24
joriy mablag’larning tushumidan oshishi tushiniladi (teskari holatda sof kirim
tushiniladi); ayrim holatlarda tahlilda pul oqimlari foydalanilmasdan loyihadagi
prognoz qilingan yillik sof foyda mikdorining ketma ketligi foydalaniladi;
tahlillar faqat yillar bo’yicha amalga oshirilmasdan balki bir xil bazaviy
davrlar bo’yicha xam (oy, chorak, yil, besh yillik va boshqalar) yuritilishi
mumkin, faqat bunda pul oqimlari elementlari miqdorlarining, foiz stavkalari bilan
mazkur davrlar muddatlarining bir biriga bog’liqligini unutmaslik kerak;
ketma - ket yillar mobaynida investitsiya qilinadigan bo’lsa xam avvalgi
birinchi yildagi loyiha bilan amalga oshirilgan pul mablag’larining kirimi, ya’ni
investitsiyalar hajmi yil oxirida amalga oshirilishi ehtimoldan holi emas;
pul mablag’larining kirimi (chiqimi) ko’proq navbatdagi yil oxiriga to’g’ri
keladi (bu logika tushinarli, chunki masalan, daromad – o’sib boruvchi jami bilan
hisobot davrining oxiriga to’g’ri keladi);
diskontlashtirilgan bahoga asoslangan metodlari yordamida loyihalarni
baholash uchun qo’llaniladigan diskontlashtirish koeffistientlari investitsiya
loyihalariga belgilangan davrlari muddatiga mos kelishlari kerak (masalan, yillik
stavka davr muddati bir yilga moslashtirilib olinadi).
Investitsion qarorlarni qabul qilish effekti bir necha yilni qamrab olishi
mumkin. Masalan, uskanalarni sotib olish kelajakda maxsulotlarni sotish bilan
bog’liq bo’ladi, u yoki bu uskanani sotib olish to’g’risidagi qaror qabul qilish
kelgusi 10 yil ichidagi prognozlarni hisob-kitob qilishni talab qiladi.
Uskanalarni sotib olishni prognoz qilishda yo’l qo’yilgan xatolar oqibatda
og’ir axvollarga olib kelishi mumkin. Yirik investitsiyalar katta oqlanmagan
harajatlarni talab qiladi. Agar etarli darajadagi investitsiya amalga oshirilmasa
quyidagi ikki muammoning kelib chiqishiga olib keladi. Birinchidan –
kompaniyaning uskanasi etarlicha zamonaviy bo’lmasligi mumkin va uni ishlab
chiqarishni raqobat sharoitida ta’minlay olmaydi. Ikkinchidan – ishlab chiqarishni
ta’minlaydigan etarlicha quvvatga ega bo’lmasligi mumkin va kompaniya bozorda
o’z o’rnini raqobatchilariga bo’shatib berishi mumkin.
Kompaniya oldindan o’zining ishlab chiqarish extiyojlarini prognoz qilib
ushbu muammolarni echishi mumkin. Agar kompaniya talabning o’sishini prognoz
qilsa va kutilayotgan talab darajasiga mos o’z ishlab chiqarishini kengaytirsa va
prognoz noto’g’ri bo’lgan bo’lsa, kompaniya oshiqcha quvvatga ega bo’ladi va
juda yuqori harajatlarga ega bo’ladi. Bu kompaniyaning zarar ishlashiga va
sinishiga xam olib kelishi mumkin.
Kompaniya uchun ishlab chiqarish kuvvatini oshirish odatda yirik harajatlar
bilan bog’liq va katta pul mablag’larini sarflashdan avval yaxshi tuzilgan rejaga
ega bo’lishi kerak, chunki bo’sh turgan moliyaviy resurslar hamma vaqt yirik
hajmda bo’lavermaydi, shuning uchun kompaniya kapital qo’yilmalar byudjetini
shakllantirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: