Tasnifi
GKMP obstruktiv shakli (chap qorinchaning chiqaruvchi traktini dinamik obstruksiyasi bilan ifodalanadi) va noobstruktiv shakli ajratiladi.
Obstruktiv shakli 4 darajaga bo‘linadi:
I daraja – chap qorincha chiqish traktida bosim gradienti < 25 mm sim. ust., simptomlari bo‘lmaydi; II daraja - 26-36 va jismoniy zo‘riqishlarni ko‘tarish yomonlashadi; III daraja - 37-44 mm sim. ust., stenokardiya va xansirashni paydo bo‘lishi; IV daraja - > 45 mm sim. ust., yurak yetishmovchiligi belgilari.
Tashxis qo‘yish misoli: Gipertrofik kardiomiopatiya, obstruktiv shakli, II -darajasi.
Klinik manzarasi
Spetsifik simptomlari yo‘q. Tekshiruvlarga turtki bo‘ladigan belgilar-xansirashlar, obmoroklar. Goxan qo‘qqis yurak o‘limi kasallikning ilk va oxirgi ko‘rishi bo‘lishi mumkin.
Tashxis EKG ma’lumotlari bo‘yicha, miokard gipertrofiyasi alomatlari (gipertoniya kasaligiga qarang) aniqlanganda, taxminlanadi va ExoKG yordamida verifikatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |