98
isho nish qiyin. Balki bunday yig‘ilgan ballar – bu natijalar o‘zini
xulq-atvori va qilmishlari unchalik obyektiv emasdir.
2. «Boshqalarga ta’sir ko‘rsata olish qo‘lingizdan keladimi?»
Quyidagi savollarga «ha» yoki «yo‘q» deb javob bering.
1. O‘zingizni aktyor rolida yoki siyosiy arbob sifatida ko‘rsata
olish qobiliyatingiz bor deb o‘ylaysizmi?
2. G‘alati kiyingan yoki o‘zini g‘alati tutadigan odamlar siz-
ning g‘ashingizga tegadimi?
3. Yurakdagi hasratlaringizni boshqa inson bilan dardlashib
gaplasha olasizmi?
4. Agar sizga zarracha bo‘lsa
ham hurmatsizlarcha munosa-
batda bo‘lish alomatlari sezilsa, siz darhol o‘z munosabatingizni
bildira olasizmi?
5. Agar o‘zingiz uchun juda muhim deb hisoblaydigan ishin-
gizda
kimdir muvaffaqiyat qozonsa, kayfiyatingiz buziladimi?
6. O‘zingizga juda qiyin bo‘lgan narsani odatdan tashqari im-
koniyatlaringizni yon-atrofdagilarga namoyish qilishni yoqtira-
sizmi?
7. Ishingizda yaxshi natijalarga erishish uchun o‘zingizni qur-
bon qila olasizmi?
8. Do‘stlaringiz sizga sodiq bo‘lib qolishlariga intilasizmi?
9. Hamma ishlaringizni va hattoki o‘yin-kulgini ham qat’iy
tartib bilan turmush tarzingizga bog‘lab olib borishni yoqtira-
sizmi?
10. Uyingizdagi jihozlarni o‘zgartirish yoki ularni bir joydan
ikkinchi joyga ko‘chirib qo‘yishni yaxshi ko‘rasizmi?
11. Siz eski masalalar yechimini
yangi usullar bilan yechib
ko‘rishni yoqtirasizmi?
12. Haddan tashqari manman va takabbur insonlarni mas-
xara qilasizmi?
13. Sizning rahbaringiz yoki juda obro‘li bir inson biror nar-
sada nohaq bo‘lsa, shuni isbotlab berishni yoqtirasizmi?
JAVOBLAR BAHOSI
Jadvaldan foydalanib yig‘ilgan ballaringizni hisoblab chiqing.
99
Javoblar
Savollar
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
«ha»
5
0
5
5
5
5
5
0
0
5
5
5
5
«yo‘q»
0
5
0
0
0
0
0
5
5
0
0
0
0
NATIJALAR:
35–65 ballar.
Siz
ajoyib zaminga ega insonsiz, boshqalarga ta’sir ko‘rsatish
uchun ulardagi xulq-atvorni o‘zgartirish, o‘rgatish, boshqa-
rish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish imkoniyatiga egasiz. Shunday
o‘xshash vaziyatlarda siz odatda o‘zingizni suvdagi baliqday his
etasiz. Siz, inson faqat o‘zi haqida o‘ylash, boshqalardan o‘zini
chetga tortib, eng oxirida yurish kerak emasligiga ishonasiz.
Ularning yon-atrofdagi sharoitlarga o‘zini yaxshi,
erkin his eta
olishlari uchun, boshqalar uchun ham biron-bir narsa qilishi,
ular ustidan rahbarlik qilish, qilingan xatolarini ko‘rsatib, ularga
o‘rgatish kerak.
Sizning fikringizcha, agar kishiga bunday ideal
munosabatda bo‘lish yoqmasa, ularni ayash va ularga rahm qilish
ke rak emasdir. Siz haqqoniyligingizga ishontira olasiz. Ammo
siz mav qeyingizga ko‘ra o‘ta talabchan bo‘lishingiz kerak. Aks
holda, siz osonlikcha o‘taketgan mutaassib yoki zolim insonga
aylanib qolishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: