish 
qisqa muddatga m o‘ljallangan bo'lishi lozim. Tegishli m utaxas- 
sislarni jalb qilgan holda uni amalga oshirish rejasi tuzilishi zarur. 
Bunda, birinchi navbatda, diqqat-e’tiborni maktabni bitirish ara- 
fasida ishlash yoki ishchi kasblarini o‘rganish istagini bildirgan 
o‘quvchilar uchun m a’lum otnom alar tuzishga qaratish, keyin esa 
kasblarning asosli m a’lumotnom a-lug‘atlarini tuzish kerak.
Ayni vaqtda xilma-xil tadqiqot m etodlarini qo‘llagan holda 
kasblarni ümiy-psixologik jihatdan o‘rganishga doir jarnoa tarzi- 
dagi professiografiya ishlari keng avj oldirilishi kerak.
Bu o‘rinda yoshlarning kasbga oid m uhim fazilatlarni egallab 
olish jarayonini va bunda o‘quvchilarda vujudga kelayotgan xato- 
liklarni o‘rganish m uhim ahamiyatga ega. Masalan, ish su r’ati 
tomonidan yuksak talablar qoyiladigan harakatlarni ham da farq- 
lanishi qiyin bo‘lgan belgilarni aniqlashda o‘z-o‘zini tekshirish- 
dan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni, shuningdek 
qo‘shimcha ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida yashirin ja ra ­
yonlarni sozlash bilan bog‘liq harakatlarni talab etadigan kasb- 
iarni egallashda ta ’lim jarayonida qiyinchiliklar va xatolar paydo 
bo‘lishi aniqlangan.
Biron-bir amaliy faoliyatni egallash ayni vaqtda psixofiziologik 
takomillashish jarayonidir. 
Bunday takomillashish deganda 
kishining psixofiziologik holati faoliyatni (ishni) talab darajasida 
bajarish uchun yaroqli tip yoki namunaga yaqinlashib kelishi tu- 
shuniladi. Mashqlarni o'rganish yuzasidan olib borilgan ko‘pgina 
ishlar shuni ko‘rsatadiki, faoliyatning yaxshilanishi faqat odam
psixofiziologik funksiyalarining rniqdor jihatdan o‘sishi bilan 
emas, balki sensor-m otor reaksiyalar tezligi va aniqligining orti- 
shi bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi. M ahoratning quyi bosqichidan 
yuqori bosqichga o'tishi kishining psixofiziologik funlcsiyasining 
miqdoriy sifat o‘zgarishlariga tayanadi.
Faoliyatning ba’zi bir turlarida bunday o‘zgarish o‘z-o‘zidan 
ravshan. Masalan, velosiped haydashni endi o ‘rganayotgan kishi- 
ga muvozanatni saqlab turish asosiy qiyinchilikni tashkil etadi, 
yiqilib tushmaslik uchun u avvallari hosil qilingan ko‘nikm alarini 
safarbar etadi, o'zining tabiiy belgilaridan foydalanadi. Lekin ve-
372


losipedga n î ^atan psixofiziologik moslashish vazifasi hal etilgan- 
d an keyin boshqacha psixofiziologik m exanizm lardan foydala- 
nishni talab etuvchi yangi vazifalar chidam lilikni, tezlik hissini, 
yo‘l boylab harakat qilish vaqtidagi taktik usullarni egallash vazi­
fasi paydo bo‘ladi.
Boshqa faoliyat turlarida psixofiziologik tuzilishni o‘zgartirish 
unchalik sezilarli emas, ba’zan u m ahorat tarkib topishining an ­
cha kechki bosqichlarida roy beradi. Bu o‘zgarish shaxsiy-psixo- 
logik tafovutlarning tabiiy asosiga hech bir ta ’sir etmaydi. Bi­
roq kasbga kirishib borish jarayonining turli bosqichlarida goh
u, goh bu xusLisiyat tayanch vazifasini o‘taydi. P. T. Magzumov 
tadqiqotlarini dalil sifatida keltiramiz. U tokarlik kasbini egal- 
lashning dastlabki bosqichini o‘rgangan edi. P. Magzumov shuni 
aniqladiki, kasbni egallashning m azkur bosqichida nerv jarayon­
lari kuchli bo‘lgan kishilar m ehnat topshiriqlarini muvaffaqiyatli 
uddalaganlar. Keyingi bosqichda esa nerv jarayonlari ancha zaif 
kishilar biroz ustunlikka ega b o iish i aniqlandi.
M uallif shunday farazni ilgari suradi, asab jarayonlari nis­
batan kuchli b o ig an kishilar, «zo‘r chidam lilikni, ko‘p kuch- 
g‘ayrat sarflashni talab etadigan topshiriqlarda o‘zlarini yaxshi, 
to ‘la nam oyon qildilar». Asab jarayonlari nisbatan zaif kishilarda 
ishdagi muvaffaqiyatlarning ortib borishini kasbni egallashning 
birinchi bosqichidagi qiyinchiliklar, topshiriqlarning qiyinligi bi­
lan emas, balki yangi sharoitlarda vujudga kelayotgan torm oz- 
lanish bilan tushuntirish m um kin. Binobarin, faoliyatning 
psixofiziologik asosini o‘zgartirish faqat funksional jarayonlarga 
taalluqli emas, balki nerv sistemasining asosiy xususiyatlariga 
ham taalluqlidir.
Kasbiy layoqatlilik shaxsning sifati b o iib , uning shakllani- 
shi psixofiziologik tuzilishni asta-sekin m ahorat darajasi turlicha 
b o ig a n topshiriqlarni bajarishga muvofiqlashtirishdan iboratdir. 
Bunda asab sistemasi asosiy xususiyatlarining ana shu ish turla- 
riga mos keladigan funksional ko‘rinishlari takom illashadi, ba’zi 
hollarda esa asab sistemasining bir tayanch xossasidan boshqasiga 
o'tish roy beradi.
Shuni nazarda tutish kerakki, boshlangich m ahoratning nis­
batan tez egallab olinishi kelgusida shu kasbda ishlash davomida 
paydo boiadigan qiyinchiliklar shunchalik tez b artaraf etilishiga 
kafolat bermaydi. Kasbni egallashda m ahoratning qaror topishi
373


aJohida jarayon bo‘lib, har bir kishining m ahoratni egallash yo‘- 
lida paydo bo‘ladigan qiyinchiliklar m a’lum darajada shu bilan 
belgilanadi.
Shaxsning fazilati sifatida kasbga layoqatlilikning shakllanishi 
haqida yuqorida aytilgan fikrlar oldingi zamon psixologiyasining 
m a’lum prinsiplaridan kelib chiqadi.
Aytilganlardan kasbga layoqatlilikni aniqlash masalasini 
kishining o‘zi mehnat (yoki o‘quv) faoliyatida sinab ko‘rm asdan 
oldin qoyish m um kin emas, degan xulosaga kelinadi. Kasbga oid 
mehnat uchun zarur bo‘Igan psixofiziologik m exanizm lar tarkib 
topmaguncha kasbga layoqatlilik (yoki layoqatsizlik) haqidagi 
masalani hal qilish m um kin emas. Bu m exanizm lar faqat faoli­
yatning o ‘zida shakllanishi mumkin.
Kishining ba’zi bir kasblarga layoqatliligining shakllanishiga 
qulaylik tug‘diradigan yoki uni osonlashtiradigan biror-bir tabiiy 
xususiyatlarni aniqlash mumkin. Tabiiy belgilarni oldindan ay- 
tish ham m ehnat jarayonini va kasbga oid ta ’lim berishni oqilona 
tashkil etishda va kasbga ko‘nikishda, ko‘pchilik hollarda esa 
mehnat faoliyatini boshlayotgan kishilar uchun aniq ish jo ‘yini 
tanlashda shubhasiz m uhim ahamiyatga egadir.
Natijada sof amaliy nuqtayi nazardan faqat so'zlar haqida gap 
borayotgandek tuyiladi, chunki psixofiziologik tashxis har holda 
inkor qilmaydi, shunday ekan, qanday so‘z tanlanishi, nim alar 
belgilanishi, layoqatlilikni shakllantirishning biologik shart-sha- 
roitini tashkil etuvchi kasbga layoqatlilik yoki tabiiy iqtidorning 
aniqlanishi baribir emasmi?
Haqiqatda esa gap kasbga layoqatlilik mavzusining o ‘zini tu- 
shunishdagi tub farqlar haqida bormoqda, chunki shart-sharoit- 
larning mavjudligi hali kasbga layoqatlilik shakllanishiga kafolat 
bermaydi. Bu shakllanish o‘zining psixofiziologik jihatiga ega 
bo‘lgan alohida m uam m odan iboratdir. 0 ‘ziga xos asoslarga o‘z 
talablarini qoyadigan faoliyatning shunday turlariga kasbiy layo­
qatlilikning biologik shart-sharoitlarini aniqlash vaqtida buni 
unutmaslik kerak. Bu shart-sharoitlar layoqatlilikni shakllanti­
rishga qulaylik tug‘dirsa ham, o ‘z-o‘zicha imkoniyatning voqelik- 
ka o ‘tishini ta ’minlay olmaydi. Xuddi shuningdek, kasb har qan­
day normal kishi uchun qulaydir degan gap, har bir kishi bu kasb 
sohasida mutaxassis bo‘lib yetishadi, degan m a’noni bildirmaydi. 
Layoqatlilikning shakllanish m uam m olarini tushunm aslik yoki
374


unga yetarli baho berf?'\)lmaslik tufayli shunday vaziyatlar vujudga 
keladiki, m ehnat faoliyatiga monelik qiladigan hech qanday to ‘siq 
bo‘lm asa ham kishi unga layoqatsiz deb e’lon qilinadi, haqiqatda 
esa uning layoqatlilikka shakllanishi lozim bo‘lgan shart-sharoit 
yaratib berilm agan. Bunday hollar ko‘pincha san’at, fan, sport, 
shuningdek boshqa sohalarda ham uchraydi.
K ishining tajribasi, bilim va m alakalari ortib borishi bilan 
birga u qisman ongli ravishda, qisman tushunib yetmagan holda 
o‘zining muvaffaqiyatli faoliyati uchun zaru r bo‘ladigan o‘ziga 
xos m exanizm larni egallaydi. Tabiiyki, bu jarayonning rivojlani­
shi uchun muayyan vaqt kerak. Shuning uchun ham bir faoliyat- 
dan ikkinchisiga doimiy ravishda o‘tib turish bu faoliyatlarning 
birortasiga ham layoqat shakllanm asligining garovidir. Faoliyat 
tegishli sabablar mavjud bo‘lgandagina vujudga keladi. Kasbkorlik 
faoliyatiga undaydigan ijobiy sabablarning m anbalari bu kasbning 
nufuzi, m ehnatning o'zidan hosil qilinadigan bevosita qoniqish, 
m a’naviy va ijtimoiy o‘sish imkoniyatlari, moddiy va m a’naviy 
rag‘batlantirishlardir. Bunda kichik ijtimoiy guruh bo‘lgan jam oa 
ham m uhim ahamiyat oynaydi, m ehnat topshiriqlari ana shu ja ­
moa bilan birgalikda hal qilinadi.
Ijobiy sabab faoliyatning vujudga kelishi, binobarin, layoqat- 
lilik shakllanishining zarur shartidir. Shaxs rivojlanishining bio­
logik shart-sharoitlari o‘z-o ‘zicha kasbkorlik yo‘nalishidan m ah- 
rum dir. Shuni eslash kifoyaki, insonning biologik tipi ko‘p asrlar 
mobaynida o ‘zgarmay qolgan. Kishilik jam iyatida esa bu davrlar- 
da minglab xilma-xil kasblar o ‘zgardi, eskilari yangilari bilan al- 
mashdi. Kasbkorlik yo‘nalishini jam iyatning o‘zi o ‘z ehtiyojlariga 
qarab yaratadi va tabiiy o‘ziga xos negizlar asosida turli-tum an 
kasb egalari shakllanadi. Nerv sistemasining asosiy xususiyatlari 
esa, agar ta ’bir joiz bo‘lsa, kasbkorlik jihatidan neytraldir.
Ayni bir vaqtda nerv sistemasining har bir xususiyati va xu- 
susiyatlarning har bir majmui vazifasiga ko‘ra ko'pgina imkoni- 
yatlarga ega bo‘lib, bir-biriga o‘xshamagan turli shakllarda na- 
moyon bo‘lishi m um kin.
K ishining biologik xususiyatlariga qarab uning kasbkorlik 
vazifasini belgilash m um kin bo'lavermaydi, ayniqsa hozirgi vaqt- 
dagi kasblarning ko'plari doimo fan-texnika taraqqiyoti taqazosi 
bilan o‘zgarishlar va takom illashtirishlarga duchor bo‘lib turibdi. 
D eniak, hatto oldindan aytib berishga yo‘l qoyilganda ham u yoki
375


bu kisliini aslida qanday kasbda sinab koi'ish kerakligi noaniq 
b o iib qoladi, uni oldindan aytib berish paytidagi kasbga yoki hali 
vujudga kelmagan kasbga tayyorlash kerakligi m aiu m boim aydi.
Hal qiluvchi bo‘g in sifatida kasbga layoqatlilikni shakilanti­
rishga yordam beradigan shart-sharoitlarni, keyin esa bu sharoit- 
larni yaratib berishni o‘rganishni hisoblash kerak boiadi. Bizning 
jamiyatda unumli m ehnatda muvaffaqiyatli ishtirok etish bu jam i- 
yatning har bir a’zosi uchun katta ahamiyat kasb etadi, chunki 
ijtimoiy salmoq, o‘z-o ‘ziga baho berish, o‘z qadr-qim m atini his 
qilish, kasbkorlik mahorati darajasi bilan bevosita bogiiq boiadi. 
Shaxsning shakllanishining o‘zi kasb egasining shakllanishi sin­
gari sodir boiadi, u ko‘p hollarda m a’naviy boyish, 
0

2
-
0
‘zini 
qaror toptirisii, burch tuygiisini yuksak darajada his etish, ijti­
moiy e’tirof etish, m a’naviy va iqtisodiy rag‘batlantirishlar bilan 
birga boradi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda kasbkorlik jih a ti­
dan o'sish va o‘z-o ‘zini takomillashtirish kishilar ongida shaxsiy 
istiqbol bilan mos keladi. Bu istiqbol ijodiy m ehnatda o‘zining 
maqsadga intilishi bilan ijtimoiy jihatdan e’tirof qilingan yutuqlar 
o‘rtasidagi bogianishni aniq tushunib yetishga asoslanadi. Shu 
narsa shak-shubhasizki, shaxsiy istiqbol m ehnat faoliyatining 
qudratli undovchisi boiib, chinakam m ahorat sari faol harakat 
qilishga ragi:>atlantirib turadi.
Psixologiyaning sanoat va qishloq xo'jaligidagi ko‘pgina kasb­
larga nisbatan vazifalari faqat kasbga layoqatlilikning tabiiy shart- 
sharoitlarini aniqlashdangina iborat emas. Bu vazifalar layoqatli­
likni shakllantirish masalalariga qaratilishi, kasbni oigangan har 
bir kishini bu sohada m ustahkam lanib borishga va m ahoratni 
qoiga kiritishga undashi lozim. Bu jihatdan m azkur kasbda, 
mazkur korxonada va ayrim hollarda m azkur tarm oqda shaxsiy 
istiqbol yaratish muammosi jiddiy e’tibor berishga loyiq masala 
b o iib qolishi mumkin.
Shuni e’tirof etish kerakki, ko‘pchilik kasblarda, shartli qilib 
gapirganda, kichik mutaxassislar kasblarida shaxsiy istiqbolni 
amalga oshirish imkoniyatlari unchalik to iiq ishga solinmagan 
va bu sohada ko‘p ishlarni amalga oshirish mumkin. Shaxsiy is- 
tiqbolning paydo boiishiga xalaqit beradigan holatlarga kasbkorlik 
ichida ilgarilab borish darajasining aniq ifodalanmaganligi yoki 
uning mutlaqo yo‘qligini kiritish m um kin. Ko‘pgina kasblarda 
rag'batlantirish turlari kasb mahoratiga mos kelmaydi va shaxs-
376


ning uzoq istiqbolini nazarda tutmaydi. Shaxsiy istiqbohiing pay­
do bo'Hshiga qiyinchiUk tug‘diradigan sabablardan biri moddiy va 
m a’naviy rag‘batlantirish bilan m azkur korxonada uzoq vaqt m o­
baynida ishlab chiqarish sohasida erishilayotgan muvaffaqiyatlar 
o‘rtasida bog‘lanishning mavjud emasligidir. Shunday hollar ham 
bo‘lishi m um kinki, kichik mutaxassisni rag‘batlantirish maqsa­
dida korxona rahbariyati ixtiyorida bo‘lgan barcha imkoniyat- 
dan foydalanib b o lin g an bo‘ladi, endi bu ishchi rag‘batlantirish 
m a’nosida hech narsa kutib o‘tirm asa ham bo‘ladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish