Kamola Axtamova 4-kurs 405 - guruh
Mustaqil ish
yurtlarida o`qitilar edilar. Oqibatda o`z ona tilida biror jumlani aytishni eplolmaydigan
“o`zbek”lar paydo bo`ldi, bu holatni bizning davrimizda ham ahyon-ahyonda bo`lsa-da,
uchratish mumkin.Taniqli shoir E.Vohidovning ushbu to`rtligi ham fikrimizni dalillaydi:
Parvoz chog`i tayyoraning dilbar kelini Ko`k toqini bizga taxti Sulaymon qildi. Lekin
e‟lon o`qiganda o`zbek tilini Davlat tili bo`lganiga pushaymon qildi.
Mashhur Robinzon
Kruzoni eslang. U kimsasiz orolga tushub qolganda uzoq yillar davomida unga tildan
foydalanishga deyarli ehtiyoj sezilmaydi. Tilning kishilik jamiyatida bajaradigan
vazifasiga ko`ra sof ijtimoiy hodisa ekanligini isbotlovchi bunday misollarni ko`plab
keltirish mumkin. Ammo til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatdagi boshqa ijtimoiy
hodisalardan farq qiladi. Faqat jamiyatning mavjudligi bilan bog`liq bo`lib, jamiyat
uchun xizmat qiladigan ijtimoiy hodisalarning turlari nihoyatda ko`p. Ideologiya, bazis,
ustqurma, demokratiya, pul muomalasi kabilar ham ijtimoiy hodisalar bo`lib, ularning
jamiyatda bajaradigan vazifalarining o`z xususiyatlari va ma‟lum doirada qo`llanilish
chegaralari bor. Chunonchi, ideologiya-muayyan jamiyatdagi siyosiy, huquqiy, axloqiy,
diniy, badiiy, falsafiy qarashlar va g`oyalar sistemasi; bazis jamiyatning iqtisodiy
tuzilishini, ustqurma esa jamiyatning siyosiy, huquqiy, ideologik me‟yorlarini belgilab
beruvchi hodisalardir. Jamiyat bo`lmagan joyda demokratiya, ya‟ni xalq ommasining
boshqaruv ishlarida qatnashuvi yoki fuqarolarning siyosiy huquqlardan foydalanish
imkoniyatlari haqida gapirish mumkin emas. Pul muomalasi haqida ham shunday fikrni
aytish o`rinlidir. Kishilik jamiyatida ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar o`zgarib turadi. Bu
o`zgarish har bir tuzumga tegishli bo`lgan bazis, ustqurma, ideologiya kabilarni ham
yangilaydi. TIL esa na bazis, na ustqurma, na ideologiyadir. Tilning yuqorida sanab
o`tilgan ijtimoiy hodisalardan eng katta va asosiy farqi shundaki, til jamiyat faoliyatining
barcha-barcha sohalariga xizmat qiladi. Til tuzumlar o`zgarishi bilan butkul
yangilanmaydi, o`z xususiyatini, vazifasini o`zgartirmaydi. U kishilik jamiyatining
tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan, sayqal topib borayotgan aniq-tarixiy me‟yor
sifatida jamiyat a‟zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy fikr ifodalash
vositasidir. Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ,
ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi. “Kommunikativ” so`zi rus tilidan
Do'stlaringiz bilan baham: |