Yondirish svechalari. Yondirish svechalarida ko‘proq uchraydigan nuqsonlar:
qurum hosil bo‘ladi, elektrodlar kuyadi; izolyator darz ketadi; elektrodlar sina-
di. Agar qurum dastlab kerosin yoki qaynoq ishqorli eritmaga ho‘llansa, uni
tozalash oson bo‘ladi. Qurumdan tozalangan svecha toza suvda yuviladi.
Shikastlangan elektrodlar olib tashlanadi yoki korpus bilan tekislab egovlanadi,
yangi teshiklar parmalanadi va yangi elektrodlar presslab kiritiladi. Elektrodlar
korpusga chekanka qilib mahkamlanadi. Elektrodlar orasidagi tirqish 0,4—0,7
mm. Ta’mirlangan svechalarning uchqun hosil qilishi va svecha o‘zagi bilan
korpusining zich birlashtirilganligi tekshiriladi. Svechaning gaz o‘tkazmasligi 10
havo bosimli bosimda, uchqun hosil qilishi esa 6—8 havo bosimli bosimda
tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |