Karblratorli dvigatellarning ta'minlash tizimidagi asosiy nosozliklar va unga texnik xizmat ko'rsatish



Download 2,29 Mb.
Sana16.03.2022
Hajmi2,29 Mb.
#494112
Bog'liq
KARBLRATORLI DVIGATELLARNING TA


KARBLRATORLI DVIGATELLARNING TA'MINLASH TIZIMIDAGI ASOSIY NOSOZLIKLAR VA UNGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH


Asosiy nosozliklar. Ular, odatda, karburatordagi dozalovchi tizimning ishlashi buzilganda namoyon bo'ladi. Buning natijasida karburator haddan ziyod quyuq yoki suyuq aralashma tayyorlaydi, ular yonganda dvigatel to'la quvvatga erisha olmaydi, benzinni ortiqcha sarf qiladi va ishlatilgan gazlar bilan birga ko'plab zaharli (zararli) moddalarni ham chiqaradi.
Karburatorda aralashmaning dozalanishi haddan ziyod buzilganda dvigatel kuchli paqillashlar ("o'q otishlar") bilan ishlaydi. Bu hodisa aralashma o'ta suyuqlashganda karburatorda, o'ta quyuqlashganda shovqinso'ndirgichda sodir bo'ladi. Dvigatelni ortiqcha qizib kyetishi ham, uning o'ta suyuqlashgan aralashmada ishlashining alomatidir. Aralashma o'ta quyuqdashib ketganda ishlatilgan gazlar qoramtir tusga kiradi. Karburatorga o'tkazish layoqatligi mos kelmagan jiklyorlar-ningo'rnatilishi, karburator nosozligini kcng tarqalgan sabablaridandir.
Aralashmani o'ta quyuqlashib kyetishining sabablari - qalqi kame-rasidagi yonilg'i sathining balandligi, jiklyorlarni bo'shab ketishi vatushib qolishi, havo jiklyorlarini qatron bosishi, ekanomayzer klapan-larida germetiklikning yo'qolishi va uning yuritmasidagi rostlanishning buzilishi hamda havo zaslonkasini to'la ochilmasligidir. Aralashmani o'ta suyuqlashib ketishi benzin berish kamayganda ham, karburator va kiritish quvuryo'lini silindrlar kallagiga mahkamlangan joylaridan havo surilganda ham sodir bo'ladi. Benzinni karburatorga kam berilishi, haydash nasosining" diafragmasini shikastlanishi yoki uning klapanlarini zich yopishmasligi, yonilg'i naychalarini shtutserlarga zich mahkam-lanmaganligi, qalqi kamerasidagi benzin sathining pastligi oqibatida ham aralashma оЧа suyuqdashib ketadi. Filtrlar va yonilg'i naychalarini kirlanishi, benzin baki qopqog'idagi havo klapanini berkilib qolishi ham aralashmani оЧа suyuqlashib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
Aralashmani ortiqcha quyuqlanishi silindr-porshen guruhining yeyilishini tezlashtirib yuboradi, ayniqsa, havo filtridan o4ayotgan havoning yaxshi tozalanmasligi oqibatida dvigatelning yeyilishi juda ko'payib ketadi.
Karburatorni chuqur diagnostika qilishni НИИАТ-489М rusumli motorsiz uskunada o4kazish mumkin. Bu uskuna, karburator aralashmaning zarur miqdorini ta'minlay oladimi yoki yo'qmi, shuni tekshirishga imkon beradi.
Texnik xizmat ko'rsatish. Kundalik xizmat ко 'rsatishda e4iborni benzin oqish-oqmasligiga qaratib, ta'minlash tizimi ko4ib chiqiladi. Avtomobil havoda chang miqdori ko'p bo'lgan yo'llarda ishlatilganda, havo filtri tozalanadi. Bakdagi benzin sathi tekshiriladi va zarur bo'lsa benzin quyiladi.
1-TXKda ta'minlash tizimidagi barcha asboblarning holati va ularning birikmalarini germetikligi ko4ib chiqiladi, topilgan nosozliklar bartaraf etiladi.
2-TXKda tizimdagi asboblar va agregatlarning avtomobilga (dvigatelga) mahkamlanishi hamda ularning detallarini o'zaro mustahkamlanishi, havo zaslonkasi va drossel yuritmalarining (to'la ochilishi va yopilishi) to'g'ri ishlashi tekshiriladi. Yonilg'i va havo filtrlari bo'yicha zarur profilaktik ishlar o'tkaziladi, benzin nasosini dvigateldan yechmasdan, uning ishlashi НИИАТ (527B rusumli) asbobi yoki manometr yordamida tekshiriladi, qalqi kamerasidagi yonilg'i sathi va dvigatelning oson yurgazilishi hamda ishlashi ham tekshiriladi. Zarurat bo'lganda karburator salt ishlash rejimida, ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidining miqdorini nazorat qilgan holda rostlanadi.
Havo filtriga xizmat ko'rsatish moy vannasidagi moyni almashtirish, filtrlovchi elementni yuvish va uning dvigatelga mahkamlanishini tekshirishdan iborat. Filtrlovchi element yuviladi, so'ng toza moyga botirib qo'yiladi, u yerdan olib moy oqib bo'lguncha kutiladi va o'z o'rniga qo'yiladi. Filtr korpusining ichki tomoni kirlardan, moydan va cho'kindilardan obdon tozalanadi. Filtr vannasiga dvigatel uchun mo'ljallangan moy (toza yoki ishlatilg'an) quyiladi.
Yonilg'ini dag'al tozalovchi filtrdan davriy ravishda kir va suv cho'kindilarini to'kib turish, filtrlovchi elementni esa benzin yoki asetonda yuvib, siqilgan havo bilan purkash kerak. Filtrlovchi elementni qismlarga ajratish tavsiya etilmaydi.
Mayin tozalash filtridagi filtrlovchi elementni olish uchun quloqli gaykani bo'shatiladi va tindirgich bilan birga filtrlovchi element yechib olinadi. Tindirgich kirlardan va cho'kindilardan tozalanadi, filtrlovchi element yuviladi. So'ng siqilgan havo bilan purkaladi.
Karburatorlarni qismlarga ajratganda qistirmalar va detallarga zarar yetmasligi uchun ehtiyot bo'lish zarur. Jiklyorlar, klapanlar, ignalar va kanallar toza kerosinda yoki etillanmagan benzinda yuviladi. Bu ishlarni havosi so'rib turiladigan postlarda yoki shkaflarda bajariladi. Karbura­tor korpusidagi kanallar va jiklyorlar yuvilgandan so'ng, siqilgan havo bilan purkaladi. Jiklyorlar, kanallar va teshiklarni tozalash uchun qattiqsim yoki boshqa qandaydir metall buyumlar ishlatish mumkin emas. Shuningdek, yig'ilgan karburatorni benzin beriladigan shtutser yoki balansirlash teshiklari orqali, siqilgan havo bilan purkashga yo'l qo'yilmaydi, chunki bu, qalqini shikastlanishiga olib keladi.
Karburator detallarini qatronlardan tozalash uchun ularni bir necha daqiqa erituvchi suyuqlikka (aseton, benzol) solib qo'yish kerak. Shundan so'ng, detallar ho'llangan toza latta bilan obdon artiladi.
Karburatorning qalqi kamerasidagi berkituvchi ignada zichlovchi shayba bo'lsa, bu shaybani ignadan yechish ham, uni benzin va kerosindan tashqari boshqa erituvchilarda yuvish ham tavsiya etilmaydi. Qalqi kamerasidagi benzin sathi, avtomobilni gorizontal maydonchaga qo'yib, dvig'ateli ishlamay turganda tekshiriladi.
ЗИЛ-130 dvigateliga o'rnatiladigan K-88A karburatorida, ekono-mayzer qudug'ining pastki qismidagi tiqin bo'shatib olinadi hamda uning o'rniga rezina shlangi va shisha naychasi (4) (25.19-chizma, b) bo'lg'an oraliq o'tkazgich qotiriladi. Naychani vertikal joylashtirib, yonilg'i nasosidagi qo'lda ishlatiladigan richagdan foydalanib qalqi kamerasiga benzin haydaladi. Benzin sathi, karburatorning yuqorigi va o'rta qismi ajraladigan tekislikdan 18-19 mm baland bo'lishi lozim.
Zarur bo'lganda benzin sathi qalqi richagini egish orqali yokiKarbyuratorlarning qalqi kameralaridagi benzin sathini tekshirish va rostlash shakli:


karburatordagi ignasimon klapan korpusining ostidagi qistirmalar miqdorini o'zgartirib rostlanadi.
3M3-53 dvigatellariga o'rnatiladigan K-126B karburatorida, qalqi kamerasidagi yonilg'i sathi ko'rish oynasi (3) (25.19-chizma, a) orqali nazorat qilinadi. Yonilg'i sathi karburatorning yuqorigi va o'rta qismi ajraladigan tekislikdan 19-21 mm pastda bo'lishi kerak. Yonilg'i sathini rostlash uchun qalqi richagidagi til egiladi.
ДААЗ karburatorlarining qalqi kamerasidagi benzin sathini rostlashda (25.19-chizma, d), qalqi tili zoldir va ignaga (2) (hali uni botirmasdan) tekkan chog'ida, qalqining (1) yuqorigi sirti bilan qistirma orasiga tavsiya etilgan A tirqishni qo'yish kerak. Bu ishni karburator qopqog'idagi shtutserni (5) vertikal (25.19-chizma, d) shaklda ko'rsa-tilgandek holatda bajarish qulay. A o'lchamni aniqlashda (odatda 6,5 mm) andazalardan foydalanish tavsiya etiladi. Rostlashni qalqi tilini egish orqali amalga oshirish lozim, bunda tilni ignasimon klapan (2) o'qiga perpendikular bo'lishi kuzatib turiladi. Shu bilan bir paytda qalqi yo'lini ham tekshirish zarur, sababi, bu yo'l 8 mm ga teng bo'lishi kerak. Zarurat bo'lsa, shunga taalluqli tiraklar holati o'zgartiriladi.
Ninasimon klapanning germetikligini yetarlicha aniqlik bilan, dvigateldan yechib olingan karburatorda yoki alohida uning qopqog'ida, rezina nok (grusha) yordamida tekshirib ko'rish mumkin. Agar nok yordamida shtutserda siyraklanish hosil qilingandan so'ng, taxminan 15 soniya (sekund) mobaynida nokni ezilgan shakli o'zgarmasa kla­
panning germetikligi yetarli deb hisoblanadi. Bunda albatta, qalqi tomo-nidan klapanning so'rilishini va o'rindig'iga bosib turilishini kuzatib borish zarur. Germetiklikni yana ham aniqroq tekshirishni maxsus vakuumli asbobda bajarish mumkin.


Jiklyorlarning o'tkazish layoqatligini tekshirish alohida asbob (25.20-chizma) yordamida amalga oshiriladi. Bu asbobda, tazyiqi (bosimi) bir metr bo'lgan suvni bir daqiqa mobaynida jiklyordan oqib o'tgan miqdori o'lchanadi.
Harorati 20°C bo'lgan suv siqilgan havo bosimi ta'sirida naycha (7) orqali pastki bakchadan (1), qalqili kameraga (11) tutashtirilgan yuqorigi bakchaga (10) oqib o'tadi. Qalqili kameradan suv naycha (12) orqali o'tib, adapterga (17) va metrli tazyiq naychasiga (8) kirib keladi. Jiklyor, tekshi­rish uchun krandan (18) keyin, uyaga (3) o'rnatiladi, nazorat qilish uchun esa qo'z-g'aluvchan shtangadan (6) foydalaniladi. Kranlar (2 va 18) ochiladi. Jiklyordan oqib chiqayotgan suv oqimi ostiga menzurka (5) qo'yiladi va sekundomer (soniyalarni o'lchash asbobi) yordamida jiklyorning o'tkazish layoqatligi, ya'ni bir daqiqa mo­baynida menzurkaga oqib tushgan suv miqdori aniqlanadi.
Ushbu asbob qalqi kamerasidagi ber-kituvchi ignasimon klapanni ham ger­metikligini tekshirishga imkon beradi. Buning uchun klapan, uyaga (14) o'rnati­ladi. Naychani (13) pastga tomon siljitil-ganda klapan ostida siyraklanish hosil bo'ladi. Agarda, 30 s (soniya) mobaynida suv sathini shkala (15) bo'ylab pasayishi 40 mm. dan oshmasa, klapanning germe­tikligi qoniqarli deb hisoblanadi.
Dvigatel salt ishlayotganda karbura-torni rostlashishlari, qizdirilgan hamda o't
oldirish tarmog'i soz bo'lgan dvigatelda o'tkaziladi. Drossel zaslonkalari birin-ketin ochiladigan karburatorlarda (yengil avtomobil dvigatellarida qo'llaniladigan) drossel zaslonkasining vinti (miqdor vinti) yordamida tirsakli valning aylanishlar chastotasini kamaytirishga, aralashmaning sifatini o'zgartiruvchi vint yordamida esa - yuqori darajada (maksimal) ko'paytirishga harakat qilinadi. Bunday rostlashning asosiy kamchiligi shundaki, sifat vinti yordamida aralashma quyuqlashtiriladi, oqibatda bu aralashma yonganda ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidining miq-dori belgilangan me'yordan ortiqcha bo'lishi mumkin.
Shu boisdan salt ishlash tizimini rostlashda, ishlatilgan gazlarni tahlil etadigan gaz analizatoridan foydalanish lozim. Sifat vinti bilan ushbu dvigatel uchun tavsiya etilgan tirsakli valning aylanishlar chastotasi o'rnatiladi va 10-30 s (soniya) o'tgandan so'ng ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidining miqdori qayd etiladi. Shundan keyin ehtiyotlik bilan sifat vinti 1/2 marta, so'ng 1/4 va 1/8 marta, toki uglerod oksidining miqdori talab etiladigan qiymatga kamayguncha aylantiriladi. So'ng, miqdor vinti yordamida aylanishlar chastotasining tavsiya etilgan qiymati tiklanadi. Agar uglerod oksidining miqdori yana me'yordan ortiq bo'lsa yoki aralashmaning suyuqlanishi oqibatida dvigatel notekis ishlasa, u holda, bir paytning o'zida, ham kerakli aylanishlar chasto-tasiga, ham uglerod oksidining talab etilgan miqdoriga erishgunga qadar barcha operatsiyalar qaytariladi.


Yuk avtomobillarining dvigatellarida, drossel zaslonkalari parallel ochiladigan va ikkita sifat vinti bo'lgan karburatorlar ishlatiladi (25.21-chizma). Ular quyidagi tartibda rostlanadi: miqdor vintini (1) burab, tirsakli valning zavod tomonidan tavsiya etilgan aylanishlar chastotasi o'rnatiladi (taxometrga qarab); sifat vintlaridan (2) birini burab, dvigatel
notekis ishlay boshlangunga qadar, aralashma suyuqlash-tiriladi; sifat vintlaridan (2) ikkinchisini ohista (bir necha marta) burab, ishlatilgan gaz­lardagi uglerod oksidi me'yor-dai past darajaga keltiriladi; sifat vintlaridan birinchisini burab, aylanishlar chastotasi belgilangan me'yorga yetkazi-ladi. ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidi esa me'yordan ancha past boiadi. Zarurat
bo'lsa, sifat vintlaridan ikkinchisi yana rostlanadi.
Salt ishlash tizimini rostlab bo'lgandan so'ng, yaxshi qizdi-rilgan dvigatelning maqbul ishla-shini, drossellarni ham sekin, ham tez ochib ko'rib, shuningdek, avto­mobil keskin tezlanish bilan hara-katlanganda tekshirib ko'riladi. Shunda salt ishlashdan yuklanish 25.22-chivna. ГАИ-1 gaz analizatori. bilan ishlashga o'tilganda uzi-
lishlar, karburatorda "yo'talishlar" va paqillashlar kuzatilmasligi lozim. Benzinni purkab beruvchi apparatura bilan jihozlangan dvigatellarni diagnostika qilish hamda rostlash uchun maxsus elektronli kompleks va o'ziga xos sinov jihozlari ishlatiladi.


Ishlatilgan gazlarning zaharliligini gaz analizatorlaridan (masalan. ГАИ-1 yoki И-СО kabi) foydalanib, (25.22-chizma), salt ishlashda tekshiriladi. Sinov ishlari GOST 17.2.2.03.-87 da bayon etilgan qoidalar bo'yicha amalga oshiriladi. O'lchashdan oldin dvigatel bir daqiqadan kam bo'lmagan vaqt mobaynida, tekshiriladigan rejimda ishlab turishi kerak. Gaz olish moslamasi ( gaz olgich) chiqarish quvurining oxiridan, 300 mm ichkariga kirgaziladi. Gaz asbob korpusiga joylashtirilgan nasos yordamida so'riladi va filtrdan o'tib, o'lchash blokiga kirib keladi.
Gazlar taxlili salt ishlashdagi barqaror minimal aylanishlar chasto-tasida va nominal aylanshnlar chastotasining 0,8 qismiga teng qiymatda o'tkaziladi. Birinchi holatda CO miqdori hajm bo'yicha 1,5 foizdan, ikkinchi holatda 2,0 foizdan oshmasligi kerak.
Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish