Murakkab-aralash (kombinasnyalangan) o’g’itlar Akademik D.N.Pryanishnikov 1908 yilda fosforitlarga sulfat kislota bilan emas, bachki nitrat kislota bilan ta’sir etish bir yo’la azotli va fosforli o’g’it olish imkonini berishini ta’minlagan edi.
Fosforitga nitrat kislota ta’sir ettirilganda kalsiyli selitraning CaHPO4 *2H2O va ular bilan aralashmasi - nitprofos olinadi.
Shu toifaga kiradigan ammoniylashtirilgan superfosfat oddiy superfosfat ammiak bilan to’yintirib olinadi. Odatda, kukunsimon superfosfat 6 % gacha ammiak azotini yutishi mumkin, lekin kalsiy monofosfatning retrogradasiyalanishini oldini olish uchun 3-4 % atrofida NH3 yuttiriladi. Bu o’g’it tarkibidagi azot o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi, lekin o’simliklarni azot bilan ta’minlashda uncha katta rol uynamaydi.
Suyuq va suspenziyalangan kompleks o’g’itlar Suyuk kompleks o’g’itlar (SKO’) deb tarkibida barcha makro va mikroelsmentlarii tutgan suyuq aralashlarga aytiladi.Qattiq va suyuq, kompleks o’g’itlar samaradorligi birdek bo’lishi aniqlangan. SKO’lar - istiqbolli o’g’itlardan hisoblanadi. Ular fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash (pH=6,5) asosida olinadi. Tarkibidagi azot miqdorini oshirish uchun suyuk o’g’itlarga ammiakli selitra, mochevina yoki ularning aralashmalari qo’shiladi. Ortofosfat kislota asosida olingan o’g’itlar (24-30% ozis elementi bor) tiniq, eritma holida, superfosfor kislota asosida olingan o’g’itlar esa (40 % dan ortiq oziq, elementlari tutadi) loyqaroq eritma holida bo’ladi. Bu turdagi o’g’itlar o’z tarkibida erkin ammiak tutmaydi. Shu sababdan ularni tuproqqa purkab, izidan ishlov berish texnikasini tushirish mumkin. Suv bilan oqizib ishlatilganda ham yaxshi samara beradi. Suyuk kopleks o’g’itlarni yuklash, tashish, tuproqqa solishni to’la mexanizasiyalash va shu yo’l bilan isrofgarchilikning oldini olish mumkin. Tavsiflanayotgan o’g’itlarni ishlatishdan katta iqtisodiy samara olish mumkin. Bu birinchidan ishlab chiqarish sexlari qurishga 20-30% kam mablag’ sarflanishi va ikkinchidan, mexnat sarfining 3-3,5 marta kamligi bilan borlikdir. Muayyan haroratlarda kristallanishi, korroziyaga chidamli idishlarda sakdashni talab qilishi va yuqori nishablikka ega maydonlarga kiritilganda fosforning bir qismini yuvilib ketishi SKO’larga xos salbiy xususiyatdir.
SKO’lardagi oziq elementlari miqdorini istalgancha oshirib boraverishning iloji yo’q, chunki ma’lum haroratdan boshlab ular kristallana boshlaydi. Konsentrasiyasini oshirish uchun ularga stabillashtiruvchi qo’shimcha - kolloid loy (1 t o’g’itga 10-22 kg) ko’shiladi. Shunday usulda olingan o’g’it 12 % azot, 40% P2O5tutishi mumkin, SKO’larning saqlash muddati 3 oygacha. SKO’larni serkarbonat bo’z tuproqoarda ko’llash yaxshi iktisodiy samara beradi.
Aralashtirilgal o’g’itlar
Aralashtirilgan o’g’itlar komponentlarni kimyoviy o’zgarishga uchratmasdan olinadi. Ular kukunsimon yoki donador holatda bo’lishi mumkin.
O’g’itlarni quruq holatda aralashtirish kompleks o’g’itlar olishdagi eng oddiy va samarali usuldir. Bu tadbir ikki xil usulda amalga oshiriladi:
bevosita xo’jaliklarning o’zida muqim va ko’chma o’g’it aralashtirgichlar yordamida aralashtirish;
yuqori quvvatli moslamalar (40-60 t/soat) yordamida aralashtirish.
Aralashtirilgan o’g’itlar ikki yoki uch xil oddiy kukunsimon yoki donador o’g’itlarni maxsus o’g’it aralashtirish zavodlarida, agrokimyo markazlarining yirik mexanizasiyalashtirilgan omborlarida yoki bevosita xo’jaliklarda aralashtirish yo’li bilan olinadi.
Bunda o’g’itlarni qo’llashga ketadigan vaqt hamda mehnat o’g’itlarni alohida - alohida solishdagiga qaraganda ancha tejaladi, ularning samaradorligi ortadi, chunki barcha zaruriy elementlar birdaniga solinadi, ular paykalga bir me’yorda taqsimlanadi.
O’g’itlarni aralashtirishni birin-ketin bajariladigan quyidagi besh bosqichdan iborat jarayon deb qarash mumkin:
O’g’itlarni aralashtirishga tayyorlash;
Komponentlarni aralashtirishga o’zatish;
Me’yorlash (aralashtirish uchun tegishli miqdordagi o’g’itlarni ajratish);
Aralashtirish;
Aralashmani tashish moslamalari yoki omborlarga olish.
Aralashtiriladigan o’g’itlarning o’ziga xos fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari ko’p hollarda ularni aralashtirish imkoniyatlarini cheklab quyadi.
Masalan, ammiakli selitra superfosfat bilan aralashtirilganda, nitrat kislota bug’lari yoki azot oksidlari hosil bo’ladi:
Shuningdek, hosil bo’ladigan kalsiy nitrat aralashmaning gigroskopikligini oshiradi:
2NH4NO3+Ca(H2PO4)2=2NH4H2PO4+Ca(NO3)2+nH2O
Tarkibida kalsiy oksidini tutgan metallurgiya shlaklarini ammiakli selitra yoki ammoniy sulfat bilan (shuningdek ammoniy fosfat bilan) aralashtirish mum-kin emas, chunki bunda ammiak ajralib chikadi:
CaO+(NH4)2SO4=2NH4 +CaSO4+ H2O
Superfosfatvafosforitunikaliylio’g’itlarbilan, shuningdek, ammiakliselitravaammoniysulfatpresipitatbilanaralashtirilgandanomaqbulo’zgarishlarsodirbo’lmaydi.
Eng keng tarqalgan o’g’itlar - ammiaki selitra, superfosfat va kaliy xlorid aralashmalarining fizik xossalarini yaxshilash maqsadida superfosfatdagi erkin kislotani boqlash va gigroskopiklikni kamaytirish uchun maydalangan - dolomit, fosforit uni kabi mu’tadillovchi moddalar qo’shiladi. Bunday aralashmani sochiluvchanligi 4-5 oy davomida ham o’zgarmaydi.
Mochevinani tuproqka kiritish oldidan fosforli va kaliyli o’g’itlarning barcha shakllari bilan aralashtirish mumkin. Unisuperfosfatbilananchaoldindanaralashtirgandahamsalbiyo’zgarishlarkuzatilmaydi. Donador o’g’itlar, ayniqsa donachalarining o’lchamlari bir xil bo’lgan o’g’itlar aralashtirilganda aralashmaning fizikaviy xossalari va sochiluvchanligi yaxshilanadi.
O’g’itlarni aralashtirishda ekinlarning oziq moddalarning muayyan nisbatiga (N:P2O5:K2O) ehtiyojini shuningdek, tuproq, xossalari, o’g’itlash usullari va muddatlarini hisobga olish zarur.
Nazorat savollari 1. Kaliyni o’simlik tarkibida miqdori va ahamiyati
2. Tarkibida kaliy tutuvchi minerallarni ayting
3. Kaliyning o’simlik hayotidagi ahamiyati va vazifalari
4. Tuproqlardagi kaliy miqdori va shakllari qanday
5. Kaliyni sinflanishi
6. Kaliy yetishmasligi belgilari
7. O’zbekistonda qo’llaniladigan kaliyli o’g’itlar