Dastlab barcha apparatlardagi ta’minlash tirqishlari bir xil kenglikda
o‘rnatiladi. O‘g‘it o‘tkazgichlar esa ish organlaridan ajratiladi va ularning tagiga
qutilar yoki og‘irligi oldindan ma’lum bo‘lgan xaltachalar osib qo‘yiladi.
Traktorning yetakchi g‘ildiraklaridan biriga taglik qo‘yib, ko‘tarib, erkin aylana
oladigan qilinadi.
Bir gektarga sepiladigan o‘g‘it me’yori quyidagicha hisoblanadi: traktorning
yetakchi g‘ildiragi 11 marta aylanganda agregat 50
m yo‘l o‘tgan bo‘ladi.
Shunda qamrash kengligi 2,4
m li agregat 0,012
ga maydonga ishlov beradi.
O‘g‘it solish me’yori 100
kg/ga bo‘lsa, 0,012
ga maydonga 1,2
kg o‘g‘it sepila-
di. Agar o‘g‘it to‘rtta voronkadan sepilsa, har bir voronkadan 0,3
kg o‘g‘it
sepilishi kerak. Binobarin, yetakchi g‘ildirakni 11 marta aylantirganda, har
qaysi voronkadan tushgan o‘g‘it miqdori 0,3
kg bo‘lishi lozim.
Dehqonchilikda mehnat talab qiladigan jarayonlardan biri qator oralarini
yumshatish va begona o‘tlarga qarshi kurashishdir. Bu ishlarni o‘z vaqtida va
sifatli o‘tkazishing sezilarli darajada poliz, ozuqa va texnikaviy o‘simliklarining
hosildorligini oshiradi. Minerallashgan og‘ir va botqoq tuproqlarda mavjud kul-
tivatorlar ko‘p hollarda agrotexnika talablariga javob bermaydi, ayniqsa, qator-
lab ekilgan ekinlarning qator oralariga ishlov berish og‘ir ishlardan hisoblanadi.
Og‘ir loytuproqlarda mavjud kultivatorlar ko‘p miqdorda begona o‘tlarni
qoldirib ketadi va tuproqni siljitib yuboradi, natijada har xil chuqurliklar,
tuproq uyumlari va yirik palaxsalar paydo bo‘ladi.
So‘nggi vaqtlarda tobora kengroq qo‘llanilayotgan frezali haydov kultiva-
torlarining ish sifati ahamiyatga molik. Bu kultivatorlarning afzalliklariga
tuproqni mayin holga keltirishi, begona o‘tlarni to‘la yo‘qotish va tuproqqa
ko‘mib tashlashi hamda mineral va organik o‘g‘itlarni tuproq bilan haydov
chuqurligining barcha nuqtalarida tekis aralashishini ta’minlashi kiradi. Frezali
haydov kultivatorlarini qo‘llash ekin oraliqlariga beriladigan ishlovlar
sonini ka-
maytiradi. Ular traktorga agregatlanishi bo‘yicha
tortib yuriladigan, osma va
o‘ziyurar frezali haydov kultivatorlariga bo‘linadi.
Konstruksiyalanishi va joylashtirilishi bo‘yicha ular traktorning oldingi,
markaziy va orqa qismida joylashishi mumkin. Ishchi seksiyalari ketma-ket
joylashgan frezali haydov kultivatorlari ham mavjud.
Traktorning oldingi qismida joylashgan kultivatorlar orqada joylashgan kul-
tivatorlarga nisbatan ish sifatini kuzatishda afzallikka ega, ammo burovchi mo-
mentni ishchi organlarga uzatish, xizmat ko‘rsatishning qulayligi va ishchi or-
ganning transport holatida yerdan balandligi kabi belgilarda kamchiliklari ko‘p.
Bundan tashqari, frezalar yumshatib ketgan qator oralaridan traktor g‘ildirak-
lari o‘tganda tuproqni qaytadan zichlab, chuqur izlar qoldiradi, natijada o‘sim-
liklarning suv-havo va oziqlanish me’yori buziladi.
107
108
Mo‘ljallanishi bo‘yicha
guruh yuritmali (ko‘p qatorli, seksiyali) va
alohida
yuritmali kultivatorlarga bo‘linadi. Guruhli yuritmani, odatda, past bo‘yli
o‘simliklarning nihollari oralig‘iga ishlov berishda qo‘llash mumkin. Alohida
yuritmalisi esa poyasi baland o‘simliklar oralig‘iga ishlov berishda ishlatiladi.
Frezali ishchi organlar bilan haydov chuqurligi bo‘yicha tuproqning bir
tekisda yumshatilishiga va qator oralariga sifatli ishlov berilishiga erishiladi
(6-
jadval).
Kultivatorning konstruksiyasi oraliqlari 45—90
sm bo‘lgan to‘rtta, oltita qa-
tor oralariga ishlov berish uchun sozlash imkonini beradi va MTZ-80X traktori
bilan birga ishlatiladi.
6 - j a d v a l.
Do'stlaringiz bilan baham: