Kartalarning mavzui va tipi.
Kartalarning mavzui va tipi kartada qaysi elementlarni
mufassal, qaysilarini esa ancha sezilarli darajada umumlashtirib tasvirlash kerakligini
belgilaydi. Geologik yoki tuproq kartasida gidrografik to’rni aniq tasvirlash muhim, lekin
yo’llarni va aholi punktlarini, kuchli generalizatsiya qilish mumkin, ma’muriy
chegaralarni esa butunlay tushirib qoldirsa bo’ladi. Lekin, ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi
kartalarda buni aksi, ya’ni aholi punktlari, aloqa yo’llari va ma’muriy bo’linishni to’liq
ko’rsatish zarur. Xuddi o’sha paytda kema qatnovi uchun muhim bo’lgan daryolarni
saqlab qolib, qolgan gidrografik to’rni esa generalizatsiya qilib ko’rsatish maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |