Tadqiqot usullari. Dissertatsiya ishida radiometrik, spektrometrik, xromato-mass-spektrometrik va statistik usullardan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati. Tuproqdagi pestisidlar va radionuklidlarni analitik aniqlash natijasida tuproqdagi makro va mikroelementlar, gumus, radiofaol elementlarning bir-biriga ta’sirini baholash, pestisid va radionuklidlar miqdorini kamaytirish bo’yicha tadqiqotlar olib borish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati.Tadqiqot natijalari asosida qishloq xo’jaligi bilan faoliyat yuritayotgan fermer va dehqon xo’jaliklari uchun tuproq tarkibidagi pestisidlar va radionuklidlarni kamaytirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va Surxondaryo viloyati “Agrokimyoviy tahlil markazi” sinov laboratoriyasida amaliyotga joriy etildi (Surxondaryo viloyati “Agrokimyoviy tahlil markazi” ning 2022 yil 8 iyyundagi dalolatnomasi).
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi;Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 1 ta monografiya va xorijiy jurnallarda 1 ta maqola chop eilgan bo’lib, dissertatsiya bo’yicha tadqiqotlar 2 ta xalqaro va 2 ta Respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda muhokama qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, 3 ta bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar (46 ta nomdagi) ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiya hajmi 78 betni tashkil etadi.
Qo‘llanish sohasi:radiologiya, analitik kimyo, qishloq xo’jaligi va atrof-muhit muhofazasi.
Ilmiy rahbar: PhD Eshkaraev S.Ch.
Magistrant Xaydarova Z.E. Termiz Davlat Universiteti magistratura bo‘limi 5A140501-kimyo (Fizik va Kolloid kimyo) yo‘nalishi II kurs magistranti Xaydarova Zubaydaxon Esonbayevnaning “Pestitsidlarning tuproqdagi radionuklidlar miqdoriga ta’sirini mass-spektrometr usulida o’rganish” mavzusidagi dissertatsiya ishiga ilmiy rahbar tomonidan
XULOSA
XX asrning 60-80 yillarida O‘zbekiston Respublikasi agrar sohasida qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida minglab tonna pestitsidlar qo‘llanilgan. Buning uchun Respublika bo‘ylab 500 dan ortiq qishloq xo‘jaligi aerodromlari tashkil etilgan. Bu yillarda DDT, GXSG va boshqa turdagi pestitsidlarning ishlatilishi hisobiga, aholi o‘rtasida saraton, yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari 4-7 barobarga ortib ketgan. Natijada 90-yillarga kelib, zaharli (xlororganik) pestitsidlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llash davlat tomonidan ta’qiqlandi. Lekin sobiq qishloq xo‘jaligi aerodromlarida yuzlab tonna pestitsidlar tuproq bilan aralashib ketdi va bugungi kungacha tuproqni zararlab kelmoqda. Birgina Surxondaryo viloyatida 52 ta sobiq qishloq xo‘jaligi aerodromlari mavjud bo‘lib, bugungi kunda ular maydonining aksariyati qishloq xo‘jaligi yerlari sifatida fermer xo‘jaliklari va aholi tomonidan foydalanilib kelinmoqda. Ushbu hududlarda yashovchi aholining 45 % 1990-2018 yillarda ovqat hazm qilish tizimi saratoni bilan shifoxonalarga murojaat qilgan hamda ularning deyarli teng yarmi 60 yoshga bormasdan hayotdan ko‘z yumgan. Surxondaryo viloyati onkologik kasalliklar dispanseri ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat aholisining saraton kasalligiga chalinishi 1990 yildagiga qaraganda 2018 yilda 12 barobarga ortgan. 2018 yilda dispanserga murojaat qilgan 176 nafar bemorning 128 nafari (72,7%) sobiq qishloq xo‘jaligi aerodromlari o‘rnida yoki unga yaqin joyda yashashgan. Shuning uchun tuproq tarkibidagi radionuklidlar va pestidsidlarni qoldiq miqdorini aniqlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi
Xaydarova Zubaydaxon Esonbayevna tomonidan yozilgan dissertatsiya ishining maqsadi Surxondaryo viloyati tuproqlaridagi qoldiq pestitsidlarni tuproqdagi radionuklidlar bilan bog’liqligini fizik-kimyoviy usullar bilan o’rganishdan iborat.
Dissertatsiya ishining kirish qismida tadqiqot ishining dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan.
Tadqiqot ishining maqsadi; Surxondaryo hududi tuproqlari tarkibidagi radionuklidlarni radiometrik, pestitsidlarning qoldiq miqdorini mass-spektrometrik usullarda aniqlash. DDT va GXSG-pestitsidlarining tuproqdagi radionuklidlar miqdorining ortishiga ta’sirini fizik-kimyoviy usullarda aniqlashdan iborat.
Xaydarova Zubaydaxon Esonbayevnaning tayyorlangan dissertatsiya ishining kirish qismida o‘tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob’ekt va predmetlari tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaishining birinchi bobi adabiyotlar taxliliga bag‘ishlangan bo‘lib, bu bobda tadqiqotni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun analitik, ekologik va optik tahlil usullarining barcha talablariga javob beradigan zamonaviy asboblar va qurilmalar qo'llaniladigan mass-spektrometrik va radiometrik aniqlashning metrologik asoslari o'rganildi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tajriba o'tkazilganda, pestidsidlarni va tuproqdagi radionuklidlarni o'rganish bo'yicha jahon adabiyoti ma'lumotlari ko'rib chiqilgan va muhokama qilingan.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobida tuproq tarkibidagi pestitsidlar va radoinuklidlarni aniqlash uchun radiometrik va masspektrometrik tekshiruvlar o’tkazilgan va dala sharoitida ilmiy ish uchun ta’luqli bo’lgan bir nechta tajriba sinovlari o’tkazilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobida olingan natijalar tahlili keltirilgan bo‘lib, surxondaryo viloyati tuproqlardagi qoldiq pestidsidlar miqdori va ularni radionuklidlar bilan o’zaro bog’liqligini o’rganishdagi olingan natijalari atroflicha tahlil qilingan va tuproqdagi qoldiq pestisidlarni va radionuklidlarni kamaytirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ish so‘ngida xulosalar berilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi 5A140501-kimyo (Fizik va Kolloid kimyo) yo‘nalishi II kurs magistranti Xaydarova Zubaydaxon Esonbayevnaning “Pestitsidlarning tuproqdagi radionuklidlar miqdoriga ta’sirini mass-spektrometr usulida o’rganish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining amaldagi nizom talablariga mos kelishini inobatga olib himoyaga tavsiya etaman.