Karimjon rahimqulov bori nigmonov



Download 25,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/91
Sana06.02.2022
Hajmi25,8 Mb.
#432811
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
sport khakamligi

To‘pni oshirish.
To‘pni oshirishni bajaruvchi o‘yinchi bir 
oyog‘ini chiziqqa qo‘yib turib, to‘pga zarb berishi kerak. Agarda 
birinchi to‘pni oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysa, to‘pni oshirish tak-
rorlanadi. 
Hisob.
Har bir oshirilgan to‘p raqib jamoa maydoniga kelib 
tushsa, bir ochko berilgan. Agarda to‘p oshirilganidan keyin o‘z to-
moniga qaytib kelsa va jamoa o‘yinchisi xatoga yo‘l qo‘ysa, to‘pni 
o‘yinga kiritish raqib jamoasiga berilgan. 


44
Agarda o‘yin vaqtida to‘p (to‘pni oshirmagan paytda) to‘rga 
tegsa, bu xato hisoblangan. 
Agarda to‘p chiziq ustiga tushsa, bu ham xato hisoblangan. 
O‘yinchilar soni chegaralanmagan. 
Vilyam J. Morgan o‘rta va katta yoshdagi shug‘ullanuvchilarga 
yangi o‘yinni tavsiya qiladi. U 197 sm balandlikda osib qo‘yilgan 
tennis to‘rining ustidan basketbol to‘pi kamerasiga havo to‘ldirib, 
uni to‘r ustidan oshirib o‘ynaydilar. Uni 1896- yilda Springfild 
shahrida o‘tkazilgan Xristian yoshlari uyushmalari konfederatsi-
yasida professor Alfred T. Xalsitedi «voleybol» deb atadi. Bu ing-
lizga so‘z bo‘lib, «uchuvchi to‘p» degan ma’noni bildiradi, chunki 
to‘p ko‘proq havoda bo‘ladi. 
Voleybol XIX asr oxirida kashf qilingan deb tan olinsa-da, uning 
tarixi uzoq o‘tmishlarga borib taqaladi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, odamlar shunga o‘xshash o‘yinlarni 
yuz va ming yillar ilgari ham o‘ynaganlar, ya’ni yer sharining har 
xil shaharlarida, xususan Yevropa, Markaziy va Janubiy Amerikada 
ham bu kabi o‘yinlar o‘ynalgan. 
Eramizdan avvalgi III asrga taalluqli Qadimgi Rim qo‘lyozma-
larida saqlanib qolgan voleybolni eslatuvchi o‘yinlar to‘g‘risida 
yozilgan. Nimadan yasalgani noma’lum bo‘lgan to‘pni musht bi-
lan urib o‘ynaganlar. Bundan tashqari, qadimdan ma’lum bo‘lgan 
o‘yin «faustbol» deb atalardi. Bu o‘yin 1500- yillarda o‘ynalganli-
gi haqida ma’lumotlar bor. O‘yinning asosiy qoidasiga ko‘ra, har 
bir jamoada 3–6 nafar o‘yinchi bo‘lib, ular to‘pni maydonchada 
o‘rnatilgan baland bo‘lmagan devorcha ustidan raqib tomoniga 
urib o‘tkazishga harakat qilishgan. Vaqt o‘tishi bilan faustbol o‘yini 
Yevropada ommalashdi va ko‘rinishi ham o‘zgarib bordi. Tosh 
devor ikkita daraxt o‘rtasidan tortilgan arqon bilan almashtirildi
maydon o‘lchamlari qisqartirildi va o‘yinchilar tarkibi qat’iy che-
garalab qo‘yildi, har bir jamoada 5 nafardan o‘yinchi o‘ynaydigan 
bo‘ldi. To‘pni raqib tomoniga musht yoki tirsak bilan urib o‘tka-
45
zish mumkin bo‘lgan va har bir jamoaga to‘pga uch marta tegishga 
ruxsat etilgan. Maydonning kattaligi va o‘yin qatnashchilari soni 
kamligi sababli, o‘yin qoidasining yangi bandini kiritishga to‘g‘ri 
keldi. Bu qoida bo‘yicha, to‘p raqib tomoniga bir marta tushishi va 
uni faqatgina to‘pga bir marta tegish bilan qaytarishga ruxsat etil-
gan. O‘yin ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim 15 daqiqadan
o‘ynalgan. 
