Karimboyeva shohida +


xususiyatlarini qiyosiy tipologiya o‘rganadi



Download 300,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/36
Sana13.04.2022
Hajmi300,34 Kb.
#548189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
yordamchi soz turkumlarini orgatish usullari

xususiyatlarini qiyosiy tipologiya o‘rganadi. 
Tilshunoslik sohasidagi tipologik tadqiqotlar nemis olimi F.Shlegel 
asarlaridan boshlangan. Keyinchalik tillar tipologiyasi bo‘yicha nemis olimlari 
A.V.Shlegel, V.Gumboldt, X.Shteyntal, A.Shleyxer, amerikalik E.Sepir, chex 
V.Skalichka, fransuz A.Martine, ruslardan F.F.Fortunatov, I.I.Meshchaninov, 
B.Uspenskiy, 
Yu.V.Rojdestvenskiy, 
V.N.Yartseva, 
N.A.Baskakov, 
A.M.Shcherbak va boshqalar tadqiqotlar olib borganlar. 
Turkiy tillar tarixida M.Koshg‘ariy, M.Zamaxshariy, A.Navoiy kabi 
allomalarning tillarni qiyosiy o‘rganishga bag‘ishlangan qimmatli asarlarni meros 
qoldirib ketganligini alohida ta’kidlash o‘rinli. O‘zbekistonda A.Abduazizov, 
J.Bo‘ronov, Q.Toymetov, M.I.Rasulova, Sh.Rahmatullaev, O.Azizov va boshqalar 
tipologiya masalalari bilan shug‘ullanganlar. 
Qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillar o‘rtasidagi o‘xshash va farqli 
tomonlarning mavjudligi, ushbu tomonlarning yuzaga kelish sabablarini 


10
o‘rganishga va tushunishga bo‘lgan intilish tilshunoslikda alohida soha, yo‘nalish 
bo‘lgan lingvistik tipologiya (tipologik lingvistika)ning maydonga kelishiga sabab 
bo‘ldi. 
Lingvistik tipologiya tillarning qarindosh yoki qarindosh emasligidan qat’iy 
nazar, ularning tuzilishi jihatidan yaqinlik, bog‘liqlik darajasini tekshiradi, mavjud 
materiallar asosida muayyan hodisaning mohiyatini, tabiatini aniqlaydi. Bizning 
tadqiqot obyektimiz bo‘lgan yordamchi so‘zlar ham alohida tadqiqot obyekti 
sifatida tadqiq qilingan. V.Vinogradov: yuklamalar yordamchi so‘zlar doirasidagi
o‘z leksik-grammatik belgisiga, tarixiy taraqqiyotiga va semantik-grammatik 
gruppalariga ega bo‘lgan mustaqil kategoriyadir. Ularning leksik ma’nolari 
grammatik, logik va ekspressiv – stilistik funksiyalarga teng keladi. Shuning uchun 
ularning mazmuniy tomoni keng, sintaktik sathda foydalanish qulaydir
3
, – deb 
yuklamalarning boshqa so‘z turkumlariga o‘xshamagan tomonlarini ochib beradi. 
F.F.Fortunatov: yuklamalarni sintaktik o‘lchov asosida o‘rganish kerak
4
, – deydi. 
A.M.Peshkovskiy ham yuklamalarni F.F.Fortunatov singari talqin etadi
5

A.A.Shaxmatov esa yuklamalarni predikat bilan turli munosabatda bog‘lanib, unga 
kuchaytiruv, ta’kid va turli ma’no ottenkalarini beruvchi alohida so‘zlar gruppasi 
sifatida tadqiq etadi
6
hamda yuklamalar mustaqil morfologik kategoriyalarga ega 
bo‘lmasa ham sintaktik qurilishda bir element, birlik sifatida ishtirok etishini 
ta’kidlaydi. 
V.V.Vinogradov 
ilmiy 
ishlari 
shogirdlari 
N.Yu.Shvedova
7

Chistyakova L.M
8
., G.G.Skib
9
va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. Keyingi davr 
tilshunosligida yuklamalar gapning semantik strukturasiga ta’sir etuvchi alohida 
so‘zlar gruppasi sifatida tekshirila boshlandi.
Ko‘makchilarning o‘rganilishi ham yuklamalar singari hind amaliy 
tilshunosligining Panini, Yaski (eramizdan avvalgi V-IV asrlar) nomlari bilan 
3
Fortunatov F.F. Izbrannie trudı. T.1. Sravnitelnoe yazıkoznanie. Obshiy kurs. Str.165-166 
4
Vinogradov V.V. Istoriya russkix lingvisticheskix ucheniy. –M., 1978. str. 143. 
5
Shaxmatov A.A.Sintaksisi russkogo yazıka. Vıp. 2. –L., 1944, str.99. 
6
Shaxmatov A.A. Sintaksisi russkogo yazıka. Vıp. 2. –L., 1944, str.99 
7
Shvedova N.Yu. Ocherki po sintaksisu rus. Razgovornoy rechi. – M. 1960. 
8
Chistyakova L.M. Chastitsı russkogo yazıka. AKD. – L., 1049. 
9
Skib G.G. perexod samostoyatelnıx slov v slujeb. AKD. – Lvov, 1954. 


11
bog‘liq. Ular 3-so‘z turkumi sifatida old ko‘makchi (upasarga)ni ajratadilar
10
. Ular 
ko‘makchilarga otlarning va fe’llarning ma’nolarini ko‘rsatuvchi so‘zlar deb baho 
berganlar. Ular ko‘makchilarni morfologik prinsip asosida talqin etadilar. 
Eramizdan avvalgi III-II asrlarda amaliy ehtiyojlar tufayli emas, mantiqiy 
kategoriyalar bilan bog‘liq ravishda ko‘makchilar talqin etildi. Ko‘makchilar 
talqinida ham yuklamalar singari bir xillik yo‘q.
Ma’lumki, tilshunoslikda so‘zlarni turkumlarga ajratishda morfologik, 
sintaktik va mazmuniy belgilar birgalikda olinadi
11
.
Ko‘makchilar ham shu uch belgi asosida turkumlangan. Ko‘makchilar 
morfologik jihatdan mustaqil paradigmaga ega emasligi, sintaktik jihatdan gapning 
mustaqil bo‘lagi bo‘la olmasligi, mazmuniy jihatdan vosita, maqsad, sabab, vaqt va 
shu kabi boshqa munosabatlar anglata olishligi bilan boshqa so‘z turkumlaridan 
ajralib turadi. Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar bo‘lgan bo‘lsa ham, ular 
hozirgi zamon o‘zbek tilida leksik ma’nolarini yo‘qotgan, lekin grammatik 
ma’nosi bor so‘zlar. Shuning uchun ham mustaqil so‘zlar bilan birgalikda 
ishlatiladi
12
. Ko‘makchilar obyektlar o‘rtasidagi makon, vaqt, sabab, maqsad, 
egalik, chegaralash kabi munosabatlarni ifodalaydi yoki obyektlarning harakatga, 
holatga, sifatga yuqoridagicha munosabatlarini bildiradi. Ko‘makchilarning 
xususiy ma’nolari biror kelishik formasidagi shaxs yoki predmet bilan 
qo‘shilgandagina yuzaga keladi
13
. Shuning uchun ham A.A.Shaxmatov 
ko‘makchilar kelishik formalari anglatgan ma’noni mustahkamlaydi, to‘ldiradi, 
kuchaytiradi, – deydi
14
.
Ko‘makchilar 
xilma-xil 
grammatik 
munosabatlarni 
ifodalaydi. 
A.A.Shaxmatov birinchi bo‘lib ko‘makchilarning grammatik munosabatlarini 
sistemaga solishga harakat qildi. Rus tilshunosligida ko‘makchilar va ularning 
10
Usmonov Umumuiy tilshunoslik. –T., 1972. 11-b. 
11
Koduxov V.I. Vvedenie v yazıkoznanie. –M., 1987. str. 232. 
12
O‘zbek tili grammatikasi. –T., 1975. 1-jild. 541-b. 
13
Vinogradov V.V. Russkiy yazık. –M., 1986. str. 555. 
14
Shaxmatov A.A.Sintaksisi russkogo yazıka. Vıp. 2. –L., 1944, str.97. 


12
grammatik munosabatlari V.V.Vinogradov ishlarida to‘laqonli o‘z ifodasini 
topgan
15
.
Rus tilshunosligida ko‘makchi va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan 
ishlar talaygina, lekin V.V.Vinogradovniki singari to‘laqonli emas.
O‘zbek va qoraqalpoq tillarida yordamchi so‘zlar an’anaviy tilshunoslikda 
shakliy-funksional tomondan ancha o‘rganilgan. So‘z turkumlari, xususan, 
yordamchi so‘z turkumlarini tadqiq qilish masalasi til tarixining ilk 
bosqichlaridanoq boshlangan. Tilshunoslik sohasida qalam tebratgan sermahsul 
olimlardan biri Mahmud Zamaxshariy (XI-XI asr)ning grammatikaga doir asarlari 
ichida “Al-mufassal” (“Grammatika bo‘yicha mufassal kitob”) arab tili 
morfologiyasi va sintaksisini o‘rganishda yirik va muhim qo‘llanma sifatida 
Sharqda ham, G‘arbda ham juda mashhur bo‘lgan. Zamaxshariyning 
“Muqaddimatul adab” (Adabiyot ilmiga kirish) asari Xorzamshohlardan Abdul 
Muzaffar Otsizga bag‘ishlanib yozilgan. Asar 5 ta qismga bo‘linib, ularda otlar, 
fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgarishlari, fe’l o‘zgarishlari haqida bahs yuritiladi
16

Turkiyshunoslik, jumladan o‘zbek tilshunosligining shakllanishi va rivojida 
hanuzgacha muallifi noaniq bo‘lgan “At-tuhfat uz-zakiyati fil lug‘at it-turkiya” 
asari ham muhim o‘rin egallaydi. Asar ko‘proq qipchoqlar tili materiallariga 
asoslanib yozilgan. Ba’zi o‘rinlarida uning materiallari turkman tili bilan 
solishtirilgan. Bugungi qipchoq guruhiga mansub bo‘lgan tillarning tarixini, 
shuningdek, o‘zbek xalqining shakllanishida katta etnik guruh bo‘lib qo‘shilgan 
qipchoq shevalari tarixini o‘rganishda mazkur asar eng mo‘tabar manba bo‘lib 
xizmat qiladi. Asarning yana bir muhim jihati shundaki, unda turkiy tillarning 
fonetikasi, so‘z yasalishi, morfologiyasi, sintaksisi bo‘yicha izchil ma’lumotlar 
berilgan
17

15
Vinogradov V.V. Russkiy yazık. –M., 1986. str. 555. 
16
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 12-jild. –Toshkent, O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006. 495-b. 
17
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 12-jild. –Toshkent, O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006. 495-b. 


13
XX asrning 20-yillarida yaratilgan A.Fitratning «Sarf», M.Qori, Q.Ramazon 
va Sh.Zunnunlar muallifligida nashr qilingan «O‘zbekcha til saboqlig‘i» asarlarida 
bog‘lovchi termini qayd qilinmaydi, biz bog‘lovchi deb yuritadigan so‘zlar 
ko‘makchi so‘zlar deb yuritilgan
18
.
XX asr boshlaridagi tadqiqotlarda yordamchi so‘z turkumlarini 
chegaralashda bir xillik kuzatilmaydi. Xususan, bugungi kunda biriktiruv 
bog‘lovchilar qatorida sanaladigan aksariyat so‘zlar ko‘makchilar sifatida qaralgan 
yoki teng bog‘lovchilar qatoriga ergashtiruvchi bog‘lovchilar ham kiritilgan. XX 
asr boshlarida tilshunoslik asarlarida bog‘lovchilarning ifodalanishi va izohlanishi 
bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan J.Qodirov A.Fitratning tag‘in, daxi, bilan, ila, 

Download 300,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish