Tepadan to‘pni uzatish
ko‘proq tez-tez tayanch holatda, o‘rta
va yuqori tik turish holatida, shuningdek, sakrash bilan bajariladi.
55
Turish holatini tanlash to‘pning uchish tezligi va trayektoriyasi bi-
lan aniqlanadi. To‘pning uchish trayektoriyasi qancha past bo‘lsa,
uchis h tezligi ham shuncha katta bo‘ladi va to‘pni qabul qilish uchun
turish holati ham shuncha past bo‘ladi. O‘rtacha turish holatidan
to‘pni uzatishga tayyorgarlik ko‘rishda, o‘yinchi tana og‘irligini ik-
kala oyoq kafti yuziga bir tekisda taqsimlash bilan ikki oyoqni bi-
roz bukkan holda turadi. Tana biroz oldinga engashtirilgan bo‘ladi,
qo‘llarni tirsakdan bukkan holatdan to‘pni yuzi balandligida qarshi
oladi. To‘pni uzatish oyoq, tana va qo‘lning ketma-ket to‘g‘rilanish
hisobiga bajariladi. To‘pning yo‘nalishi, balandligi, tezligi va aniq
uzatishga panja va barmoqlarning yakuniy faol harakatlari bilan
eri shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |