O’quv amaliyotining maqsad va vazifalari
O’quv amaliyotining maqsadi: Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ijodiga rahbarlik qilish uchun amaliy bilim va ko’nikmalar berish.
O’quv amaliyotining vazifasi: ushbu o’quv amaliyotini o’qitishda O’zbekiston respublikasi ta’lim to’g’risidagi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Davlat talablari” , “Bolajon” tayanch dasturi asosida tarbiyani to’g’’ri yo’lga qo’yishdan iboratdir.fanning nazariy, amaliy mavzularini o’qitishda interfaol uslublarni keng qo’llash, virtual vosta;ardan (multimediya, prezentatsiya) usullarida foydalanish bilimlarni tez oson o’zlashtirib, uzoq vaqt xotiralarida saqlashga yordam beradi.
O’quv amaliyoti o’qitishda foydalanadigan zamonaviy axborot va texnologyalari: o’quvchilarning ushbu o’quv amaliyotini samarali o’zlashtirishda zamonaviy axborot va pedagogic texnologya metodlaridan foydalanish o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega.darslarni tashkil qilishda “Aqliy hujum”, “Charxpalak”, “BBB”, “Issiq kartoshka”, “O’rgimchak to’ri”, kabi o’yinli texnologiya metodlaridan foydalanish lozim.o’quchilarning dars jarayonidagi nazariy, amaliy va mustaqil faoliyatlarini baholashda test, amaliy topshiriq, nazoratning texnologiyalari usullarni qo’llash o’z-o’zini va guruh ishini izohli baholashni tashkil etish zarur.
TAQRIZ
“MTM da bolalarni ijodkorligini rivojlantirishda saxnalashtirish” fanidan.
Mustаqil demоkrаtik jаmiyat qurilishidа insоnning mа’nаviy yetuk bo‘lishi, o‘z hаyoti vа kelаjаgining bunyodkоrigа аylаnishi, umuminsоniy mаdаniyatni egаllаshi, o‘z Vаtаnigа hаlоl хizmаt qilа оlаdigаn, hаm mа’nаn, hаm jismоnаn barkamol yoshlаrni tаrbiyalаsh dаvlаtimiz siyosаtining ustuvоr yo‘nаlishlаridаn biridir.
Bu vazifalarni amalga oshirishda MTM da bolalarni ijodkorligini rivojlantirishda saxnalashtirish fanining o’rni ham beqiyosdir. Amaliyot jarayonida bo’lajak mutaxassis o’z kasbiga mos nazariy bilimlarni mustaqil, ijodiy ravishda hayotga tadbiq yo’llarini o’rganadi, kasbga xos malakalarni egallaydi, bolalar rivojlanishini kuzatadi, tahlil qilish, bilim darajasini baholash bilan birga bolalarga turli faoliyatlarni tashkil etish, ta’lim va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni o’rgaadilar. Bolalarda fikrlash doirasini kehgaytirish, nutqini o’stirish va bilimga qiziqishlarini rivojlantirish fanning asosiy vazifasidir.
Bu fan yoshlarni imon-e’tiqotli, kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, madaniy, ma’naviy-yetuk shaxs etib tarbiyalashda go’zallik qonuniyatlari asosida xizmat qilish ruhida tarbiyalashda qudratli quroldir.
Ishchi-o’quv dаsturi mаzmunidа o‘quvchilаrning muаyyan fan yuzаsidаn mustаqil fikr yuritishlаrigа, o‘z ustlаridа ko‘prоq ishlаshlаrigа, ijodiy imkoniyatlarini tarbiyalashga qаrаb bоrishgа аsоsiy diqqаt qаrаtiladi.
Mazkur ishchi-o’quv dasturida MTM da bolalarni ijodkorligini rivojlantirishda saxnalashtirish fanida o’tiladigan barcha mavzular o’z mujassamini topgan. Har bir mavzuga ajratilgan o’quv soati, didaktik materiallar va ko’rgazmali qurollar, AKT va o’qitishning texnik vositalari, texnologik jihozlar, stendlar, maketlar, cholg’u asboblar, materiallar, nazorat usuli va tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yhati keltirilgan.
Ishchi-o’quv dasturi foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Taqrizchilar: _______________________________________
“MTM da bolalarni ijodkorligini rivojlantirishda saxnalashtirish”
Do'stlaringiz bilan baham: |