Kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi



Download 88,1 Kb.
bet3/13
Sana26.04.2022
Hajmi88,1 Kb.
#583003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5217468387906552878

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, badiiy qism, 5 ta rangli eskiz, 5 ta texnik eskiz va 5 ta konfeksion xaritadan, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, 56 bet matn va 19 rasmdan tashkil topgan.



  1. Batik texnikasida mozaika uslubi qo’llanilgan liboslar bo’yicha zamonaviy moda yo’nalishi

Har yili moda o’zgaradi, lekin har bir shaxs so’nggi trendda taklif etilgan obraz va yangiliklarni o’z individual qarashi yordamida tanlaydi. Aynan shunday qarashlar esa moda yaratuvchilarining tavsiyalari orqali shakllantiriladi.
2019-2020 yillar bahor-yoz mavsumida ayollar libosi burmali, assimetrik va erkin bichimdagi elegant hamda noodatiy modellarda namoyon bo’ladi. Ushbu mavsum uchun eng trendbop ayollar libosi jozibador va original ko’ylaklardir. Ayniqsa, A-siluetdagi, to’g’ri va kengaytirilgan variantlarda, to’piqqacha yoki midi uzunliklarda romantik uslubdagi ko’ylaklar urfda.
Nafis ryushalar, drapirovka va oborkalar, baxroma va to’rli detallar, zapax va assimetriya – bularning barchasi 2019-2020 yil ko’ylaklarida mavjud bo’ladi.
2019-2020 yil uchun eng yuqori trenddagi ko’ylaklar sifatida dizaynerlar quyidagilarni taklif etishadi [28]:

  • plissirovkali ko’ylaklar;

  • kroshe-ko’ylaklar (to’qilgan);

  • degrade effekti;

  • yaltiroq ko’ylaklar;

  • tugmali ko’ylaklar;

  • oq rangli ko’ylaklar;

  • burma va qo’sh etaklar;

  • gulli ko’ylaklar;

  • charm ko’ylaklar;

  • “chig’anoq” yengli ko’ylaklar;

  • patli ko’ylaklar;

  • printli ko’ylaklar.

Har mavsumda Pantone ranglar instituti bo’lajak mavsumning rang tendensiyalari bo’yicha o’z hisobotini ishlab chiqadi. Uning 2019-2020 bahor-yoz mavsumi uchun tayyorlangan hisobotidan 12 ta asosiy rang shuningdek, 4 ta klassik neytral ranglar o’rin olgan. Pantone instituti bu mavsum uchun taklif etgan palitraning asosiy qismini issiq ranglar nyuansi: ikkita qizil rang tuslari – Fiesta va Jester Red, ikkita zarg’aldoq – Turmeric va Living Coral, ikkita iliq yashil rang tuslari – Pepper Stem va Terrarium Moss, ikkita sariq – Aspen Gold va Mango Mojito, jigar rang Toffee va qizil rang tusi Pinc Peacoc ranglari tashkil etadi. Faqat qolgan ikkita ranggina sovuq tus beradi, bular: to’q ko’k Princess Blue rangi va pushti Sweet Lilac ranglaridir (1-rasm).
Bu ranglar haqida batafsil to’xtalib o’tamiz:
1. Fiesta. Yorqin va tantanavor qizg’ish-zarg’aldoq Fiesta rangi energiya, entuziazm va albatta ehtiros bilan jilolanadi.
2. Jester Red – “Qizil Joker”. Modabop qizil Jester Red rangi mavsum palitrasiga teranlik va mukammallik baxsh etadi. Elegant va juda jozibador bu rang shu palitradagi birmuncha yorqinroq qizg’ish-zarg’aldoq va istalgan o’simlik ranglari bilan ajoyib kombinatsiya hosil qiladi.
3. Turmeric – Kurkuma. Kurkuma – bu butun palitrani hayot nafasi bilan to’ldirib turuvchi issiq yorqin zarg’aldoq rang. U ilk bahor gullarini eslatadi.
4. Pink Peacock – “Pushti tovus”. Bu yorqin qizil rang tusi. Bir qarashda juda yorqinligi sababli bu rangni kombinatsiyalash ancha murakkabdek tuyulishi mumkin, lekin bu rang butun mavsum uchun yorqin va super-urfdagi aksentga ega.
5. Pepper Stem – “Garmdori poyasi”. Yashil Pepper Stem o’zining sarg’ish-yashil tusida bizning ko’klamga oshiqish ishtiyoqimizni aks ettirgandek, go’yo. Bu o’tsimon-yashil biz bahor palitralarida ko’rishga o’rganib qolgan yashildek yorqin emas, u birmuncha sokin va xolis, shuning uchun ham bu yilgi bahoriy palitradagi qizil hamda zarg’aldoq ranglarning yorqinligi bilan yaxshi moslashadi.
6. Aspen Gold – “Oltin tog’terak”. Tillarang-sariq Aspen Gold xuddi bahoriy issiq quyosh kabi quvonch, tetiklik va yaxshi kayfiyat baxsh etadi.
7. Princess Blue – “Malikalarga xos ko’k”. Pantonening hech bir palitrasi ko’k rangsiz bo’lmaydi. O’tkir va yorqin Princess Blue – bu qirollikka xos jozibador va ulug’vor ko’k rang tusidir. U total-lukda juda yaxshi ko’rinadi va boshqa barcha urfdagi ranglar bilan a’lo darajada moslashadi.
8. Toffee – Toffi. Nafis jigar rang Toffi tusi bu yilgi yozgi palitradagi yorqin ranglar jo’shqinligini biroz yumshatadi.
9. Mango Mojito – Mangoli Moxito. Bu palitradagi yana bir tillarang-sariq tus – Mango Mojito qulaylik va shinamlik baxsh etgan holda o’z iliqligi bilan o’raydi va isitadi.
10. Terrarium Moss – Mox terrarium. Bu aslo bahor va yozgi tipik yashil rang emas, lekin u tabiat go’zalligini ifodalaydi. Uning to’q tusi esa tropik jungle barglarini eslatadi va yorqin rang tuslari uchun ideal xolst bo’la oladi.
11. Sweet Lilac – “Shirin nastarin”. Bu lavanda tusli pushti rang o’zining nafisligi va nazokati bilan o’ziga maftun etadi.
2019-2020 bahor-yoz mavsumi uchun urfdagi ranglarning London palitrasiga Pantone yana ikkita rang: sariq Lemon Verbena va pushti Pressed Rose ranglarini qo’shdi (2-rasm).
1. Lemon Verbena – “Limonli verbena”. Quyoshni eslatuvchi Lemon Verbena turmush tarziga optimizm, quvonch va yengillik baxsh etadi.
2. Pressed Rose – “Quruq atirgul”. Nafis pushti rang tusi Pressed Rose romantika va sentimentalizm bilan to’yingan.
2019-2020 bahor-yoz mavsumi uchun Pantonning neytral ranglar palitrasi (3-rasm):
1. Soybea – “Soya”
2. Eclipse – “Tutilish”
3. Sweet Corn – “Shirin jo’xori”
4. Brown Granite – “Jigarrang granit” [36].
Ranglarni moslashtirishga kelsak, ko’k va pushti ranglarni uyg’unlashtirib kiyish taklif etiladi. Masalan, ko’k rangli rubashka bilan pushti rangdagi shimni kiyish mumkin. Och pushti va oq ranglarning uyg’unligi 2019-2020 yillar modasi uchun judayam mos tushadi.
Ijtimoiy so’rovlar va ilmiy faktlarga asoslanib moda olamida “kelajakni bashorat qiluvchi” WGSN kompaniyaniyasi mutaxassislarining fikriga ko’ra, 2020-yil rangi – neoyalpizrang bo’ladi. WSGN ranglar departamentining direktori Jeyn Monnington Boddi buning uchun asos bo’lgan bir qancha sabablarni keltiradi: birinchidan, bu rang futuristik; ikkinchidan, u tabiiylik va texnologiklikning o’rtasida turadi, ya’ni bu rang bir vaqtning o’zida ham tabiiy, ham sintetik bo’la oladi; uchinchidan, u jins tanlamaydi, uni faqat erkaklar yoki ayollar uchun deb aytish imkonsiz. Shuning uchun ham bu rangni so’nggi moda namoyishlarida mashhur dizaynerlarning ko’plab modellarida uchratish mumkin [25].
2019-2020 yil bahor-yoz mavsumi uchun kontrastlik o’yini (qizil va qora, qora va oq), yorqin va oyinqaroq ranglarning bir tandemda qo’llanilishi (pushti va olovrang, pushti va moviy, qizil va siyohrang) alohida o’ringa ega [37].
2019-2020 yillar bahor-yoz mavsumi uchun aktual printlar va ornamentlar tushirilgan liboslar dunyo bo’ylab eng mashhur moda haftaliklarida ko’plab namoyish etildi. Ayollar modasining mavsum xitlari o’simliksimon, hayvonlar tasviri tushirilgan, 3D, yo’l-yo’l va katakli printlardir (4-rasm).
Shuningdek, 2019-2020 bahor-yoz mavsumida yozuvli, pop-art suratli, logotiplar tasvirlari tushirilgan modellar urfda bo’ladi. Nafaqat yozuv va logotiplar, hatto multfilm qahramonlari, kino, shou-biznes vakillarining original tasvirlari tushirilgan koftalar, maykalar, toplar, futbolkalar ham trendda. Bu mavsum ayollar modasidagi kichik, nafis va kontrast ornamentlar kishini hayratga solidi [35].
2019 yil bahor-yoz mavsumi uchun urfdagi printlar ayollarga xos nafis va romantik ko’rinishga ega bo’ldi. O’tgan mavsumdagi ko’plab trendlar bu mavsumga ham tegishli. Ular orasida yirtqich hayvonlar va ilonlarga xos motivlar, kombinatsiyalangan printlar va pop-art bor. Shuningdek, yangi printlar – ro’molga xos motivlar, degrade effekti, Tie dye, yo’l-yo’l, katak, abstraksiya va Viktorian uslubidagi rasmlardir. Bu printlarning ayrimlari xususida batafsil to’xtalib o’tamiz:
Gullar. 2019-yil bahor-yoz mavsumi modasida “gullar ummoni” paydo bo’ldi. Moychechak, atirgul va ayiqtovon (lyutik)lar trendbop kolleksiyalar matolarini qiyg’os bezadi.

Download 88,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish