100
SN-4V-2 kartoshka ekkich toshloq yerlarga kartoshka ekishga moslashtiril-
gan maxsus soshnik bilan ta’minlangan. Soshnik oldiga toshni chetga suruvchi
ko‘chirgich qo‘yilgan. Toshga duch kelgan soshnik avval ko‘chirgich bilan, keyin
esa tosh qaytargich bilan birga buriladi. To‘siq o‘tilganidan keyin soshnik yana
boshlang‘ich vaziyatiga qaytadi.
KSN-90 to‘rt qatorli o‘rnatma kartoshka ekkich qator oralarini 90
sm qilib
qatorlab ekishga mo‘ljallangan. Ish organlarining texnologik ishlash chizmasi
SN-4V-1 ga o‘xshaydi.
Organik va mineral-organik o‘g‘itlarni kartoshka bilan birga solish uchun
kartoshka ekkich AU-4 moslamasi bilan birga ishlatiladi. AU-4 ning ramasi kar-
toshka ekkichning ramasiga mahkamlanadi. Bu moslama bunkerining tubida
to‘rtta lentali transportyor o‘rnatilgan. Gorizontal transportyor o‘g‘itni sepish
tirqishiga yetkazadi, vertikal transportyor esa ortiqcha o‘g‘itni olib ketadi. O‘g‘it
sepish tirqishidan qabul voronkalari orqali egat tubiga, soshnik va ko‘mish to -
voqlari orasiga tushadi.
Ko‘chat o‘tqazish mashinalari o‘simlik ko‘chatlarini va tuvakchalarda o‘sti -
rilgan ko‘chatlarni kvadrat-uyalab va uyalab ekishga mo‘ljallangan. O‘simlik ver-
tikal vaziyatda, ildizlari ezilmasdan belgilangan chuqurlikda o‘tqazilishi va har
bir ko‘chatga 0,4
l chamasi suv quyib ketishi kerak.
Ko‘chat oziqlantiruvchi tuvakchalar bilan ekilganida tuproqqa 10
sm
chuqurlikda ko‘milib, tuvakcha atrofidagi tuproq yaxshilab zichlatilishi va tu-
vakcha usti 2—4
sm qalinlikda tuproq bilan ko‘milishi lozim. Ko‘chat o‘tqazil-
gan qator oralarga ishlov berishni mexanizatsiyalashtirish uchun ko‘chatlar qa-
torning uzunasiga va ko‘ndalangiga to‘g‘ri chiziqda turishi lozim. Asosiy qator
oralarining kengligi belgilanganidan ko‘pi bilan 1—2
sm, yondosh qator ora -
larining kengligi esa 4—7
sm farq qilishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar ko‘chat kvadrat-
uyalab ekilgan bo‘lsa, ko‘ndalang qatorda ko‘chatning o‘q chiziqdan ko‘pi bilan
4—7
sm chetga chiqishiga yo‘l qo‘yiladi. Mashina ko‘chatlarni oraliqlari 60, 70
va 90
sm li
qatorlarga uyalab, orasini 25, 30 va 35
sm qilib o‘tqazadi.
To‘rt qatorli o‘rnatma SRNM-4 ko‘chat o‘tqazish mashinasi ko‘chatlarni va
tuvakchalarni qatorlab hamda kvadrat-uyalab ekadi. Mashinadan sug‘oriladigan
hamda sug‘orilmaydigan yerlarga ko‘chat ekishda foydalanish mumkin.
Mashinada sug‘oriladigan yerlarga ko‘chat o‘tqazish bilan birga sug‘orish egat-
larini ham ochadi.
Mashinaning asosiy uzellari: o‘tqazish apparatlari, soshniklar,
korrektirovkalovchi moslamaning uzatish mexanizmi, g‘ildiraklar, o‘tqazish
apparatlari va soshniklar to‘rtta seksiyaga yig‘ilgan. O‘tqazish apparati paral -
lelogrammli mexanizmdan iborat bo‘lib, uning shatunlariga ko‘chat tutqichlar
yoki tuvakchalar solingan savatchalar biriktiriladi. Apparat aylanganda paralle -
logrammli mexanizm ko‘chat tutqichning doim vertikal vaziyatda turishini
ta’minlaydi.
101
Tovoqlardagi parallelogrammli mexanizmlar sonini o‘zgartirib, qatordagi
uyalar orasini 35 dan 100
sm gacha o‘zgartirish mumkin. O‘tqazish vaqtida
ko‘chatning tuproqqa vertikal joylanishi uchun ko‘chat tutqichning yoki tu-
vakchali savatchaning ko‘chat ekish paytidagi yer betiga nisbatan tezligi nolga
teng bo‘lishi kerak. Buning uchun ko‘chat tutqich yoki savatcha aylanma tezli-
gi mashinaning qarama-qarshi yo‘nalgan harakat tezligiga teng bo‘lishi kerak.
Ko‘chat tutqichning tezligini mashina ning yurish tezligiga moslash uchun
harakat uzatish tizimiga tovoqli friksion variator o‘rnatiladi. Variatorning
yetaklanuvchi tovog‘ini chambarak yordamida tarqatish vali ning shlitsalaridan
surib, uzatish mexanizmining uzatish soni o‘zgartiriladi.
Tutqichlar ko‘chatni egatga o‘tqazish va ularga ko‘chat joylashtirishda
boshqaruv chi rolikli richagli mexanizm yordamida ochiladi. Parallelo -
grammli me xanizmning shatuni bilan krivoshipi orasidagi burchak o‘zgarti -
rilganida rolik krivoshipga mahkamlangan o‘yiqqa tiraladi, natijada richagli
mexanizm ishga tushib, tutqichni ochadi.
Mashinadagi nazorat korrektirovkalovchi mexanizmdan kvadrat-uyalab
ko‘chat o‘tqazishda foydalaniladi. Nazorat moslama millari mahkamlangan
ikkita zanjirdan iborat. Nazorat zanjir variatornning yetaklanuvchi tovog‘i
mahkamlangan transmission valdan harakat oladi. Zanjir milining yer betiga
nisbatan tezligi nolga teng bo‘lishi uchun zanjirning pastki tormog‘i mashina -
ning ilgarilanma
tezligiga teng tezlikda, teskari yo‘nalishda harakatlanadi.
Egatlarga ko‘chat ekishdan oldin ko‘chat tutqich va nazorat moslama
zanjirlari ning millari bir chiziqqa keltiriladi. Birinchi o‘tishda hamma qator-
lardagi ko‘chat tutqichlar ko‘chatlarni berilgan oraliqda ekadigan qilinadi.
Buning uchun variatorning uzatish soni o‘zgartiriladi.
Keyingi o‘tishlarda traktorni haydovchi millarning bundan oldingi o‘tishda
ekilgan ko‘chatlar qatoriga to‘g‘ri kelishini kuzatib boradi. Agar mil qatorlarga
to‘g‘ri kelmasa, traktorni haydovchi chambarakni aylantirib, chervyakli uzatma
orqali differensialning qutisini buradi. Shunda o‘tqazish apparatlarining va na-
zorat zanjirning harakat tezligi o‘zgaradi. Chambarak mil avval ekilgan qatorga
ro‘para kelgunga qadar aylantiriladi.
Mashina egat ochadi, ko‘chat o‘tqazadi, suv quyadi va ko‘chat atrofini
zichlaydi. Mashinada traktorchidan tashqari to‘rtta ko‘chat o‘tqazuvchi ishchi
va ko‘chatlarni to‘g‘rilaydigan ikkita ishchi ishlaydi.
Olti qatorli osma SNK-6 ko‘chat o‘tqazish mashinasi tuvakdagi yoki tu-
vaksiz ko‘chatlarni kvadrat-uyalab va qatorlab ekishga mo‘ljallangan. SKN-6
mashinasi qator oralarini 50—70
sm qilib ekadi, uch qatorli variantda ishla-
ganida esa 80—90
sm oraliqda ko‘chat o‘tqazadi.
Ko‘chat uyalari orasidagi masofani 15 dan to 70
sm gacha o‘zgartirish
mumkin. Kvadrat-uyalab ekilganida kvadrat tomonlarini 70 yoki 60
sm qilib
joylashtirish uchun reja simlaridan foydalaniladi.
Ko‘chat uyalarining orasi 35
sm yoki undan qisqa bo‘lganda ko‘chat
uyalari uzluksiz oqim bilan, 35
sm dan ko‘p bo‘lganida esa har bir uya sug‘ori-
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: