Kapital, fondlar va moliyaviy natijalar hisobi



Download 317,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana03.06.2022
Hajmi317,42 Kb.
#632019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 бух сиртки (1)

MAVZU: 

XARAJATLAR HISOBI

 
 
Maqsad:
Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillar
i
ni 
talabalarga o’rgatish.
 
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 2002 y. 
9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 1996 y. 
30 avgust.
3.
Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 g. 
Ishning mazmuni: 
1. Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Xarajatlar 
hisobining 
maqsadi 
xo’jalik 
yurituvchi 
subyektning 
moliyaviyxo’jalik faoliyati davomida yuz bergan xarajatlarni amaldagi qonunchilik 
talablaridan kelib chiqqan holda to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, hamda axborot 
foydalanuvchilariga o’z vaqtida, to’liq hamda aniq axborot yetkazib berishdir. 
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda korxona xarajatlari bo’yicha buxgalteriya 
hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
xarajatlarni ularning 
mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; korxona 
xarajatlarini to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish; korxona xarajatlari harakati 


to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish; korxona xarajatlarini 
to’g’ri, o’z vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
korxona xarajatlari bo’yicha hisob ma’lumotlarining va hisobot ma’lumotlarining 
to’liq uyg’unligini ta’minlash; kelgusi davr va muddati uzaytirilgan xarajatlarni 
to’g’ri va o’z vaqtida sotish tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyatga doir 
xarajatlarga kiritish; 
tugallanmagan ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan 
xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, ularni belgilangan muddatlarda 
qayta ro’yxatdan o’tkazish (investitsiya qilish) va sotish tannarxiga to’g’ri 
kiritilishini ta’minlash; sotish tannarxining, davr xarajatlarining oshib ketishiga 
sabab bo’luvchi noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini 
topish, bunday chiqimlarga yo’l qo’ymaslik uchun mas’ul shaxslar faoliyatini 
doimiy nazorat qilish; 
mavjud zahiralar va vositalardan unumli foydalanish 
ustidan nazorat o’rnatish; xarajatlarni soliq solish bazasi obyekti sifatida to’g’ri 
shakllantirish; xarajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan 
boshlab tan olish va tegishli schotlarda aks ettirish; 
xarajatlarni moliyaviy 
hisobotda to’g’ri aks ettirish va boshqalar. Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona 
xo’jalik faoliyati davomida xarajatlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga rioya qilishi ustidan nazorat o’rnatish, xarajatlarga oid salbiy 
holatlarning oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki 
xo’jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur. Shu o’rinda shuni ta’kidlash 
joizki, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida buxgalteriya hisobining 
vazifalariga yana bir necha vazifalar qo’shish bizning fikrimizcha to’g’ri bo’ladi, bu 
vazifalar taxminan quyidagilar: korxonaning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi 
choralar dasturini ishlab chiqishga yordam berish; ushbu moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozga qarshi choralar dasturi va prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida 
belgilab qo’yilgan vazifalarning bajarilishini tahlil qilib borish, monitoringlar 
o’tkazish va hokazolar. Ayrim adabiyotlarda fanning vazifasi bilan funksiyasi bir 
narsani ifodalaydi deyilsa, ayrim adabiyotlarda esa bu ikki tushuncha turli xil 
narsani ifodalaydi deyiladi. Bizning fikrimizcha ham ikkinchi mulohaza to’g’ri. 
Chunki fanning vazifasi doimiylik xarakteriga ega bo’lmaydi va mavjud holat, talab 
hamda o’rganish obyektidan kelib chiqib o’zgarishi mumkin, funksiya esa doimiylik 
xarakteriga ega bo’lib, o’zgarmaydi. Xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya 
hisobi nazoratining uchta turi amalga oshiriladi: 1) dastlabki nazorat – xo’jalik 
muomalasi sodir bo’lgungacha; 2) joriy nazorat – xo’jalik muomalasini amalga 
oshirish; 3) keying nazorat – muomala sodir bo’lganidan so’ngi. Xarajatlarni nazorat 
qilish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: mahsulot ishlab chiqarish 
uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni shakllantirish va ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar tannarxini hisoblash; 7 R.D.Do’stmurodov. buxgalteriya hisobi 
nazariyasi. T.: “Yangi paligraph servis” – 2007 Xarajatlar hisobi bo’yicha 
buxgalteriya hisobining funksiyalari Axborot funksiyasi Uzviy aloqa funksiyasi 
Nazorat funksiyasi Tahliliy funksiyasi 
realizatsiya qilingan mahsulotlarning 
tannarxini shakllantirish; turli xarajatlar smetalarini bajarilishi (masalan, vakillik 


xarajatlari, tijorat va reklama xarajatlari); mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya 
qilish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirish; shubhali qarzlar bo’yicha rezervlar 
va boshqa maxsus fondlarni yaratish hamda ularning ishlatilishi va boshqalar. 3. 
Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobi uzviy aloqa funksiyasini bajaradi, busiz 
boshqaruv tizimining faoliyati ma’nosiz bo’lib qoladi. Buxgalteriya hisobini 
axborot funksiyasi orqali bilamizki, u axborot istemolchilarini xo’jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining turli jabhalarida ro’y bergan, 
berayotgan operatsiyalar to’g’risida ham summaviy, ham qiymat o’lchovida haqiqiy 
ma’lumotlar bilan ta’minlaydi (5-chizma). 5-chizma: Buxgalteriya hisobining 
“uzviy aloqa” funksiyasining paydo bo’lish jarayoni Ko’rsatkichlarning haqiqiy 
miqdorirni aks ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida qaytma aloqadan 
foydalanolgan holda biznes-reja ko’rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, 
smetalar bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat 
o’rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi.ishlab chiqarish imkoniyatlari va 
ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi. Buxgalteriyan hisobi 
tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har qanday darajada ta’minlay oladi. Boshqa 
hech qanday tizim ushbu vazifani bajara olmaydi. 4. Tahliliy funksiya xo’jalik 
yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini va uning natijalarini tahlil 
qilishdan iborat. Axboratdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy 
axboratlarga asosan xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlari, ularning 
samaradorligi (rentabilligi) va hokazolar to’g’risida zarur ma’lumotlar olishga 
intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslarning Boshqaruv obyektlari:
Xarajatlar va moliyaviyxo’jalik faoliyatlari Ma’lumotlarni yig’ish Ma’lumotlarni 
ro’yxatga olish Ma’lumotlarni bir tizimga keltirish Qaror qa’bul qiluvchi shaxs 
Qaror barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari , 
uning tarkibi va shunga o’xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy 
ko’rsatkichlar reja, normativ, smeta, bazis davr ko’rsatkichlari bilan taqqoslanib, 
tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini 
tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliyaviy-xo’jalik 
faoliyatini prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati 
beqiyosdir. O’zR ning “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi qonunning 6-moddasiga 
va buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS) lariga muvofiq xarajatlarni tan olish 
va hisobini yuritishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin (2-jadval). 2-jadval
Xarajatlarni tan olish va hisobini yuritishning tamoyillari № Tamoyilning nomi 
Xarajatlar hisobi bo’yicha qo’llanilishi 1. Ikki yoqlama yozuv usuli bilan hisob 
yuritish Bu tamoyilning ma’nosi shundan iboratki yuz bergan operatsiyaning 
summasini bir vaqtning o’zida ikki schotda, ya’ni bir schotning debetida va 
ikkinchisining kreditida aks ettirilishini bildiradi. 2. Uzluksizlik Bu tamoyil 
korxonaning doimo harakatdagi subyekt, ya’ni o’z faoliyatini kelgusida davom 
ettiruvchi va rivojlantiruvchi subyekt sifatida qaraydi. Shunga ko’ra, xarajatlar ham 
uzluksiz hisobga olib boriladi. 3. Pulda ifodalash Bu tamoyil yuz bergan xarajatlarni 
milliy valutada, ya’ni so’m va tiyinlarda aks ettirishni bildiradi. 4. Aniqlilik Bu 
tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir xarajat summasining qat’iy hujjatli asosga ega 
bo’lishligini bildiradi. 5. Hisoblash Bu tamoyil xarajatlarni yuz bergan vaqtiga ko’ra 
tan olishni va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya hisobida va hisobotda aks 


ettirishni bildiradi. 6. Ehtiyotkorlik (konservatizm) Bu tamoyil korxona 
hisobotlarida xarjatlarni ko’p (kam) qilib ko’rsatmaslikni ifodalaydi. Bu tamoyilni 
qo’llash yashirin rezervlarni vujudga keltirish, biron bir maqsadda xarajatlarni 
ko’paytirib (kamaytirib) ko’rsatish huquqini bermaydi. 7. Taqqoslamalik 
Xarajatlarni ifodalovchi hisobotlar foydali va mazmunli bo’lishi uchun u turli 
hisobot davrlaridagi axborotlar bilan qiyoslanadigan bo’lish kerak. Hisobotdan 
foydalanuvchilar ushbu hisobot qaysi usullarga, tamoyillarga muvofgiq 
tuzilganligini bilishi lozim. Agar o’tgan davrdagi hisobot ko’rsatkichlari bilan joriy 
hisobot davridagi hisobot o’rtsida farq bo’lsa o’tgan davr hisobotini ham qaytadan 
tasniflash lozim, agar tasniflashning (o’zgartirishning) iloji bo’lmasa ushbu qismda 
tushuntirishlar, yoxud xarakteri ochib berilishi lozim. 8. Neytrallik Bu tamoyil 
xarajatlarni ifodalovchi hisobotlarni bironta shaxs manfaatlari uchun boshqa bironta 
shaxs zararlari evaziga moslashtirmaslikni bildiradi. 9. Hisobot davri daromadlari 
va xarajatlarining muvofiqligi Bu tamoyil hisobot davri xarajatlariga shu davrda real 
daromad keltirgan qismini kiritishni bildiradi. 10. Tushunarlilik Bu tamoyil 
xarajatlarni ifodalovchi hisobotlarning moddalari axborot foydalanuvchilari uchun 
tushunarli bo’lishligini bildiradi. 11. Yakunlanganlik Bu tamoyil xarajatlar 
to’g’risidagi hisob ma’lumotlarining biron-bir hisobot davri uchun jamlanganligini 
bildiradi. 12. Tezkorlik Bu tamoyil xarajatlar to’g’risidagi hisob ma’lumotlarini va 
hisob siyosatidagi o’zgarishlarni boshqaruv organlariga kerakli muddatlarda va 
hajmda yetkazib berishni bildiradi. Axborotning muhimligi ham nisbiy tushuncha 
bo’lib, u faqatgina o’z vaqtidagina muhim bo’ladi, kechikkan yoki muddatidan oldin 
berilgan axborotning roli pasayadi. 13. Offsetting (moddalarning o’zaro hisobga 
olinishi) Bu tamoyil daromad va xarajatlar moddalari o’zaro hisobga olinishi 
mumkin emasligini bildiradi (BHMS larda bunga ruxsat berilgan yoki talab qilingan 
holatlar bundan mustasno).

Download 317,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish