Stavka foizi – yillik to'lovning hozirgi davrdagi muddatsiz olingan kapital qiymatiga nisbatini foiz hisobidagi miqdoridir. Faraz: 100 dollar miqdorida muddatsiz qarz beriladi, bunda kapital egasiga yillik to'liq miqdori 5 dollarga teng. Unda stavka foizi 5% bo'ladi. Stavka foizlari real va nominal stavka foizlariga bo'linadi. Real stavka foizi – investitsiyalarning hisobiga xarid qilinadigan tovarlar miqdorining qaytimini ko'rsatadi. Nominal stavka foizi – bugun dollar investitsiya qilinsa, kelajakda qancha ko'p dollar olishni ko'rsatadi. Bu yerda ko'proq hozirgi va kelasi davrdagi bir xil miqdordagi dollarga qancha narsa xarid qilish mumkinligi qiziq. Ya'ni ko'proq nominal stavka foizi emas, real stavka foizi qiziqroa.
Do'stlaringiz bilan baham: |