27.4. ASOSIY VA KARDANLI UZATMALARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH Kardanli va asosiy uzatmalarni nazoratdan o'tkazish avtomobil harakatlanganda amalga oshiriladi. Bunda, transmissiyada aylantiruvchi moment uzatish rejimi tortishdan tormozlanishga yoki aksincha, o'zgar-ganda, begona shovqinlar va taqillashlar kuzatilmasligi lozim.
Kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko'rsatishda kardanli birikma flaneslarining mahkamlanishi tekshiriladi va tortib qo'yiladi. Xizmat ko'rsatish grafigiga qarab kardan sharnirlarining podshipniklari va vallarning shlitsali birikmalari moylab qo'yiladi. Buning uchun JNl> I5X, YC-1 va boshqa moy lash materiallari ishlatiladi.
Yengil avtomobillarda kardan sharnirlar transmission moyda, Litol-24 plastik moylash materialida yoki tayyorlovchi zavod ko'rsatmalariga mos keladigan boshqa materiallarda moylanadi. Moyni kardan chorbar-mog'iga maxsus shprits yordamida moydon orqali o'tkazish klapanida yoki chorbarmoq turumlari podshipniklarining salniklari ostida moy paydo bo'lguncha yuboriladi. Agar avtomobilga moy to'ldirilishi nazarda tutilmagan kardan sharnirlar o'rnatilgan bo'lsa, u holda moylash ishlari faqat qismlarga ajratilganda amalga oshiriladi.
Yuk avtomobillaridagi kardan vallarining oraliq tayanchidagi podshipniklar ham plastik materiallarda moylanadi. Ularni salnik oboymasida (TA3-53) yoki podshipnik qopqog'ida (3HJI-130) joylash-gan press-moydon orqali yuboriladi.
Yetaklovchi ko'prik karteridagi moy sathi 2-TXK da tekshiriladi va moy quyish teshigining qirrasigacha to'ldiriladi. Moyni to'liq almashtirish, moylash xaritasiga muvofiq va ish mavsumi o'zgarganda amalga oshiriladi. Yetaklovchi ko'prik karteridagi moyni almashtirish jarayoni ham transmissiyaning boshqa agregatlari uchun qabul qilingan texnolo-giya asosida bajariladi.
Agar asosiy uzatmadagi yetaklovchi shesternaning ilashishidagi bo'ylama tirqishi ruxsat etilgan qiymatdan orta boshlasa, u holda konussimon podshipniklar rostlanadi. Buning uchun kardan val flanesi ajratiladi, yarim o'qlar sug'uriladi, asosiy uzatma karterini mahkam-lovchi boltlar bo'shatiladi va yetaklovchi shesterna yig'ilgan holatida sug'urib olinadi. Yetaklovchi shesterna stakani tiskiga o'rnatiladi, mahkamlash uzeli qismlarga ajratiladi va podshipnik ostidagi qistirma-larning qalinligi o'zgartiriladi. Shundan keyin podshipniklar gayka vositasida sirib tortiladi va tortish darajasini dinamometrda tekshirgan holda uzel qayta yig'iladi. Asosiy uzatma shesternalarining ilashishidagi tutashishi va yon tirqish faqat detallar almashtirilganda (podshipniklar haddan ziyod yeyilganda), ya'ni asosiy uzatma ta'mirlanganda rostlanadi.