Kartashunoslik



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/246
Sana29.08.2021
Hajmi4,76 Mb.
#159144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   246
Bog'liq
kartashunoslik

Kartografiya – tabiat va jamiyatdagi voqea va xodisalarning joylashishini 
va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o‘tishi 
bilan o‘zgarishini, maxsus tasvir-obrazli belgi modellar vositasida matematik yo‘l 
bilan  tekislikda  kichraytirib  generalizatsiya  qilib  tasvirlashni  va  undan  tadqiqot 
usuli asosida manba sifatida foydalanishni o‘rgatuvchi fandir. 
Kartografiya  qadimiy  fanlardan  biri  bo‘lib,  bu  fan  to‘g‘risidagi  dastlabki 
ta‘rifni miloddan ikki asr ilgari yashagan ulug‘ olim Klavdiya Ptolomey tomonidan 
berilgan  desa  bo‘ladi.  U  geografiya  fanining  vazifasi  Yer  yuzasini  kartografik 
jihatdan tasvirlashdan iboratdir degan edi. 
Vaqt  o‘tishi  bilan  kartografiya  fanining  ta‘rifi  ham  o‘zgarib  takomillasha 
bordi  va  yaqin  vaqtlargacha  kartografiya-geografik  kartalar  to‘g‘risidagi  fan  deb, 
uning  asosiy  vazifasi  geografik  kartalarni  tuzish  va  undan  foydalanish  yo‘llarini 
o‘rgatishdan iborat deb kelingan. 
«Karta»  atamasi  o‘rta  asrlardan  buyon  foydalanib  kelinmoqda.  Bu  atama 
                                                           
1
 Menno-Jan Kraak, Ferjan Ormeling. Cartography: Visualization of Geospatial Data. Printed and bound in Great 
Britain by Ashford Colour Press Ltd, Gosport, Hants. London, 2010.  p. 39 /www.pearsoned.co.uk. 


 

lotincha  «chartes»  so‘zidan  olinib  papirus  qog‘oz  varag‘i  degan  tushunchani 
bildiradi. 
Hozirgi vaqtda «karta» atamasi dunyoning turli davlatlar tillarida ishlatilib 
kelinmoqda.  Masalan,  frantsuzcha  -  carte,  nemischa  -  qarte,  italyancha  va 
portugalcha  -  carta,  gollandcha  -  avval  va  h.z.lar.  Shu  bilan  bir  qatorda  bu  atama 
o‘rniga,  bir  qancha  mamlakatlarda  boshqa  atama  ya‘ni  «mappa»  so‘zini  ishlatib, 
polotoni  bir  bo‘lagi  degan  ma‘noni  bildiradi.  Masalan,  inglizlar  -  map  deb 
ataydilar. Ba‘zi mamlakatlarda ikkala atama ya‘ni inglizlar «chart» so‘zini dengiz 
va aeronavigatsiya kartalarida, ispanlar «carta» atamasini plan, dengiz kartalarida 
ishlatadilar.  Ba‘zi  o‘rinda  butunlay  boshqa  atamalarni-masalan,  yaponiyaliklar-
tizu, vengerlar-erqep (joy tasviri) degan atamani ishlatadilar. 
Ba‘zi  manbalarda  karta  –  Yer  yuzasini  tekislikdagi  kichraytirilgan  tasviri 
deb  yuritilib  kelingan.  Haqiqatdan  ham  geografik  kartalar  matematik  yo‘l  bilan 
hisoblash natijasida Yer ellipsoidini tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi natijasida 
vujudga  keladi.  Yuqorida  aytilganidek,  kartalarda  voqea  va  hodisalar  maxsus 
belgi-obrazli  modellar  yordamida  tasvirlanadi.  Tasvirlanayotgan  voqea  va 
hodisalarning  miqdori,  sifati,  joylashgan  o‘rni  va  boshqa  xususiyatlarini  kartaga 
qarab  bilish  mumkin.  Lekin  kartaning  maqsadi,  masshtabi  va  ishlatilishiga  qarab 
tasvirlanayotgan  tafsilotlar  saralanib,  umumlashtirilib,  ya‘ni  generalizatsiya 
qilingan holda tasvirlanadi. 
Kartografik 
tasvir 
geografik 
kartaning 
asosiy 
qismi 
bo‘lib, 
tasvirlanayotgan  hududning  tabiiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  jixatlarini,  voqea  va 
hodisalarning  geografik  joylanish  xususiyatlarini,  ularning  o‘zaro  bog‘liqligi  va 
hatto o‘zgarishini bashorat qilish imkoniyatiga ham egadir. 
Karta, okean va dengizda suzishda, havoda uchishda, turistik sayyohatlarda 
va harbiy sohada asosiy yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. 
Karta  xalq  xo‘jaligimizni  rejalashtirishda,  geologik  qidiruv  ishlarida, 
qurilishlarni  loyihalashda,  mamlakat  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarini  to‘g‘ri 
taqsimlashda  va  hududlarni  har  taraflama  rivojlantirishda  foydalaniladigan  asosiy 
manbalardan biridir. Nihoyat, geografik karta maktabda o‘quvchilarga geografiya 
va tarix fanlarini o‘rganishda asosiy ko‘rgazmali bilim manbaidir. 
Kartografiya  fani  ko‘pgina  fanlar,  chunonchi  georafiya,  geodeziya, 
topografiya, 
matematika,  geoinformatika,  statistika  fanlari  bilan  uzviy 
bog‘langandir.  
Kartografiya,  o‘z  navbatida  bir  necha  mustaqil  qismlarga  bo‘linadi: 
kartashunoslik,  kartometriya,  matematik  kartografiya,  kartalarni  chizish  va 
jihozlash,  kartalarni  tuzish  va  taxrir  qilish,  kartalarni  nashr  qilish,  kartalarni 
modellashtirish, kartografik menejment va boshqalar. 
Kartashunoslik kartografiya fanining nazariy tomoni va uning bosib o‘tgan 
tarixiy  taraqqiyot  yo‘li,  kartalar  va  boshqa  kartografik  tasvirlarning  tiplarini  va 
xillarini,  kartadan  foydalanish  usullarini,  har  xil  kartografik  asarlarni  tahlil  qilish 
usullaridan bahs etadi. 
Matematik  kartografiya  geografik  kartalar  tuzishda  ishlatiladigan 
kartografik proektsiyalarni, ya‘ni Yer ellipsoidini tekis yuzada tasvirlash usullarini 
o‘rgatadi. 


 

Kartometriya  kartalarda  maydon,  masofa,  hajmlarini  hisoblash  yo‘llarini, 
relyefni  o‘rganish  natijasida  miqdor  ko‘rsatkichlar  asosida  sifat  ko‘rsatkichlarni 
ko‘rsatib berish yo‘llarini o‘rgatadi. 
Kartalarni loyihalash va tahrir qilish kartografiyaning asosiy  qismlaridan 
biri bo‘lib, kartaning dastlabki nusxasini (asil) tuzish va uni tahrir qilish usullarini 
tushuntiradi. 
Kartani  nashr  qilish  sohasi,  asosan  kartani  nashrga  tayyorlash  va  nashr 
qilish hamda uni yig‘ib, kerak bo‘lsa muqovalash ishlarini o‘rgatadi.  
Tadqiqotni kartografik usuli o‘ziga xos soha bo‘lib, kartadagi tasvirlangan 
voqea  va  hodisalarni  tadqiqot  qilish  uchun  kartadan  foydalanish  masalalarini 
o‘rganish,  ya‘ni  kartadan  tadqiqot  manbai  sifatida  foydalanish  masalalari  bilan 
shug‘ullanadi. 
Kartografik  menejment  kartografiyada  yangi  soha  bo‘lib,  kartografik 
korxonalarni  tashkil  qilish,  karta  ishlab  chiqarishni  rejalashtirish  va  tayyor 
maxsulotni  egalariga  yetkazib  berish  va  sarf-xarajatlarni,  hisob–kitob  qilishning 
yangi usullarini qidirib topish yo‘llarini o‘rganadi. 
Geoinformatsion  kartografiya  kartografiyada  yangi  tarmoq  bo‘lib, 
kartadan informatsiya manbai sifatida foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi. 
Kartografiya juda ko‘p fanlarni o‘rganishda foydalanilib, ba‘zi bir sohalar 
uchun  maxsus  kartografiya  tarmoqlar  yaratilgan:  Masalan,  geologik  kartografiya, 
geomorfologik  kartografiya,  geobotanik  kartografiya,  tuproqlar  kartografiyasi, 
ijtimoiy-iqtisodiy  kartografiya, geoekologik kartografiya, demografik  kartografiya 
va hokazolar. 
So‘nggi  yillarda  kosmosdan  olingan  suratlar  asosida  yangi  mavzuli 
mukammal va aniq kartalar yaratilib, eski kartalar yangilanmoqda, natijada kosmik 
kartografiya alohida kurs sifatida o‘rganilmoqda. 
Hozirgi vaqtda karta tuzishda, nashr qilish jarayonida kompьyuterdan keng 
foydalanilmoqda,  natijada  karta  tuzish  va  nashr  qilish  tezlashib  sifati 
yaxshilanmoqda. 
Oxirgi vaqtlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq Yer tasvirini 
umumiy  nazariyasini  va  undan  ilmiy  amaliyotda  foydalanishni  o‘rganuvchi  fan 
geoikonika tez sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. 
Hozirgi  kunda  ommaviy  axborot  vositalarida,  ayniqsa  televideniyada, 
gazeta  va  jurnallarda  kartadan  keng  foydalanilmoqda,  bu  esa  ko‘rsatuvlarning 
mazmuni,  sifati  va  ko‘rgazmaliligini  oshishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Natijada 
televezion kartografiya shakllanmoqda. 

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish