Kamola Axtamova 4-kurs 405 - guruh
Mustaqil ish
universal prinsip deb tushunish mumkin. Tilshunoslikda bunday oqimning paydo
bo`lishiga hodisa mohiyatining serqirraligiga yetarlicha e‟tibor qaratmaslik oqibati ham
sabab bo`lgan. Tilshunoslikning keyingi taraqqiyoti A.Shleyxer nazariyasining
noto`g`riligini isbotladi. Nafas olish, ko`rish, ovqat yeyish, uxlash, yig`lash, kulish,
og`riq sezish va hokazolar insonga xos bo`lgan tabiiy-biologik xususiyatlar bo`lib, ular
tabiat qonunlariga muvofiq ravishda davom etaveradi. Tabiiy-biologik xususiyatlarning
yuzaga kelishi yoki yo`qolib ketishi uchun kishilik jamiyatining bo`lishi shart emas, faqat
qulay sharoit zarur, xolos. So`zlashish, fikrlashish uchun esa qulay sharoitning o`zi
kifoya emas. Bu haqda ulug` Kaykovus bobomiz o`zining “Qobusnoma” kitobida
shunday yozadi: “Ey farzand, toki qila olsang, so`z eshitmakdan qochmag`ilkim, kishi
so`z eshitmak bila suxango`ylik hosil qilur. Avvalo buni shundoq dalillash mumkin: agar
bir o`g`lon onadan tug`ilsa, unga yerning ostidan bir joy qilib sut berib, ul joyda
parvarish qilsalar, onasi va doyasi unga gapirmasalar, u o`g`lon hech kishining so`zin
eshitmasa, ulug` bo`lg`onda lol (soqov) bo`lur. Ko`rmasmusankim, barcha lollar kar
bo`lurlar…..” Til nasldan naslga, avloddan avlodga o`tadigan irsiy hodisa emas, balki
jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi tilda so`zlay boshlashi uni o`rab
turgan til muhitiga bog`liq. Chunonchi, “Oila va jamiyat” haftanomasining 1992-yil may
oyida chiqqan 21-sonining birinchi sahifasida “Larisaning mulla o`g`li” sarlavhali suratli
maqola e‟lon qilindi. Unda moskvalik Larisa ismli rus qizi Abdujabbor degan
qashqadaryolik yigitga turmushga chiqishidan oldin butun qonuniyatlari bilan islom
dinini qabul qilganligi, namoz o`qib, ro`za tutganligi, asosiysi, oila qurgach, to`ng`ich
farzandi Temurxonga alla emas, Qur‟oni karim suralarini o`qib uxlatganligi haqida
batafsil ma‟lumot berilgan. Temurxonning birinchi aytgan so`zi “Olloh” bo`lgan va bola
sakkiz oyligida “Lo iloha ilolloh” degan. Erta tili chiqqan bu bola bir yoshga to`lganda
“Kalimayi tayiba” hamda “Kalimayi shahodat”ni to`liq aytgan. Ikki yarim yoshida o`n
uchta kichik surani yod bilgan va to`qqiz yoshida Qashqadaryo viloyati bo`yicha
o`tkazilgan yosh qorilar musobaqasida birinchi o`rinni egallab, ko`plarni hayratga solgan.
Yana bir misol: sho`ro hukumati davrida juda ko`p o`zbek ziyolilari oilasida tug`ilgan
farzandlar ta‟lim-tarbiya rus tilida olib boriladigan bog`cha, maktab, oliy o`quv
Do'stlaringiz bilan baham: |