Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u o'zini qayta takror ishlab chiqarada, ya'ni u ishlatilishi davomida o'z qiymatini ma'lum qismini mahsulot qiymatiga o'tkazadi. Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma'naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish – bu kapitalning vaqt o'tishi bilan ishga yaroqsiz bo'lishi bo'lsa, ma'naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya'ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi yoki umuman barcha ko'rsatkichlari bo'yicha ( mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) ya'ni uskunadan orada qolganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |