Konturlarni birlashtirish
— generalizatsiyaning geometrik namoyon bo’lishining
bittasi ajratib olingan konturlarni guruhlash bilan bog’liq. Kartada konturlar birinchidan
hodisalarning sifat va miqdor gradatsiyalarini umumlashtirish va legendaning
bo’linishlarini yiriklashtirish natijasida, ikkinchidan esa, bir qancha mayda konturlarni
bir-biriga qo’shib, bitta yirik kontur hosil qilish oqibatida sodir bo’ladi. Shunday, birorta
foydali qazilma konlarini alohida, uncha katta bo’lmagan arealini generalizatsiya qilish
davomida bitta yagona areal qilib tasvirlash mumkin.
Generalizatsiyaning aniqligi va sifati
ikki jihatdan: kartalarning geometrik aniqligi
nuqtai nazaridan va kartalarning mazmuni ishonchliligi jihatidan baholanadi.
Geometrik
aniqlik
- bu kartadagi alohida nuqtalarni va obektlarni ularning haqiqiy holatlariga moslik
darajasini tavsiflovchi miqdoriy o’lchov bo’lib, geometrik aniqlik kartani joy bilan yoki
yirik masshtabli manbalar bilan taqqoslaganda aniqlanilishi mumkin.
Kartaning mazmunan
ishonchliligi
- bu real borliqning kartografik tasvirining asosiy xususiyatlarini va obektlar
o’rtasidagi o’zaro aloqadorligini hisobga olgan holda mos kelishini sifatli baholash
demakdir.
Har xil joylashgan voqea va hodisalarni generalizatsiya qilishda punktlarga
joylashtirilgan
obektlar sifat va miqdor tavsiflarini tsenzlar va tanlab olish normalarini
qo’llab generalizatsiya qilinadi. Chiziqlarga joylashtirilgan (joylashgan) obektlar ham
generalizatsiya jarayonida tsenzlar va normalarga mos holda tanlab olishni, sifat va
miqdor tavsiflarini umumlashtirishni talab etadi. Chiziqli obektlarni (elementlarni)
generalizatsiya qilishning muhim elementi ularning suratlarini to’g’rilash va
soddalashtirish, turli bukiklardan voz kechish (saqlab qolishda va hatto ayrim tipik
detallarini alohida qilib, bo’rttirib ko’rsatishda ham) dan iboratdir. Chiziqli obektlarni
generalizatsiya qilish har doim ularning kengligini haqiqiy o’lchamlari bilan
taqqoslaganda bo’rttirib (oshirib, ko’paytirib) berish bilan bog’liq.
Maydon uzra joylashgan obektlar avvalo sifat tavsiflarini va miqdor gradatsiyalarini
yiriklashtirish yo’li bilan generalizatsiya qilinadi. Alohida konturlarni chiqarib tashlashda
ularning qiyofalarini (tashqi ko’rinishini) to’g’rilab qo’yishda namoyon bo’ladigan
generalizatsiyaning geometrik jihatlari nihoyatda muhimdir. Bunda mayda konturlar
ancha yiriklari bilan qo’shib yuboriladi, ko’pchilik hollarda esa yagona areal konturi
bilan almashtiriladi. Agar hodisa
kartada izoliniyalar yordamida ko’rsatilgan bo’lsa, u
holda kesim balandligi kattalashtiriladi, izoliniyalar suratini umumlashtirish, ularni
o’zaro muvofiqlash ishlari bajariladi.
Nuqtalar usuli bilan tasvirlanadigan yoyilib tarqalgan obektlar
nuqtalar og’irligini
yiriklashtirish hisobiga generalizatsiya qilinadi. Agar bu obektlar sifatli fon yoki areallar
usuli bilan ko’rsatilgan bo’lsa, u holda generalizatsiya konturlarni yoki areallarni saralab
olish va ularning chegaralarini umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.