Voleybol 1900- yildan boshlab jahonning boshqa mamlakatlari-
ga tezda tarqala boshladi. Dastlab Kanada, so‘ngra Hindiston, qisqa 
vaqt o‘tmasdan Osiyo davlatlariga kirib bordi. 1400- yilning bosh-
larida voleybolning g‘olibona taraqqiy etishi boshlandi: 1405- yil-
da Perto-Rino shahridan reportaj olib eshittirildi. 1410- yilda Peru 
va Filippinda, 1912- yilda Uragvayda voleybol o‘ynay boshladilar. 
1414- yilda bu o‘yin Angliyaga xristian yoshlari uyushmasi orqali 
kirib keldi, 1917- yilda Meksika va Fransiyada, 1918- yili Italiya-
da, 1919- yili sobiq Chexoslovakiyaga, 1923- yili esa Afrika mam-
lakatlarida o‘ynala boshlandi. 
Misrda, Tunisda, Morokkoda, 1924- yili Ispaniya va Yugaslavi-
yada, bir yildan keyin Gollandiyada ham voleybol o‘yini om-
malashdi. 
1900- yilda Amerikaning «Spalding» firmasi birinchi bo‘lib 
voleybol to‘pini ishlab chiqara boshladi. Hozirgi vaqtda valey-
bol bo‘yicha rasmiy musobaqalar uchun to‘pni ishlab chiqarish 
bo‘yicha Yaponiyaning «Mikasa» birlashmasi va Angliyaning 
«Molten», «Wilson» firmalari birinchilikni ushlab turibdilar. 1900- 
yilda voleybol o‘yinining birinchi marta rasmiy qoidasi qabul qilin-
di. Oradan 12- yil o‘tgach o‘yin qoidasi qaytadan ko‘rib chiqildi. 
20- yillarning boshlarida voleybol bo‘yicha musobaqaning 
rasmiy ravishda belgilab berilgan vaqti va o‘tkazish tartibi ishlab 
chiqildi. Shu yillardan boshlab norasmiy ravishda xalqaro turnirlar 
o‘tkazila boshlandi. 
Shunday qilib, 1913- yilda 16 ta erkaklar jamoasi ishtirokida 


46
birinchi marta Pan Osiyo o‘yinlari o‘tkazildi, ular qatorida Xitoy 
va Filippin jamoalari ham bo‘lgan. 1913- yilda voleybol bo‘yicha 
musobaqa Manilda o‘tkazilgan. Uzoq Sharq o‘yinlari dasturiga 
kiritilgan. Lekin Birinchi jahon urishi boshlanishi oldidan Ameri-
ka harbiylari voleybolni dam olish uchun o‘ynaganlar, uni birinchi 
marta Yevropada namoyish etganlar. Bu esa ko‘pchilik davlatlarda 
voleybol o‘yinining rivojlanishiga kuchli turtki bo‘ldi. 1921- yil-
da Uzoq Sharqda Osiyo o‘yinlari va Yaponiyada erkaklar o‘rtasi-
da birinchi marta milliy chempionat o‘tkazildi. 1922- yili AQSh 
va Kanadada xristian yoshlar uyushmasi rahbarligi ostida voley-
bol bo‘yicha birinchi rasmiy chempionat o‘tkazildi. Xuddi shu yili 
sobiq Chexoslovakiyada birinchi marta erkaklar o‘rtasida milliy 
chempionati bo‘lib o‘tdi. 1929- yili Markaziy Amerikaning Milliy 
Olimpiya qo‘mitasi erkaklar voleybolini Kubadagi Olimpiya re-
gional o‘yinlariga kiritdi. Shu yilning o‘zida AQSh va Polshada 
birinchi Milliy chempionat o‘tkazildi. Shuningdek, Yevropada bi-
rinchi xalqaro musobaqalar o‘tkazildi: Angliyada Polsha, AQSh va 
Fransiya jamoalari ishtirokida turnir bo‘lib o‘tdi. 
Vaqt o‘tishi bilan voleybol xalqaro o‘yin maqomiga ega bo‘ldi 
va 1922- yildan AQSh bu o‘yinni Olimpiya o‘yinlari dasturiga 
kiritish taklifi bilan chiqdi. 
Keyinchalik voleybol quyidagi tartibda rivojlanadi. 1932- yili 
ayollar voleybolli Olimpiya regional o‘yinlariga kiritildi. AQShda 
voleybol bo‘yicha birinchi mashg‘ulot ilk marta nashr etildi. So-
biq Ittifoqda birinchi chempionat o‘yinlari boshlandi. Uzoq Sharq 
himoyasi va Yevropa hujumini umumlashtirish yordamida yangi 
taktika yaratildi. 
Biroq voleybol 30- yillarning boshlarigacha dam olish uchun 
asosiy o‘yin bo‘lgan. 30- yillarning o‘rtalariga kelib Sharqiy Yevro-
pa davlatlarining ko‘pchiligida qaysi o‘yin yuqori darajaga ko‘taril-
ganligi hisobga olib, milliy chempionatlar va bir nechta xalqaro 
turnirlar o‘tkazildi. Voleybol asta-sekin musobaqa xarakteridagi 
47
taktik va jismoniy usullarning o‘sib borishi natijasida yuqori texni-
kali o‘yin sifatida shakllandi. Jahonning ko‘pchilik mamlakatlari-
da milliy voleybol uyushmalari, Xalqaro voleybol tashkiloti paydo 
bo‘ldi va u musobaqani o‘tkazishni o‘z qo‘liga oldi. 
1936 Stokgolm shahrida qo‘l to‘pi bo‘yicha Xalqaro federat-
siyasi kongressida Polsha delegatsiyasi qo‘l to‘pi bo‘yicha fede-
ratsiyaning bir qismi sifatida voleybol bo‘yicha texnik qo‘mitasi-
ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Shundan so‘ng komissiya 
tuzildi, uning tarkibiga 13 ta Yevropa , 5 ta Amerika, 4 ta Osiyo 
davlatlaridan vakillar kiritildi. Bu komisiya a’zolari tomonidan bir-
muncha o‘zgartishlar bilan asosini tashkil qilgan Amerika qoidasi 
qabul qilindi. 
O‘lchashlar metrli proporsiyada o‘tkazildi. To‘p tanamizning 
barcha qismiga faqat beldan yuqorisiga tegishi mumkin. To‘siqda 
to‘pni texnikdan keyin to‘pga ketma-ket tegish taqiqlanadi. Ayollar 
uchun to‘rning balandligi 224 sm etib belgilandi. To‘pni o‘yinga 
kirishish zonasi qat’iyan chegaralandi. 
Voleybol bo‘yicha Xalqaro federatsiyani tashkil etish ishlari 
davom etdi, biroq ikkinchi jahon urushi bu yo‘nalishdagi ishlarni 
birmuncha sustlashtirdi. 
1944- va 1946- yillar davomida Braziliyada voleybol bo‘yicha 
birinchi chempionatlar o‘tkazildi. Sobiq Chexoslovakiya va Fransi-
yada urushdan keyingi xalqaro turnirlar o‘tkazila boshlandi. Praga 
shahrida sobiq Chexoslovakiya, Fransiya va Polsha vakillari o‘rta-
sida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvdan so‘ng mustaqil 
Xalqaro voleybol tashkilotini tuzish to‘g‘risida qat’iy taklif kiritil-
di. Keyinchalik Xalqaro jamoatchilik shu davlat vakillariga maxsus 
komitetni tashkil etish javobgarligini yukladi. 
1947- yil 18- apreldan 20- aprelgacha Parij shahrida 14 ta dav-
lat ishtirokida (Belgiya, Braziliya, Vengriya, Gollandiya, Yegipet, 
Italiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, AQSh, Urugvay, Fransiya, 
sobiq Chexoslovakiya va sobiq Yugoslaviya) voleybol bo‘yicha 


48
birinchi kongress o‘tkazildi. Bu yig‘ilishda Xalqaro voleybol fe-
deratsiyasi (XVF) (Federation internationale de Volleyball – FIV) 
tashkil etildi. Bu, o‘z navbatida, voleybolning xalqaro nufuzini 
oshir di. Uning birinchi prezidenti etib Fransiyalik Pol Libo say-
landi. Ta’sis etuvchi davlatlar: Belgiya, Braziliya, Italiya, Livan, 
Polsha, Turkiya, Fransiya, sobiq Chexoslovakiya. Keyinchalik 
voleybolni boshqarish uchun dunyoning turli mintaqalarida XVF 
vakolatxonalari, joylardagi birlashmalari (konfederatsiyalar) tash-
kil etildi, jumladan, Osiyoda (1960), Yevropada (1963), Afrika va 
Malagisiy Respublikasida (1965), Shimoliy va Markaziy Amerika-
da va Karib dengizi orollarida (1966). 
XVFning maqsadi quyidagilar hisoblanadi: o‘z davlatlarida vo-
leybolga rahbarlik qilayotgan milliy federatsiyalarni birlashtirish; 
milliy tashkilotlarni tuzish; dunyoda voleybolni rivojlantirishga 
yordam berish; turli davlatlarning rasmiy kishilari va sportchilari 
o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash; rasmiy musoba-
qalarni va birinchiliklarni bardamlik ruhida hamda o‘zaro yordam 
berish asosida o‘tkazish; voleybol o‘yinini takomillashtirish va b. 
XVF nizomida davlatlar va alohida shaxslarga nisbatan, shu-
ningdek, siyosiy kamsitishlar va tortishuvlar, diniy yoki irqiy 
xarakterdagi har qanday kamsitishlar taqiqlanadi. Barcha federat-
siyalar bir xil huquq va vazifaga egadir. 
XVF texnik organi doimiy komissiya hisoblanib, u har to‘rt 
yilga saylanadi: sport-tashkiliy, hakamlar sudiga, o‘yin qoidalari 
bo‘yicha. 
XVF tashkil topgan dastlabki yillardayoq AQSh va Yevropa-
da harakatdagi o‘yin qoidalarini aralashtirish yo‘li bilan umumiy 
qoida shakllantirildi. Shu vaqtdan boshlab voleybol rivojida yan-
gi davr boshlandi. XVF tashkil etilganidan buyon rasmiy ravishda 
qit’alar va jahon birinchiligi muntazam o‘tkazilmoqda. 1948- yili 
Rimda erkaklar o‘rtasida birinchi Yevropa chempionati o‘tkazildi, 
unda 6 ta jamoa qatnashdi. Sobiq Chexoslovakiya jamoasi birinchi 
bo‘lib Yevropa chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. 
49
1949- yili Pragada ayollar o‘rtasida birinchi Yevropa chempio-
nati bo‘lib o‘tdi, unda erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yin tajribala-
ri dan foydalanildi. Bu chempionatda sobiq ittifoq ayollar jamoasi 
g‘alaba qozondi. Xuddi shu yerda erkaklar o‘rtasida birinchi jahon 
chempionati o‘tkazildi, bu yerda ham sobiq Ittifoqning erkak lar 
jamoasi g‘alaba qozondi. Pragadagi chempionat musobaqalaridan 
keyin XVFning ikkinchi Kongressi bo‘lib o‘tdi, unda yangi xalqaro 
o‘yin qoidalari qabul qilindi va XVFni a’zolari soni 21 ta milliy 
federatsiyalarga yetganligi e’lon qilindi. 
50- yillarning oxiriga kelib, dunyoning hamma joylarida o‘yin, 
shubhasiz, shuhrat qozona boshladi va XVF Xalqaro Olimpiya 
qo‘mitasi bilan voleybolni Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish 
masalasi bo‘yicha muzokaralar olib bordi. 
1952- yili Moskvadagi «Dinamo» stadionida dastlab ayollar va 
keyin erkaklar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi, unda 11 ta 
milliy jamoa qatnashdi. Jahon chempionati tugaganidan keyin 
o‘yin mavqeyi sezilarli darajada oshganligi qayd qilindi. Mezbon 
davlatning ayollar va erkaklar jamoalari g‘olib chiqdilar. 
Voleybol birinchi marta 1955- yili Mexikoda o‘tkazilgan Pan-
amerika o‘yinlari dasturida paydo bo‘ladi. Ayollar o‘rtasida birin-
chilikni Meksika terma jamoasi qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida 
esa AQSh jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. 
XVF voleybol o‘yini Olimpiya o‘yinlariga kiritish kompaniya-
sini davom ettirdi. Nihoyat, Saudiyada o‘tkazilgan XOQning 53- 
sesiyasida xalqaro ko‘rgazmali turnir o‘tkazildi, bunda voleybol-
ning afzal tomonlari ko‘rsatib berildi. Erkaklar voleyboli Olimpiya 
o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bir necha yil o‘tib, 1962- yilda XOQ 
ayollar jamoalari o‘rtasidagi voleybolni olimpiada sport turi sifati-
da qabul qildi. Shu vaqtda ko‘pchilik mamlakatlarda keng ravish-
da milliy chempionatlar o‘tkazildi. XVF 1963- yili klub jamoalari 
uchun birinchi marta Yevropa kubogini o‘tkazdi. 1965- yilda Pol-
shada erkaklar terma jamoalari o‘rtasida birinchi jahon kubogi tash-


50
kil qilindi. Shu bilan bir qatorda, yangi xalqaro musobaqalar tashkil 
qilindi. 1973- yili Urugvayda ayollar o‘rtasida birinchi jahon kubo-
gi o‘tkazildi. 1975- yilda Avstraliyada birinchi Osiyo chempionati 
va Donirda ayollar o‘rtasida Afrika chempionati o‘tkazildi. 1977- 
yili Braziliyada birinchi marta yoshlar o‘rtasida jahon chempionati 
o‘tkazildi, unda sobiq Ittifoq va Koreya qizlari chempionlik unvo-
niga sazovor bo‘ldi. 
1964- yilda Tokio shahrida voleybol bo‘yicha birinchi marta 
Olimpiya turniri bo‘lib o‘tdi. Unda 10 ta erkaklar va 6 ta ayollar 
jamoasi qatnashdi, bu esa voleybol tarixida juda katta voqea edi. 
Sobiq Ittifoqning erkaklar va Yaponiyaning ayollar jamoasi birin-
chi marotaba Olimpiya o‘yinlari Oltin medallarini olishga muvaf-
faq bo‘ldilar. 
60- yillar oxiri–70- yillar boshlarida voleybolning butun dun-
yo bo‘ylab tarqalishi sababli murabbiylarning ishlari va musobaqa 
o‘tkazishda to‘plangan tajribalarni ommalashtirish zarurati kelib 
chiqdi. Shu sababli birinchi ilmiy simpozium Pragada bo‘lib o‘tdi, 
bir yildan keyin Mexikoda voleybol bo‘yicha Markaziy Amerika 
birinchi kongressi bo‘lib o‘tdi. Xuddi shu vaqtdan XVF qoshida 
murabbiylar komissiyasi tashkil etildi va Yaponiyada (XVF) mu-
rabbiylar uchun birinchi marta malaka oshirish kurslari tashkil 
qilindi, bu kursga barcha qit’alardan 49 ta murabbiy bordi. Bu yer-
da yetakchi murabbiylar o‘zaro tajriba almashdilar. 
1970- yili Sofiyada o‘tgan XVF kongressida Xalqaro voleybol 
tashkilotiga 108 ta milliy federatsiya a’zo bo‘lganligi va barcha 
qit’alar voleybolga jalb qilingani aytildi.
Voleybol rivojlandi, takomillashdi, shakli o‘zgardi. 60- yillar-
ning o‘rtalariga kelib, dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida mini 
voleybol ommalashdi. XVF bunga javoban mini voleybol bo‘yicha 
komissiya tashkil etdi va 1975- yili Shvetsiyada mini voleybol 
bo‘yicha birinchi simpozium, 1978- yilda Bahraynda mini voley-
bol bo‘yicha murabbiylar uchun birinchi marta xalqaro kurslar 
o‘tkazildi. 
51
Moskvada 1980- yilgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi bilan 
bog‘liq XVF kongressi bo‘lib o‘tdi. XVF takibiga 155 ta milliy fe-
deratsiya a’zo bo‘lib kirdi. XVF navbatdagi murabbiylar kurslarini 
o‘tkazdi, unda 115 mamlakatdan 1500 nafar murabbiy qatnashdi. 
Keyinroq, 1984- yilda XVF kongressi bo‘lib o‘tdi. Kongressda 
Xalqaro tashkilotni boshqarish va uning tuzilishi, dasturi bo‘yicha 
muhim qaror qabul qilindi. 37 yil rahbarlik qilgan Polya Libo o‘rni-
ga doktor Ruben Anosta XVF prezidenti etib saylandi. Polya Libo 
XVF faxriy prezidenti bo‘lib qoldi. Meksikalik R. Anosta voley-
bolning yangi turi tarafdorlaridan biridir. Uning tashabbusi bilan 
o‘yin qoidalarining tubdan o‘zgarishi bu srort turining ommalashi-
shiga qaratilgan edi. 
80- yillar o‘rtalariga kelib XVF a’zolari soni 156 taga yetdi. 
1984- yili murabbiylarning 100- yubiley malaka oshirish kursi 
o‘tkazildi. 
1988- yil Seulda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari doirasida 
XVFning 21- kongressi o‘tkazildi, bunda hal qiluvchi beshinchi 
bo‘limdagi reglamentga o‘zgartishlar kiritildi: unga ko‘ra voley-
bolda 5- bo‘lim tay-breyk sistemasi bo‘yicha o‘ynaladi.
Rubey Anosta yangi muddatga prezidentlikka saylandi. XVF 
takibidagi milliy federatsiyalar soni 1999- yili 211 taga yetdi. Yan-
gi musobaqalar tashkil etildi: yoshlar o‘rtasida jahon kubogi, ayol-
lar o‘rtasida Gran-Pri turniri, klub jamoalari orasida jahon kubogi. 
Olimpiya o‘yinlarida birinchi marta o‘yinchilar va jamoaning har 
bir o‘yin jihati bo‘yicha eng yaxshi o‘yinchilarini aniqlash maqsa-
dida statistikadan foydalanildi. 
1990- yilda jahonning kuchli erkaklar terma jamoalari ishtiroki-
da Jahon Ligasi Xalqaro turniri o‘ynaldi. Bu musobaqa voleybol-
ning nufuzini ko‘tarish, ya’ni yirik rasmiy xalqaro musobaqalar 
oldidan tarkibning bir-birini yaxshi tushunib o‘ynashi maqsadida 
tashkil etildi. 
1993- yildan boshlab amaliyotda barcha qit’alarda tarqalgan plaj 


52
voleybolini XOQ olimpiya sport turi sifatida tan oldi. 90- yillar 
Ruben Akosta tashabbusi bo‘yicha o‘yin qoidalarga musobaqaning 
tomoshabopligini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘plab o‘zgartishlar 
kiritildi. 

Download 25,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish