Ishsizlik shartlari
Demak, yashirin ishsizlik va xufiya ish bilan bandlik — bu ishsizlikning haqiqiy darajasini buzib ko’rsatadigan va ayni bir vaqtda, ish bilan bandlik va ishsizlik sohasidagi bo’lg’usi muammolarning yashirin potentsiali hisoblanadigan ikki kuchli omildan iboratdir. Ammo, bu omillar hozircha yashirin holatda bo’lib, shu asnoda rasmiy ishsizlik darajasini ham etarlicha yuqori darajada saqlaydi. Bu narsa o’z navbatida, ishsizlikning asosiy sabablaridan tashqari, iqtisodiyotda bir qator «an’anaviy» sabablarga ham bog’liq bo’ladi. Bu sabablarni ishsizlikning asosiy turlarini ko’rib chiqishda tahlil qilish mumkin.
yashirin ishsizlikni to’liq bo’lmagan ishsizlikdan va qisman ish bilan bandlikdan ajratish kerak. Qisman ish bilan bandlik tabiiy va xodim uchun ko’p hollarda nufuzli ish bilan bandlik shakli hisoblanadi va keyinchalik, chamasi kengayib boradi. Qisman ish bilan bandlik yashirin ishsizlik shakli hisoblanmaydi, balki ish bilan bandlikni tashkil etishning tobora kengayib borayotgan shakllaridan biri hisoblanadi. To’liq bo’lmagan ish bilan bandlikka kelsak, xalqaro ta’rifga ko’ra unga yollanma mehnat bilan shug’ullanuvchi barcha kishilar yoki korxonalarida ish bilan band bo’lgan kishilar kiradi, ular xoh ishlayotgan bo’lsin yoki ishda qatnashmayotgan bo’lsin, normativ ish vaqtidan kamroq ishlab, qo’shimcha ish qidirib, hisobot davrida unga kirishishga tayyor bo’lgan xodimlardir. Bu ta’rifdan kelib chiqishiga qaraganda, uch mezon mavjud bo’lib, ana shu mezonlar bo’yicha xodimlar to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik toifasiga kiritiladi: 1) normativ vaqtdan kamroq davom etadigan ish; 2) bunday ish bilan bandlikning majburiy xususiyati; 3) boshqa ish qidirish va unga kirishishga hozirlik. Xodimni to’liq ish bilan band bo’lmaganlar toifasiga kiritish uchun, bu barcha uch mezon bir vaqtning o’zida bajarilishi kerak. Ishsiz yoki iqtisodiy jihatdan faol bo’lmagan kishi to’liq ish bilan band bo’lmagan kishi deb hisoblanishi mumkin emas.
Ma’lumki, «yashirin ishsizlik» tushunchasi «to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik» tushunchasidan ancha kengroqdir, chunki uning uchun to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik ta’rifiga kiradigan barcha mezonlar majburan yashirin ishsizlik sifatida ta’riflanadigan holatda bo’ladi. Boshqa mezonlarga kelganda, rasman «yashirin ishsiz» ishda standart ish vaqtida hozir bo’ladi, ko’pincha boshqa ish qidirmaydi va har gal ham boshqa ishga kirishishga tayyor bo’lmaydi. U odatda, o’zining ish o’rnida normal ishlashga tayyordir.
To’liq bo’lmagan ish bilan bandlik va yashirin ishsizlik o’rtasidagi muhim tafovut shundan iboratki, birinchisi ish beruvchi uchun iqtisodiy yuk bo’lmaydi, ish bilan bandlikning bu shakli uning uchun iqtisodiy jihatdan oqlangan va muayyan ma’noda e’tiborlidir. Demak, qisman ish bilan band xodim tepasida bevosita bo’shatib yuborilishi xavf solib turmaydi, holbuki, yashirin ishsizlik o’z mohiyatiga ko’ra korxonaning mablag’iga qo’shimcha yuk bo’ladi va ish bilan bandlik nuqtai nazaridan ochiq ishsizlik arafasidir. Biroq to’liq ish bilan band bo’lmagan kishi o’zining mavjud ahvolidan rozi emas va ish qidiradi, u yuqoridagi ta’rifga binoan yashirin mehnat bozoridadir va demak, yashirin ishsiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |