Toshkoʻmir sistemasi (DAVRI), karbon — Yer tarixi paleozoy erasi boshidan 5geologik davr; devon davridan keyin, perm davridan oldin oʻtgan. Bu davr bundan 350 mln. yil avval boshlanib, 65—75 mln. yil davom etgan. Rossiya, Xitoy, Yaponiyada T.ye. 3 boʻlimga, Gʻarbiy Yevropada 2 boʻlimga boʻlinadi. T.ye. yotqiziqlari barcha materiklarda tarqalgan. Klassik kesmalari — Gʻarbiy Yevropa (Buyuk Britaniya, Belgiya, Germaniya), Sharqiy Yevropa (Donbass, Moskva sineklizasi) va Shim. Amerika (Appalachi, Missisipi daryosi havzasi va b.)da mavjud. T.s.da platforma va geosinklinallarning oʻzaro joylashuvi devon davripagnyayek saqlanib qolgan. Shim. yarim shar platformalarida T.ye.ga mansub dengiz yotqiziqlari mavjud. Jan. yarim sharda esa, kontinental yotqiziklar rivojlangan. Geosinklinallarda lava, tuf va tuffitlar, flishlar, chaqiq va choʻkindi jinslar ham keng tarqalgan. Geologik jarayonlar xususiyatlari va paleogeografik sharoitlariga koʻra, T.ye. deyarli butun Yer sharida 2 bosqichga boʻlinadi: 1) dastlabki (quyi) karbon; 2) oʻrta va yuqori karbon. Oʻrta paleozoy geosinklinallarining katta qismida gersin burmalanishi natijasida dastlabki karbondan keyin dengizlar oʻrni qurigan. Shim.Sharqiy Osiyo, Sharqiy Yevropa va Shim. Amerika platformalarida yangi paydo boʻlgan kuruqliklar oʻrnini dengizlar egallagan. T.s.da (ayniqsa, 1yarmida) transgressiyalar boʻlib turgan. Dastlabki karbonda Yevropa (Skandinaviya va unga yondosh rnlar)dan tashqari, Osiyoning katta qismi, Shim. Amerika, Jan. Amerikaning gʻarbiy chekkasi, Afrikaning shim.gʻarbi, Avstraliyaning sharqiy qismi dengizlardan iborat boʻlgan. Dengizlar sayoz boʻlib, ularda koʻpgina mayda orollar joylashgan. Yagona yirik qurukdik Gondvana boʻlgan. Kichikroq qurukliklar Skandinaviyadan tortib Atlantikaning shim. qismi, Grenlandiya va Shim. Amerika boʻylab yastanib yotgan. Sibirning Lena bilan Yenisey daryolari, Mongoliya bilan Laptevlar dengizi oraligʻidagi markaziy qismi ham quruqdikdan iborat boʻlgan. Oʻrta karbonga kelib, deyarli butun Gʻarbiy Yevropa, Gʻarbiy Sibir tekisligi, Qozogʻiston, Oʻrta Sibir va b. rayonlarda dengizlar chekinib, qurukliklar paydo boʻlgan. T.s.ning 2yarmida gersin orogenezi zonalari (Tyanshan, Qozogʻiston, Ural, Yevropaning shim. qismi, Sharqiy Osiyo, Shim. Amerika)da togʻ tizmalari koʻtarilgan. Materiklar iklimi turlituman boʻlib, asrdanasrga oʻzgarib borgan. Tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarning sernam iqyaimi hamma materiklarda oʻrmon va botqoqlik oʻsimliklarining keng tarqalishiga imkoniyat tugʻdirgan. Oʻsimlik qoldiqlari toʻplanishi natijasida, ayniqsa, torfzorlarda koʻpdankoʻp koʻmir havzalari va koʻmir konlari hosil boʻlgan. Yevramerika yoki Vestfaliya (moʻʼtadil) fitogeografik oblastlar farklanadi. Yevramerika oblasti wkjiv.mi T.ye. oxiriga kelib ancha quruqlashgan, ayrim joylarda subarid iklim paydo boʻlgan. Qolgan oblastlarda sernam iqlim T.ye. oxirigacha emas, perm davrida ham davom etgan, ayrim hududlar iqlimigina quruq boʻlgan. Turli mintaqalar oʻrtasidagi keskin iqlim farqlari oʻrtayuqori karbon davrida vujudga kelgan. Oʻrta karbondan boshlab Balxash koʻli — Yenisey daryosi quyilish joyidan sharqiy qismining iklimi gʻarbiy qismiga nisbatan moʻʼtadil boʻlgan. Ural, Tyanshan, Qozogʻiston, Mongoliya — Oxota va b., Gʻarbiy Yevropa, Osiyo, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliya sharqi geosinklinallarida magmatik jarayonlar namoyon boʻla boshladi.
Organik dunyosi. Bu davr boshida mayda bargli plaunsimon oʻsimliklar, ochiq urugʻli paporotniksimonlar (pteridospermalar), sodda boʻgʻimpoyalilar va paporotniksimonlar (asosan, paporotniklar) koʻp oʻsgan. Quyi karbon davridayoq oddiy plaunsimonlar oʻrnini yirik daraxtsimon oʻsimliklar egallagan va ular oʻrta karbonda keng tarqalgan. Tropiklarda (Yevramerika oblastida) oʻrta karbonda baland boʻyli plaunsimonlar, pteridosperma va b. paporotniklar, kalamitlar va ponabarglilardan iborat oʻrmonlar hukmron boʻlgan. Shimolroq (Angara oblasti)da quyi karbonda plaunsimonlar, oʻrtayuqori karbonda esa kordaitlar va paporotniksimonlar koʻp oʻsgan. Gondvana oblastida bu davrda, chamasi, glossopteris flora (ayniqsa, perm davriga xos) rivojlangan. Moʻʼtadil iqlimli fitogeografik oblastlarda oʻrta T.s.dan erta permgacha flora ancha taraqqiy etgan. Aksincha, tropiklarda yuqori karbonda iklim quruqlashishi taʼsirida botqokli pastliklardagi oʻsimliklar tubdan oʻzgargan. Baland joylarda ignabargli oʻsimliklar keng tarqalgan. Dengizlarda koʻkyashil suvoʻtlar, chuchuk suvlarda koʻmir hosil qiluvchi yashil suvoʻtlar juda koʻp boʻlgan.
Hayvonot dunyosi turlituman. Dengizlarda foraminiferalar keng tarqalgan, ular shu davrda tez oʻzgarib, bir necha oʻnlab urugʻ va minglab turlari paydo boʻlgan. Fuzulinidlarning katta oilasi stratigrafiya uchun ahamiyatli. Mollyuskalar, nautiloideylarning xilmaxil turlari boʻlib, sayoz dengizlarda yelkaoyoklilar keng tarqalgan. Ignatanlilardan, ayniqsa, dengiz nilufarlari taraqqiy etgan, ayrim joylarda dengiz kirpisi qoldigʻi, blastoideylar uchraydi. Umurtqali hayvonlar, ayniqsa, baliklar sezilarli evolyutsion oʻzgarishni boshdan kechirgan. Suyakli baliqlar, akulalar taraqqiy etgan. Quruqlikda amfibiyalar, stegotsefallar qukmron boʻlgan, sudralib yuruvchilar hali oz edi. Hasharotlar (kapalaklar, ninachi, suvaraklar)ning qoldiklari topilgan, ayrimlari juda katta boʻlgan. Fitogeografik oblastlar Angara yoki Tunguska (Sibir, Qozogʻistonning sharqi, Mongoliya) va Yevramerika (Shim. Amerika, Yevropa, Shim. Afrika, Anadolu, Kavkaz, Kozogʻistonning oʻrta qismi, Oʻrta Osiyo, Xitoy, Jan.Sharqiy Osiyo) quyi karbondan boshlab ajratilgan. Quyi karbon oxirida Gondvana oblasti (Jan. Amerika, Jan. Afrika, Hindiston, Avstraliya, Antarktida), yuqori karbonda Yevramerika oblastidan Xitoy, Jan.Sharqiy Osiyo ajrala boshlagan. Barcha zoogeografik rayonlashtirish sxemalarida shim. tropik boʻlmagan oblast (Shim. Osiyo va Arktikaning bir kismi), jan. tropik boʻlmagan oblast (Avstraliya, Jan. Amerikaning bir qismi) va ular orasida joylashgan tropik oblast (Tetis) ajratiladi. Donetsk havzasidagi T.ye. kesmasi oʻzining tulikligi, ochiqligi, xilmaxil paleontologik qoldiqlarga boyligi bilan klassik kesma hisoblanadi. Bu yerda quyi karbon yotqiziqlari ohaktoshlar, oʻrta va yuqori karbon yotqizikGʻshri esa qalin (6—12 km) koʻmir qatlamlaridan iborat.
Foydali qazil mal ari . Toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir barcha materiklar (quruqliklar)da bir qancha havza va konlarni hosil qiladi. Donetsk (toshkumir), Moskva yoni (qoʻngʻir kumir), Kuznetsk va Tunguska (T.d. va perm sistemasi koʻmirlari) havzalari; Ukraina, Ural, Shim. Kavkaz va b. konlar; Markaziy va Jan. Yevropa [Polsha (Sileziya), Germaniya (Rur), Belgiya, Niderlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya] dagi havzalar va konlar shular jumlasidan. T.s.da VolgaUral oblasti, DnepropetrovskDonetsk botigʻi va b. joylarda neft va gaz konlari hosil boʻlgan. Bu davrga mansub temir rudasi, marganets, mis (yirigi — Jezqazgan), qoʻrgʻoshin, pyx; alyuminiy (boksit), oʻtga chidamli va keramik gil konlari ham maʼlum. Oʻzbekiston hududida T.ye. yotqiziqlari keng tarqalgan. Uning kesmalari Qizilqum, Nurota togʻlarida va uning shim. (Pistali, Xonbandi, Egambelitogʻ) togʻ etaklarida, Chumkartogʻ, Qoratepa va Chaqilikalon, Olay togʻlarining quyi qismlarida, Qorachatir hamda Chatqol, Qurama, Piskom, Sandalash, Ugom togʻlarida mavjud.
Toshkoʻmir yotqiziqlari har uchta boʻlimda ham tarqalgan boʻlib, ular orasida karbonatli (dolomit va ohaktoshlar, baʼzan kremniylarning qalamcha va linzalari), terrigenkarbonatli (qumtosh, alevrolit, slanets va ohaktoshlar), terrigenvulkanli tipdagi kesmalar mavjud. Dengiz fatsiyalari davrning barcha boʻlimlarida topilgan.
Qarag'ay toifalar quyidagi sinflarga bo’linadi:
1. Urug`li qirqquloqsimonlar sinfi – Liginopteridopsida
2. Sagovniksimonlar sinfi -Cycadopsida
3. Bennetitsimonlar sinfi -Bennettitopsida
4. Qizilchasimonlar sinfi -Gnetopsida
5. Ginkgosimonlar sinfi -Ginkgoopsida
6. Qarag`aysimonlar sinfi -Pinopsida
1. Urug`li qYrqquloksimonlar sinfi. Bu sinfga kiruvchi o`simliklar Poleozoy erasining devon davrida paydo bo`lib, toshko`mir davrida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda faqat qazilma xolda uchraydi. Ular Mezozoyning oxiri bo`r davrida yo`qolib ketgan. Umumiy ko`rinishi bilan hozirgi daraxtsimon paporotniklarga o`xshab ketgan, lekin ulardan urug` xosil qilib ko`payishi bilan farq qiladi.
Poyasi kambiy hisobiga ikkilamchi yo`g`onlashish imkoniga ega bo`lgan. Poyaning markazida o`zak joylashgan. Bargi patsimon tuzilishga ega. Urug` kurtagi murakkab tuzilgan bo`lib, sagovniklarning urug`kurtagiga o`xshab ketadi. Sinf 4ta qabilani birlashtiradi. Ularning asosiy vakillari: Liginopteris, Medulloza, Keytoniya kabilar. Ularning qoldiqlari G`arbiy Evropa va Shimoliy Amerikadan topilgan.
2. Sagovniksimonlar sinfi. Bu sinf 1 ta qabila sagovniknamolar (Cycadales) va 1 ta Sagovnikdoshlar oilasidan iborat. Oilaning 100 ga yaqin saqlanib qolgan turlari, hozirda Amerika va Afrika qit`asining tropik xududlarida tarqalgan. Sagovnik shoxlanmaydigan daraxtsimon o`simliklar bo`lib, ularning balandligi 20-25 metrga etadi. Ayrimlarining poyasi esa ildiz mevaga o`xshash bo`lib, deyarli butun tanasi er bag`rida joylashgan. Poyasining uchki qismida yirik patsimon barglar joylashgan. Mikrosporangiyalari mikrosporofillardan joy olib, ular to`p-to`p bo`lib otalik qubbalarini hosil qiladi. Makrosporangiylari (urug`kurtak) makrosporofillarning chetida joylashib, ular ham onalik qubbalarining hosil qiladi. Bu oila turkumlari Zamia (35 tur), Cycas (16 tur) va boshqalar. Oilaning tipik vakillaridan biri sagovnik. Bu o`simlikning tanasi ustunsimon tuzilishga ega. Poya uchida patsimon barglar joylashib, ular orasida o`sish kurtagi bor. Bu kurtak xar 1-2 yilda yangi barglar chiqarib turadi, eskilari tushib ketib, barg asosini izlari saqlanib, tanani tangachalar bilan o`ralgandek ko`rsatadi. Sagovnik mikro va makrosporalar hosil qilib ko`payadi. Makrosporalar xar bir makrosporangiyda – bittadan hosil bo`ladi. Makrosporangiylar (urug`kurtaklar) makrosporofillarda joylashadi. Makrosporofillar vegetativ barg singari, poyaning uchida hosil bo`ladi. Ular shakli, ko`rinishi jihatidan vegetativ barglarga o`xshasada, ammo ulardan rangini och sariq va patlarini uncha taraqqiy etmaganligi bilan farq qiladi. Makrosporofillning pastki qismida rangi qizil urug`kurtak joylashdi. Urug`kurtak integument, nutsellus, endosperm, arxegoniy, chang kamerasi, mikropila yo`lidan iborat.
Sagovnik ikki uyli o`simlik bo`lganligi uchun mikrosporofillar aloxida individlavrda rivojlanadi. Mikrosporofillar burchak shaklida bo`lib, uning pastki tomonida mikrosporangiylar to`planib joylashgan. Ularning ichida bir nechta mikrosporalar hosil bo`ladi. Mikrospora ikkita: ustki (ekzina) va ichki (intina) qavat bilan o`ralgan. Mikrospora gametofitga aylanganda uchta xujayra hosil bo`ladi: vegetativ, anteridial va protoallial.
Mikrosporangiy yorilgandan keyin sochilgan chang urug`kurtakning mikropila yo`li orqali chang kamerasiga o`tadi. Bu erda vegetativ xujayra cho`zilib, naycha hosil qiladi. Naycha nutsellus to`qimasiga kirib, naycha ichida anteridial xujayradan hosil bo`lgan ikkita spermatazoid, chang naychasi yorilgandan so`ng kameraga o`tadi va arxegoniydagi tuxum xujayrani urug`lantiradi. Urug`langan tuxum xujayra shu ondayoq bo`lina boshlaydi va embrion hosil bo`ladi. Urug` kurtakning integument, nutsellus qavatlari urug`ning po`stiga aylanadi.
3. Bennettitsimonlar sinfi. Bu sinf bennettitnamolar (Bennettitales) qabilasidangina iborat. U ikkita oilani: Vilyamsoniyadoshlar va Bennettitdoshlarni o`z ichiga oladi. Xar ikkala oila vakillari: Vilyamsoniya va TSikadeoideyalar Mezozoy erasining yura va bo`r davrlarida avj olib rivojlangan ochiq urug`lilarning daraxt tipidagi o`simliklar bo`lgan. Ular bo`r davriga kelib, yo`q bo`lib ketgan Hozirgi vaqtda faqat qazilma holda uchraydi. Bennettitlar ichki va tashqi tuzilishi jihatidan sagovniklarga o`xshaydi. Bularning qubbasi ikki jinsli bo`lib, mikrosporofil va makrosporofillar bitta o`simlikda rivojlangan. Mikrosporofillari patsimon tuzilishga ega bo`lgan.
Hozirgi vaqtda bannettitlarning qoldiqlari Meksika, Pol’sha, Bel’giya, Italiya va Xindiston xududlarilan topilgan.
4. Qizilchasimonlar sinfi. Bu sinf o`ziga xos quyidagi belgilarga ega:
1. Bularda sporofillar to`plami yoki strobil o`qi dixozlal shoxlangan bo`ladi.
2. Strobilalari ostki qismidan gulqo`rg`onchaga o`xshash bargchalar yoki tangachalar bilan o`ralgan.
3. Urug` kurtagining mikropilla uchi cho`zilib, chang yo`lini hosil qiladi.
4. Bu sinfga mansub o`simliklarnieng tanasida o`tkazuvchi nay bog`lamlari: traxeidlar va traxealardan tashkil topgan.
5. Barglari qarama-qarshi joylashgan. Smolasiz o`simliklar hisoblanadi.
6. Murtagi ikkita urug`palladan iborat.
Yuqorida keltirib o`tilgan belgilar yopiq urug`li o`simliklarni eslatadi.Lekin urug`ining ochiq holda rivojlanganligi bilan farq qiladi.
Qizilchasimonlar sinfi 3 ta qabilaga bo`linadi:
1. Qizilchanamolar qabilasi - Ephedrales
2. Velvichiyanamolar qabilasi - Welwitsshiales
3. Gnetumnamolar qabilasi - Gnetales
1 Qizilchanamolar qabilasi. Bu qabilaga qizilchadoshlar (Ephedraceae ) oilasi kiradi. Oilaning hozirgi vaqtda 40 yaqin turi Osiyo, Xindiston, Xitoy, Shimoliy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Shulardan O`rta–Osiyoda 15 turi uchraydi. Keng tarqalganidan biri qirqbo`g`imsimon efedra (E.eqvisetina) hisoblanadi. Bu o`simlik buta shaklida, ikki uyli, ba`zan bir uyli o`simlik. Barglari mayda qisqargan, shuning uchun ham fotosintez jarayoni yashil novdalar hisobiga amalga oshadi. O`simlik tarkibida «efedrin» alkaloidi uchraydi. Undan meditsinada dorilar tayyorlanadi.
2. Velvichiyanamolar qabilasi. Qabila bitta oila, Velvechiyadoshlar (Welwitschiaceae), bitta turkum Velvechiya bo`lib, bitta turdan (Welwitschia mirabilis) iborat. Bu o`simlik Afrikaning janubiy–g`arbiy qirg`og`idagi cho`llarda o`sadi. Uning ajoyibligi shundaki, tashqi ko`rinishi bilan huddi tanasi kesilgan daraxt yoki to`ngak shaklida bo`ladi. Ustki qismida uzun lentasimon barglar rivojlanadi. Uning uzunligi 3-8 metrgacha etadi. Bargi har yili 10-15 sm o`sadi. Uchki qismi asta-sekin qurib boradi. U ikki uyli o`simlik. Velvichiyaning hayoti 100 yilgacha davom etishi mumkin.
3. Gnetumnamolar qabilasi. Bu qabilaga gnetumdoshlar oilasi (Gnetaceae) kiradi. Uning 40 ga yaqin turlari mavjud bo`lib, ular Sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika va Afrika hududlarida tarqalgan. Hayotiy shakli daraxt, buta yoki chirmashib o`suvchi o`simliklardir. Barglari poyaga qarama-qarshi joylashadi. Ikki uyli o`simlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |