Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari


-rasm. Talab va taklif egri chizig‘i (narxning bozordagi tovarning



Download 67,15 Kb.
bet3/4
Sana26.02.2022
Hajmi67,15 Kb.
#472987
1   2   3   4
Bog'liq
Kapital qurilishda bozor munosabatlarini shakllantirishning tashkiliy

2.1-rasm. Talab va taklif egri chizig‘i (narxning bozordagi tovarning 

miqdoriga bog‘liqligi) 
Jahon tajribasidan ma’lumki, bozor iqtisodiyoti ishlab chiqaruvchi va 

iste’molchiga erkinlik beribgina qolmay, balki mulkchilikni mustahkamlaydi, 


farovonlik va taraqqiyot uchun zamin yaratadi, ammo u yoki bu darajada muqarrar 
ravishda mulkiy tabaqalanishga olib keladi, buni esa ko‘pchilik adolatsizlik deb 
tushunadi. Bunday qarashlarning ildizi XIX asrlarga, sotsialist-utopistlarga - Grey, 
Prudon, Rodbertuslarga borib taqaladi, dialektik va tarixiy materializm falsafasini, 
K.Marks bilan birgalikda esa ilmiy kommunizm nazariyasini yaratgan F.Engels 
ularni o‘z asarlarida shunday birlashtirgan edi. 
Masalan, agar Rodbertusning qarashlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u bozor 
munosabatlarining o‘rniga mahsulotlarni maxsus kvitansiyalar asosida taqsimlashni, 
bu kvitansiyada esa har bir kishining qancha mehnat sarflagani ko‘rsatilishini taklif 
etgan edi. U bunday kvitansiyalarni “ishchi pullar” deb atagan edi. Bunda mehnat 
o‘lchovi sifatida oddiy ish vaqti qabul qilingan bo‘lib, uning samaradorligi, ish 
sharoitlari, foydalaniladigan asbob-uskunalarning xarakteri esa hisobga olinmagan. 
Masalan, agar mahsulotni o‘rtacha sharoitlarda bir kunda tayyorlash mumkin bo‘lsa, 
ammo uni ishlab chiqarishga o‘n kun ketsa, Rodbertusning fikricha, buning 
ahamiyati yo‘q bo‘lib, kvitansiya o‘n kunlik mehnat uchun berilaveradi. Buning 
ustiga, Rodbertus ishlab chiqarilgan mahsulotga talab bormi, yo‘qmi, ular ortiqcha 
ishlab chiqarilganmi - buning ham farqi yo‘q, mehnat qilingan bo‘lsa bo‘ldi, qancha 
mehnat qilinsa, shuncha kunlar, soatlar, minutlar uchun kvitansiya berilishi kerak, 
deb hisoblagan. Uning uchun eng muhimi - hisobga olish va nazorat qilish bo‘lgan. 
Uning fikricha, davlat barcha mehnat sarflarini oldindan hisobga olib, har qanday 
tovarning qiymati va miqdorini hech qanday bozorsiz, hatto kelgusi besh yilga 
aniqlab qo‘yadi. Hamma narsa aniq bo‘lishi, mehnatning esa har bir minuti hisobga 

olinishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda, kvitansiyalarning summasi mahsulotlarning 


summasiga to‘g‘ri kelishi, har bir soat mehnat uchun bir xil kvitansiya berilishi 
kerak. 
Bu sizga tanish tuyulmayaptimi? Bu sotsialistik iqtisodiyot va yoppasiga 

rejalashtirish davridagi tenglashtirish mafkurasining qarashini eslatmayaptimi? 


O‘sha paytlarda ham besh yillik rejalar tuzilib, ularda barcha ishlab chiqariladigan 
tovarlar “o‘sib borayotgan ehtiyojlarimizni qondirish uchun” avvaldan belgilab 
olinardi. Izohga hojat yo‘q. Hohlaymizmi, yo‘qmi - ammo rejali iqtisodiyot uchun 
aynan shu boshqaruv mafkurasi qabul qilingan edi. Rodbertus ham aynan sinchiklab 
rejalashtirish, nazorat va hisob-kitobni yoqlab chiqqan. 
Shunday qilib, bozorni inkor qilish va “adolat” uchun, taqsimotdagi 
tenglashtirish uchun kurashishning ildizlari ilk sotsialistlarning utopik (xayoliy) 
mafkurasiga borib taqaladi. Bugun biz rejali iqtisodiyotning vaqt sinovidan 
o‘tmaganligiga, sobiq sotsialistik respublikalarning bozor iqtisodiyoti yo‘lini 
tanlaganliklariga guvohmiz. 
Tahlillarning 
ko‘rsatishicha, hozirgi kunda yer qurrasida bozor 
iqtisodiyotidan boshqa tizimda bo‘lib, rivojlanib borayotgan birorta davlat yo‘q, 
ya’ni bozorsiz boy mamakat yo‘q. Tarixning g‘oyatda qimmatga tushgan sof 
tajribasidan ma’lumki, Germaniya, Koreya va Xitoy kabi mamlakatlarni ikkiga 
bo‘lib, birida bozor iqtisodiyoti, ikkinchisida taqsimot (ya’ni rejali) iqtisodiyotni 
joriy qilingani achinarli oqibatlarga olib keldi. Chetdan qaraganda bir millatga 
mansub, bir xil odamlar, yer ham, tabiiy sharoitlar ham bir xil, ammo natijalar 
mutlaqo har xil. Shundan kelib chiqqan holda, totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyoti bilan bozor iqtisodiyotini yana taqqoslashga, bu munozarani davom 
ettirishga yana biror asos bormi? 
Ammo bozor iqtisodiyotida farovonlik va taraqqiyot o‘z-o‘zidan, avtomatik 
ravishda vujudga kelib qolar ekan, degan fikr yuzaga kelmasligi uchun aytib o‘tish 
kerakki, bozor va umuman bozor iqtisodiyoti - bu “ochil dasturxon” emas. U insoniy 
funksiyalarni bajarmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyoti hech qachon inkor 
qilinmagan, ta’qib qilinmagan o‘nlab davlatlarni misol qilib keltirish mumkinki, 
ularda xalqning turmush darajasi va iqtisodiy ko‘rsatkichlari aytarlik yuqori emas. 
Demak, bozor farovonlik va taraqqiyot uchun zaruriy shart bo‘lsa ham, ammo yetarli 
shart emas ekan. Bozor iqtisodiyoti faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun 
kamida ikki shart - mehnatsevar aholi va tegishli davlat boshqaruvi kerak bo‘ladi.
Davlat bozori va bozor munosabatlarining muhimligini Gelbrayd



Download 67,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish