1.2.Kasb-hunar kollejida ekologik tarbiyaning nazariy-metodologik
jihatlari.
Ekologik ta‘lim tarbiyaning eng asosiy vazifalaridan biri- ekologiya fani
sohasidagi bilimlarni yoshlarga tushuntirish va ma‘rifat ishlarini rivojlantirishdir. Bu
atrof muhitni asrab avaylash, tabiat bilan jamiyat o‗rtasidagi o‗zaro munosabat, jonli
va jonsiz tabiiy muhit o‗rtasidagi bir butun yaxlitlikni tushunishni shakillantirishni
taqozo etadi. Inson tabiat qo‗ynida yashar ekan, uning beminnat saxovati, in‘omi va
marhamatidan bahramand bo‗ladi. Shunday ekan, insonning eng yaqin ―do‗sti‖
bo‗lmish tabiatni ardoqlash va e‘zozlash har bir kishining muqaddas va sharafli
burchi bo‗lishi lozim. Tabiatni asrab-avaylash, va unga bo‗lgan muhabbat inson
qalbida yoshlikdan uyg‘onadi va davrlar o‗tishi bilan shakillanadi.
Avvalo, ekologik ta‘lim-tarbiya jarayonida quyidagi chora-tadbirlarni amalga
oshirish katta ahamiyat kasb etadi:
-tabiat borasidagi bilmlarni kengaytirishga imkoniyat yaratish, atrof-muhit
muhofazasi bilan bog‘liq qonunchilikdan habardor etish;
- yoshlar o‗z fuqarolik burchlarini anglab yetishlari, tabiat muhofazasi borasida
o‗zlarining ma‘suliyatlarini his eta bilishlarini tushuntirish;
-tabiat muhofazasi borasidagi ishlarga yoshlarni jalb etish;
-tabiat boyliklarini himoya etuvchi davlat mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlikni
yo‗lga qo‗yish.
Aytish joizki, uzluksiz ta‘lim tizimi muassasalarida ekologik burchaklar tashkil
etilib, ularda yurtimiz tabiati, boylikarini namoyish etadigan va hikoya qiladigan
tadbirlar tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tabiat muhofazasi
talqin etiladigan kechalar tashkil qilinib, ularda o‗quvchilar, olimlar bilan yoshlar
muloqotini o‗tkazish ham samarali tadbirlardan hisoblanadi.
Ekologik ta‘lim-tarbiyadagi eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
20
-―Ta‘lim to‗g‘risida‖gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida
ekologik ta‘lim mazmunini tanlash va uni o‗qitish metodikasini yangidan ishlab
chiqish;
-o‗quvchilarni umumbashariy va umummintaqaviy ekologik muammolar, holatlar
bilan tanishtirish va amliy faoliyatni takomillashtirish;
-o‗quv dasturlari va darsliklar mazmunini davlat ta‘lim standartlari asosida
muofiqlashtirish. Ortiqcha vaqt talab etmasdan ekologik mazmundagi bilimlar bilan
boyitish;
-ajdodlarimiz qoldirgan tabiat va unung boyliklaridan oqilona foydalanish borasida
yaratgan meroslardan, milliy an‘analardan samarali foydalanish;
-umuminsoniy ekologik qadriyatlardan ta‘lim tarbiya jarayonida foydalanish;
-sinf va maktabdan tashqari ta‘lim jarayonida foydalanish;
-sinf va maktabdan tashqari ta‘lim jarayonida ekologiyaga oid ishlarni yo‗lga
qo‗yish;
-atrof-muhitda sodir bo‗ladigan xavfli hodisalar, ularning turg‘unligi, tabiat
kompanentlarining o‗zaro bog‘liqligini qulaylashtirishga intilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |