Psixobiografiya –shaxslarning hayot yo’lini psixologik o’rganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya siyosatchilarining obro’-e`tiborini, kishilarning individual kasbiy biografiyalarini o’rganish maqsadida qo’llanilgan. Kasb psixologiyada psixobiografiyani qo’llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo bo’lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma`lumotlarni olish imkonini beradi. - Psixobiografiya –shaxslarning hayot yo’lini psixologik o’rganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya siyosatchilarining obro’-e`tiborini, kishilarning individual kasbiy biografiyalarini o’rganish maqsadida qo’llanilgan. Kasb psixologiyada psixobiografiyani qo’llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo bo’lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma`lumotlarni olish imkonini beradi.
Anamnez metod – bu insoning mehnat subekti sifatida rivojlanish tarixi xaqidagi ma`lumotlarni yig`adi. Bu usul E.A.Klimov tomonidan batafsil ko’rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o’rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro’-e`tibor qozonishni oldindan tashxis qilishda qo’llaniladi. Anamneztik tadqiqot o’z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodga qo’yiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi. - Anamnez metod – bu insoning mehnat subekti sifatida rivojlanish tarixi xaqidagi ma`lumotlarni yig`adi. Bu usul E.A.Klimov tomonidan batafsil ko’rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o’rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro’-e`tibor qozonishni oldindan tashxis qilishda qo’llaniladi. Anamneztik tadqiqot o’z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodga qo’yiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi.
Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini taxlil etish yo’llari bo’lib, unga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasb psixologiyasining bu guruhidan qo’yidagi usullar muhim ahamiyatga ega. - Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini taxlil etish yo’llari bo’lib, unga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasb psixologiyasining bu guruhidan qo’yidagi usullar muhim ahamiyatga ega.
- Topshriqlar tahlili – bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy xulqini yo’nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq qilish metoddir. Topshiriqlarni tahlil etish metod F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo’llanilgan. Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muhandislik psixologiyasida keng qo’llaniladi.
-
- Hujjatlarni o’rganish metod – mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to’g`risidagi ob`ektiv ma`lumotlarni yig`ish metodi hisoblanadi. Bu ma`lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi:
- Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish usullarini sifatiga quyiladigan talablar;
- Insonga psixofiziologik va psixologik ta`sir ko’rsatadigan asbob- uskunalarning texnik tavsifnomasi;
- YOshi, staji, ma`lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo’nimsizligi uning sabablari va hokazolar xaqidagi ma`lumotlar;
- Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog`ligining holati to’g`risidagi ma`lumot.
Do'stlaringiz bilan baham: |