Kuchlanish regulyatori va teskari tok relesi. Kuchlanish regulyatorini va
teskari tok relesini ta’mirlash — kontaktlarni tozalash, zarur bo‘lganda esa kon-
taktlarni, prujinalarni, qistirmalarni almashtirish, g‘altaklar simini qayta o‘rash
yoki almashtirish, klemmalardagi va boshqa detallardagi rezbalarni tiklashdan
iborat. Kumush kontaktlar kumush kavshar (2 qism kumush va 1 qism latun) bi-
lan kavsharlanadi yoki qayta parchinlanadi. Volfram kontaktlar magnetoning
uzgichini ta’mirlashdagiga o‘xshash almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |