Ma`ruza№ 1.
Mavzu: Jismoniy tarbiya jarayonida ta’limni rivojlantirish texnologiyasini
kontseptual asoslari.
Reja
1.Jismoniy tarbiya jarayonida ta’limni rivojlantirish va uning mazmuni
mohiyati.
2. Jismoniy tarbiya jarayonida foydalaniladigan metodlar.
3. Jismoniy tarbiya jarayonida ta’limni rivojlantirish texnologiyasini
kontseptual asoslari.
4. Jismoniy tarbiya jarayonida ta’limni rivojlantirish texnologiyasini
kontseptual asoslarining xususiyatlari.
5. Pedagogik texnologiya tushunchasi haqida ma’lumotlar.
Pedagogik texnologiya haqida tushuncha
Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina ko’plab ishlab
chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo’lib qolmay, balki madaniyat
sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi
axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida
ham.
Pedagogik
texnologiya
deb
odatda
maqsadi
ta’lim
jarayonining
samaradorligini oshirish, ta’limda ko’zlangan natijalarga erishishga bo’lgan
pedagogikaning yo’nalishiga aytiladi (M. Klarin, 1989).
“Pedagogik texnologiya” so’z birligi – bu inglizcha “an educational
technology” – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bo’lmagan tarjimasidir.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda o’qitish nazariyasida yanada
kengroq qo’llanilmoqda. Aynan “texnologiya” termini va uning “o’qitish
texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” kabi shakllariga
pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.
“Pedagogik texnologiya”
termini birinchi bor pedagogika boyicha ishlarda
XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya
tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud.
1.
Texnologiya
– bu bir ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan uslublar
to’plamidir (izohli lug’at).
2.
Pedagogik texnologiya
– bu o’quv jarayonini amalga oshirishning
texnikasidir (V.P. Bespalko).
3.
Pedagogik texnologiya
– bu o’qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish
jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov).
4.
Pedagogik texnologiya
– bu o’qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari,
metodlari, usul, uslublarining maxsus to’plami va tuzilishini belgilovchi
psixologik-pedagogik ko’rsatmalar yig’indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy
metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev).
5.
Pedagogik texnologiya
– bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani
qoyuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o’zaro munosabatlarini
hisobga olib o’qitish va bilimlar o’zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo’llash
va belgilashga sistemali yondashishidir (YunESKO).
6.
Texnologiya
– bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari
to’plami, holatini o’zgartirishdir (V.M. Shepel).
7.
O’qitish texnologiyasi
- bu o’quvchilar va o’qituvchilar uchun so’zsiz
qulay sharoitlar yaratib berish uchun o’quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish
va olib borish boyicha har tomonlama oylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik
faoliyat modelidir (V.M. Monaxov).
8.
Pedagogik texnologiya
– bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir
(T. Sakamoto).
9.
Pedagogik texnologiya
– o’quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari,
mazmunini o’zgartiruvchi uning rivojlanish sistemasidir (E. Bistereki va J. Seller).
10.
Pedagogik texnologiya
- pedagogik maqsadlarga erishish uchun
foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali
to’plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V. Klarin).
11.
Pedagogik texnologiya
– bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan
o’qituvchi
va
o’quvchining
faoliyatini
sistemali,
konseptual,
qoidali,
obektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A. Fradkin).
12.
Pedagogik texnologiya
bilimlarni egallashda rejalashtirish, boshqarish va
ta’minlashni tahlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g’oyalar,
vositalarni o’z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir (Pedagogik
kommunikasiyalar va texnologiyalar boyicha AQSh assosiasiyasi).
Mavzu boyicha nazorat savollari:
1.
Pedagogik texnologiyaga ta’rif bering?
2.
Texnologiyani metodikadan farqi nimada?
3.
Pedagogik texnologiyaning tuzilishi haqida nima bilasiz?
4.
Pedagogik texnologiya monitoringi qanday tashkil etiladi?
5.
“Metod” so’ziga ta’rif bering?
6.
Qaysi davlatlarda pedagogik texnologiyalar markazalari va mavjud va
ularning asosiy faoliyatiga nimalar kiradi?
7.
Pedagogik texnologiyalar muammolari boyicha nashr etiladigan
jurnallarni sanab bering?
8.
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish davrlarini ayting?
9.
Qanday pedagogik texnologiyalarni bilasiz?
10.
Pedagogik texnologiya boyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlarni
ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |