96
ish organlari ag‘darma yumshatkichlardan va o‘q-yoysimon universal panjalar-
dan iborat.
O‘rnatma CHÊU-3,0 chizel-kultivatorining ish organlari uch qator joylash-
gan bo‘lib, qatordagi panjalar orasi 400
mm, panjalar izlarining orasi 133
mm.
Ikkinchi qatordagi panjalar birinchi qatordagilarga qaraganda pastroq,
uchin chi qator panjalari esa ikkinchiga nisbatan yana past, ya’ni pog‘onasimon
o‘rnatiladi.
Yerni qatlam-qatlam qilib ishlashda boshqa chizellar ikki marta yurishida
bajargan ishni pog‘onasimon chizel bir marta yurishda bajaradi.
CHÊ-3,0 ning ishlash chuqurligi tayanch g‘ildiraklarning balandligini
o‘zgartirib, CHÊU-4 kultivatorini esa gidrosilindrning tortuvchi gaykalarini ay-
lantirib rostlanadi. Yurish chuqurligi orqa qatordagi panjalar orqasida
yumshatilgan qatlamning qalinligini chizg‘ich bilan o‘lchab, nazorat qilinadi.
Yumshatilgan yer qatlami shishib qolganligi uchun o‘lchangan
qatlam qalinligi-
ni 3—5
sm ga kamaytirish kerak.
Chizel-kultivatorli agregatning yurish yo‘nalishi quyidagilarga asoslanib
tanlanadi: shudgorlangan yerlarni ishlashda shudgorlash yo‘nalishiga
ko‘ndalang harakatlanilsa, tuproq yaxshi yumshaydi. Sho‘ri yuvilgan yerlarni
ishlashda istalgan yo‘nalishda harakatlanish mumkin. Yaxob berilgan yerlar
chizellashdan oldin, odatda, boronalanadi, egat tekislanadi. Bu holda ham
chizel yo‘nalishining ahamiyati yo‘q. Agar yer boronalanmagan bo‘lsa,
mashinaning tebranmasligi va ishlash sifatining pasaymasligi uchun egat
bo‘ylab harakatlanish kerak. Maydonni ishga tayyorlash burilish va qayri lish
chiziqlarini belgilash va tayyorlashdan iborat.
Agregat harakatlanib, noksimon shaklda qayriladi. Ketma-ket yurishlar bir-
birini 15—20
sm qoplab borishi kerak. Asosiy maydon ishlanganidan keyin
qayrilish joylari ishlanadi.
Chizel-kultivatorning yurish tezligi ortishi bilan tuproqning maydalanishi
yaxshilanadi, agregatning tortish qarshiligi esa ortadi. Harakat tezligi 5 dan 8
km soatgacha oshirilganida tortish qarshiligi 10—15 foizga ortadi. Yurish te-
zligining ortishi bilan yotiq kesuvchi panjalar o‘tlarni yaxshi kesadi va ulardan
oson tozalanadi.
Aylanuvchi osma MVN-2,8 motigasi ekishdan oldin va chigit unib
chiqqandan keyin tuproq qatqaloqlarini maydalashda ishlatiladi. Motiga T-
28X4M traktoriga o‘rnatiladi. Motiga uch seksiyali rama, brus va oltita
batareyadan yig‘ilgan. Ish organlari shaxmat shaklida, har biri 14 tadan ikkita
parallel o‘qqa erkin o‘rnatilgan maxsus ignali tovoqlardan iborat.
Tovoqlar tishlarning yer bilan tishlashishi hisobiga aylanadi. Motiganing
tishlari har bir ishlanayotgan 1
m
2
da 150 marta sanchiladi. Tovoqning erkin
97
dumalashi natijasida yerning qatqalog‘i va yirik kesaklar changimasdan may-
dalanadi. Tovoqlarning yurish chuqurligini oshirish uchun motiga ustiga yuk
ortiladi.
Ish oldidan motiganing birikmalari tekshiriladi. Ignali tovoqlar o‘qda erkin
ayla nishi kerak. Ularning ishlash chuqurligi shunday bo‘lishi kerakki, tuproq
qatlami yaxshi maydalanib, o‘simlikka zarar yetmasligi lozim. Tovoqlar chigit
ekish chuqurligidan chuqurroq botsa, o‘simlikka zarar yetishi mumkin.
Tuproqning me’yoriy (16—18 foiz) namligida ish sifati yaxshi bo‘ladi. Agar
tovoqlar ifloslanib qolsa, aylanishdan to‘xtaydi, o‘simliklar shikastlanishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: