Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

Ish unumdorligiga/soat:
60 sm li qator kengligida
1,15


90 sm li qator kengligida

2
2,16
Kultivatorning og‘irligi, kg
1280
1650
1750


105
yarim  o‘qlarning  qobiqlariga  mahkamlanadi.  Ish  organlari  traktorning  orqa
ko‘prigidagi  SS-100  gidrosilindri  va  kultivator  oldingi  seksiyasining  yarim  ra-
malariga o‘rnatilgan ikkita chiqarma SS-75 gidrosilindri yordamida chuqurlati-
ladi  va  ko‘tariladi.  To‘rtta  NY-32  o‘gitlash  apparati  traktorning  chap  va  o‘ng
yonaki quvvat olish vallaridan ish organlarini ko‘targanda harakatini avtomatik
uzuvchi maxsus muftalar orqali harakat oladi.
Kultivatorning  oldingi  seksiyasida  traktorning  yetakchi  g‘ildiraklari  oldida
ikkita o‘g‘itlash apparati o‘rnatiladi: chap apparat chap, o‘ng apparat esa o‘ng
yarim ramaga mahkamlanadi. Kultivatorning keyingi seksiyasida chap apparat
agregatning  yurish  yo‘nalishi  bo‘yicha  o‘ng  tomondan,  o‘ng  apparat  esa  chap
tomondan g‘o‘za ustiga joylashtiriladi.
Kultivatorning oldingi seksiyasida yondosh qatorlar orasini ishlaydigan ikki-
ta va yetakchi g‘ildiraklar oldida joylashgan to‘rtta gryadil, keyingi seksiyasida
esa  yetakchi  g‘ildiraklar  ortida  joylashgan  ikkita  (chap  va  o‘ng)  va  markaziy
gryadillar  mahkamlangan.  G‘ildirak  orqasidagi  gryadillar  bir-biridan  shtanga
pasaytirgichining  o‘q  chizig‘idan  siljish  tomoni  bilan  farq  qiladi.  Kultivatorni
traktordan chiqarishda maxsus taglik va domkratlardan foydalaniladi.
Qator  oralari  60  sm qilib  ekilgan  g‘o‘za  qator  oralariga  ishlov  berilganida
har  bir  asosiy  qator  oralig‘iga  ikkitadan  (chap  va  o‘ng)  tig‘lar,  o‘q-yoysimon
panjalar o‘rnatiladi, yondosh qatorlar orasida esa bittadan pichoq va o‘q-yoysi-
mon panja joylanadi. To‘g‘ri o‘rnatilgan pichoqning gorizontal tig‘i egat tubiga
12—18° qiya bo‘lishi kerak.
Tuproq  qatqalog‘ini  yumshatish  uchun  tig‘lar  va  o‘q-yoysimon  panjalar
bilan  birga  rotatsion  ish  organlari  ham  ishlatiladi.  Shunda  tashqi  rotatsion
diskning  ignasimon  tishlari  nihollarning  qator  chizig‘idan  3—5  sm masofada
va birinchi kultivatsiyada yerga 3—5 sm, keyingi kultivatsiyalarda 6—8 sm ga
botadigan qilib o‘rnatiladi.
Rotatsion  ish  organlari  ishlaganda  tuproqning  hali  yumshatilmagan  ustki
qatlami ignasimon disk tishlarining oldiga surilmasligi kerak. Shunda yumshati-
layotgan tuproq o‘simliklarni shikastlamaydi. Shuning uchun ish organlarining
ishqalanuvchi  sirtlarini  moylab  turish  va  ignali  disklarning  o‘z  o‘qida  erkin
aylanishini kuzatib borish lozim.
Pichoqlar ichki ignali diskning ortidan 6—8 sm chuqurlikka botadigan qilib
va  10  sm li  muhofaza  hududi  qoldirib  o‘rnatiladi.  Panjalar  qator  oralarining
o‘rtasidagi tup roqni 10—12 sm chuqurlikda yumshatadi.
Panjalar  bilan  tuproqni  yumshatish  sifati  ularning  tuproqqa  botish  bur-
chagiga  bog‘liq.  Panja  to‘g‘ri  o‘rnatilganida  uning  tumshug‘i  tuproq  yuzasiga
12—18° qiya joylashishi kerak. Bu holda pichoqning orqa qismi gorizontal te -
kislikdan  10—12  mm ko‘tarilib  turishi  kerak.  Botish  burchagi  juda  kichik


106
bo‘lganida  panja  tuproqqa  yaxshi  botmaydi,  katta  bo‘lganida  esa  kesak  katta
ko‘chadi va qo‘shimcha egatchalar hosil bo‘ladi.
Agar  tuproq  ustida  qatqaloq  bo‘lmasa,  g‘o‘za  yonidagi  begona  o‘tlarni
yo‘qotish uchun rotatsion ish organlarining o‘rniga muhofaza hududi 7 sm qilib
diskli ish organlarini ishlatish mumkin.
Qator oralarida begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa, tuproqni qat-qat ishlaydigan  ish
organlari pichoqlar bilan birga o‘rnatiladi. Bu holda yumshatgich-panjalar bit-
taga kam, pichoqlar esa 10 sm li muhofaza hududi qoldirib o‘rnatiladi. Tuproq
ustida qatqaloq bo‘lsa, qat-qat yumshatuvchi ish organlari rotatsion ish organ-
lari bilan birga qo‘shib ishlatiladi.
O‘g‘itlarni ko‘muvchi ish organlarining turi va ularni joylashtirish chizmasi
g‘o‘zalarning  rivojlanish  darajasiga  qarab  tanlanadi.  O‘g‘itlarni  pushtalarning
yon  tomoniga  solish  ishlari,  odatda,  dastlabki  ikki  oziqlantirishda  egatlar
ochish bilan birga bajariladi, keyingi oziqlantirishda esa o‘g‘itlar qator orasin-
ing  o‘rtasiga  kombinatsiyalashgan  ish  organlari  yordamida  sug‘orish  egatlarini
ochish bilan bir vaqtda solinadi.
To‘g‘ri  ochilgan  sug‘orish  egatlari  sug‘orish  va  kultivatsiya  qilish  sifatla -
rini  oshiradi.  Buning  uchun  egat  ochgichlar  bir  xil  chuqurlikda  yurishga
moslanadi  va  qator  oralarining  aniq  o‘rtasida  joylashtiriladi.  Bunday  talablar
amalga  oshirilmasa,  agregatni  boshqarish  qiyinlashadi,  kichik  muhofaza
hududlarida  g‘o‘za  ildizining  shikastlanishi  ortadi,  qator  oralarida  ishlashni
mexanizatsiyalashtirish  darajasi  pasayadi.
G‘o‘za rivojlanishining turli davrlarida sug‘orish egatchalari turli chuqur-
likda ochiladi. Birinchi sug‘orishda 60 sm li qator oralarida egatlar 10—12 sm
(pushtadan egat tubigacha), shonalash paytida g‘o‘za bo‘yi 30—40 sm ga yet-
ganda  14—15  sm  chuqurlikda  ochiladi.  G‘o‘zaning  gullash  davrida  egat
chuqurligi yana 2—3 sm ga oshiriladi. Baland bo‘yli g‘o‘zalar o‘sgan maydon-
larda ish organlari g‘iloflar bilan ber kitiladi, gryadillar va traktor g‘ildiraklariga
esa so‘rilar qo‘yiladi.
90  sm li  qator  oralarini  kultivatsiya  qilishda  ish  organlari  60  sm li  qator
oralarini  ishlanganda  qanday  qo‘yilgan  bo‘lsa,  shunday  o‘rnatiladi.  Bunda  ish
organlarining o‘lchamlari kattaroq bo‘lib, gryadillarga boshqacharoq mahkam-
lanadi.
G‘ildiraklar  oldidagi  gryadillarga  g‘o‘za  qatoriga  yaqin  joylarni  ishlash
uchun  bittadan  yumshatuvchi  panja,  g‘ildiraklar  orqasida  qator  oralarining
o‘rtasiga ishlov berish uchun esa gryadillarga to‘rttadan panja o‘rnatiladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish