Gradient va degrade. Ombre uslubida bo’yash texnikasi faqat soch turmaklash san’atidagina qo’llanilmaydi. Hozirgi kunda bir rangdan boshqa rangga turli xil o’tgan matolar juda keng ommalashmoqda. Avval bir rangning yorqin tusidan to’q tusiga yengil o’tishi urfda bo’lgan bo’lsa, endi ombre uchun bir nechta turli ranglar ham ishlatilishi mumkin. Bunday modellar Each x Other va Prabal Gururng kolleksiyalarida uchraydi. Gradient ranglari yorqin va yetarlicha kontrast bo’lishi mumkin.
Lekin yana bir trendbop variant – nafis va pastel ranglardagi ombre ham bor. Bunday usulni Christian Dior, Alberta Ferretti brendlari va boshqalar qo’llashgan (5-rasm).
Tie Dye. O’ralgan va bog’langan ko’rinishda mato bo’yash texnikasi Tie dye – ushbu bahor-yoz mavsumining bosh trendi. Material buklagan holda bo’yalganda, ajoyib ko’rinishdagi naqshlar hosil bo’ladi. Bunday rasmlar 1980-yillar modasida faol qo’llanilgan edi. Biroq,hozirgi kunda bu print “ikkinchi hayoti”ni boshladi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Chunki Tie dye printi ko’plab so’nggi modadagi kolleksiyalarni bezamoqda. Tie dye texnikasidagi naqshlar “klassik uslubda”, ya’ni ikki rangdan iborat bo’ladi. Lekin oxirgi paytlarda uch, hatto to’rt rangli kompozitsiyalarni ham juda ko’plab uchratish mumkin. Tie dyening ko’prangli variantlarini Paco Rabanne, Issey Miyake va boshqa mashhur dizaynerlar o’z kolleksiyalarida taqdim etishdi (6-rasm).
2019-2020 yil dizaynerlik printlari ayniqsa ommabop bo’ladi [33].
Dizaynerlar birmuncha vaqt yovvoyi, qo’pol printlardan qochishni tavsiya etishadi, chunki bu mavsumda yengillik va har tomonlama nafislik urfda bo’ladi.
Matolar bo’yicha esa mavsum trendi – ipak matosidir. Yoz mavsumi uchun eng mos tushadigan mato ipakdir. Tolalarning ajoyib tarzda to’qilishi matoga mayin va yengil ko’rinish baxsh etadi. Bu matodan tikilgan buyumlar har qanday uslubda ham o’z nozikligini saqlab qoladi. 2019-2020 yillar bahor-yoz mavsumi uchun bu mato eng qimmatbaho hisoblanadi. Oqshom liboslari uchun ham dizaynerlar nozik va yorqin ko’rinishdagi ipak hamda atlas matolarini afzal bilishmoqda [30].
Mislsiz shov-shuvlarga sabab bo’lgan yangi trendlar – obrazni plastik elementlar bilan to’ldirish va baxramali liboslar kiyishdir.
Mavsumning yana bir go’zal va noodatiy trendi – “baliq to’ri”ni eslatuvchi setkali ko’ylaklar va toplardir. Bunday modellar Sonia Rykel, Altuzarra, Louis Vuitton, Dion Lee va boshqa ko’plab brendlarning 2019 bahor-yoz kolleksiyalaridan o’rin olgan (7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |