O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“MENEJMENT” KAFEDRASI
“KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK” FANIDAN
« MAMLAKATNI MODERNIZATSIYALASH JARAYONIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH» MAVZUSI BO’YICHA
MUSTAQIL ISH
BAJARDI: 43-11 M guruh talabasi
Xomidjonov A.
QABUL QILDI: Shokirova Yu.
F A R G’ O N A - 2 0 14
MAMLAKATNI MODERNIZATSIYALASH JARAYONIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Kirish
1. Infratuzilmaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
2. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning asosiy vazifalari
3.Mamlakatni modernizatsiyalash jarayonida ijtimoiy infratuzilmani boshqarish samaradorligini oshirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Aholi turmush darajasini oshirish va farovonligini yuksaltirishda ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining roli beqiyosdir. Shunga ko’ra, mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida ahamiyatli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
Qishloq joylarni obodonlashtirish ishlarini izchil tizimga solish, ularni muntazam ravishda olib borish maqsadida obodonlashtirish moddiy texnika bazasini mustahkamlashning 2009-2011 yillarga mo’ljallangan dasturini ishlab chiqish, obodonlashtirish ishlari tashkil qilish va rag’batlantirish qoidalarini tayyorlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.
“Qishloq hayotini obod etishda ularning qiyofasini o’zgartirish, bugun qishloq joylarida yashayotgan odamlarning turmush sharoitini zamon talablariga moslashtirish, kerak bo’lsa, uni shahar sharoitiga yaqinlashtirish g’oyat muhim o’rin tutadi, desam, o’ylaymanki, yanglishmagan bo’laman”1 deb ta’kidlaydilar Prezidentimiz I.A.Karimov.
Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish o’z ichiga mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, qishloqda yangi qurilish texnologiyalarini qo’llash ishlarini ham oladi. Bunda yangi qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish tadbirlari ko’zda tutiladi. Qishloq joylarida 77 ta yangi qurilish materiallari firma magazinlarini tashkil qilish ham shular jumlasidandir.
Lekin shunga qaramay, qishloqda infratuzilma ob’ektlarini tashkil va rivojlantirishda hali ko’p masalalar yetarlicha xal etilmayapti. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi barcha tarmoqlarning o’zaro uzviy bog’liqlikda rivojlanishini talab qiladi. O’zbekistonda yalpi milliy mahsulotning aksariyat qismi agrosanoat majmuasi tarmoqlarida ishlab chiqarilayotganligi ularning o’zaro bog’liqlik doirasini yanada kengaytirish zaruratini keltirib chiqaradi.
“Qishloq hayotini obod etishda ularning qiyofasini o’zgartirish, bugun qishloq joylarida yashayotgan odamlarning turmush sharoitini zamon talablariga moslashtirish, kerak bo’lsa, uni shahar sharoitiga yaqinlashtirish g’oyat muhim o’rin tutadi, desam, o’ylaymanki, yanglishmagan bo’laman”2 deb ta’kidlaydilar Prezidentimiz I.A.Karimov.
Qishloqlarimiz qiyofasi – bu eng avvalo mazkur hududda istiqomat qilayotgan, o’zining fidokorona mehnati bilan ushbu maskanning yanada rivojlanishi va ko’rkamlashishiga hissa qo’shib kelayotgan qishloq aholisining bugungi kundan mamnunligi va ertangi kunga bo’lgan ishonchini ifodalovchi umumiy manzaradir. Bu qiyofa qishloqlarning obodligi, ulardagi uy-joylarning chiroyli va ko’rkamligi, aholiga xizmat ko’rsatuvchi ko’plab tashkilotlar, maktablar, bolalar bog’chalari, istirohat bog’lari va boshqa ko’ngilochar muassasalar, ishlab chiqarish korxonalari, ma’muriy binolarning tashqi va ichki ko’rinishlari, ulardan foydalanish qulayligi bilan belgilanadi.
SHu boisdan infratuzilma ob’ektlarini tashkil etishning xozirgi xolatini o’rganish negizida ularni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va imkoniyatlarini aniqlash, jumladan ishlab chiqarish, ijtimoiy institutsional va bozor infratuzilma ob’ektlarini tashkil etish va rivojlantirish va samaradorligini oshirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri xisoblanadi.
1. Infratuzilmaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Infratuzilma iqtisodiy tizimning bir bo’lagini tashkil qilib, u ishlab chiqarishning bir maromda faoliyat ko’rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
“Infratuzilma” so’zi lotin tilidan (infrastructure) tarjima qilinganda “tuzilmadan tashqarida” ma’nosini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan infratuzilma mohiyatiga quyidagi izoh ko’proq mos keladi: “inson hayoti va ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida faoliyatlar almashinuvi ta’minlovchi tovarlar va xizmatlar yaratishda o’ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi”.
Keyingi yillarda infratuzilma yuksak sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari infratuzilmalar rivojidan oldinda bormoqda va bu iqtisodiyotning rivojlanishiga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Infratuzilma juda keng qarmovli tushuncha bo’lib, bu eng avvalo ishlab chiqarish jarayoniga har taraflama xizmat ko’rsatadigan xizmat turalarini yaratish bilan bog’liq.
Hozirgi zamon iqtisodiyot fanlari tizimida infratuzilmalar masalasi alohida o’rin tutadi. Xususan, “infratuzilma” tushunchasi g’arb iqtisodiy adabiyotlarida o’tgan asrning 40-yillari oxirida yuzaga keldi. Uning iqtisodiyotning mustaqil tizimi sifatidagi o’rnini o’rganishga zaruriyat, bir tomondan, infratuzilmalarning zamonaviy mehnat taqsimoti chuqurlashuvi pirovard natijasi sifatida shakllanganligi, ikkinchi tomondan, butun bir iqtisodiyot singari infratuzilmalar ham faqat bozor mexanizmlari ta’sir kuchi bilan rivojlana olmay, balki unga davlatning alohida e’tibori talab qilinishi bilan shakllandi.
Infratuzilmalar tizimida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish munosabatlari mohiyati mazkur tushunchaga turlicha ta’riflarni yuzaga keltirdi. Ya’ni, infratuzilmalar tizimidagi ishlab chiqarish – xizmat ko’rsatishda moddiy ishlab chiqarishdan farqli ravishda ishlab chiqarish bilan iste’mol munosabatlarining bir paytda amalga oshadi. SHuningdek, tizimda yaratilayotgan qiymat to’g’ridan-to’g’ri tovar mahsulot yoki foyda ko’rinishida shakllanmasdan, bilvosita, ayni moddiy ishlab chiqarish pirovard mahsuloti tarkibida shakllanadi. Infratuzilmalarning ijtimoiy, maishiy, bozor shakllarida esa bu jarayon yanada murakkab “masofa”ni bosib o’tib, ularning ba’zilarida (ijtimoiy va maishiy infratuzilmalarda) yaratilayotgan qiymat ishchi kuchi takror ishlab chiqarishi orqali, ba’zilarida (bozor va maishiy infratuzilmalarda) esa resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va bozor mexanizmlari tizimida namoyon bo’ladi.
SHuning uchun ham infratuzilma tushunchasiga ta’rif berilganda ayrim tadqiqotchilar uni tovarlar shakli va ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita aloqador bo’lmagan, shuningdek, ishlab chiqaruvchiga to’g’ridan-to’g’ri foyda (yoki daromad) keltirmaydigan “jamiyat sarf xarajatlari” sifatida baholasalar, ayrim tadqiqotchilar ishlab chiqarish amalga oshirilishini va samaradorligini ta’minlashning zaruriy xarakterdagi shartlar (yo’llar va kommunikatsiyalar tarmog’i, transport vositalari va qatnovi, yer qurilishi va boshq.) majmuasi, deya e’tirof etadilar. Bu guruh tadqiqotchilar fikricha, infratuzilmalar tizimining samarali tashkil etilishi bozor xo’jaligi sharoitidagi korxonalar xarajatlarini qisqartirish, kapital harakati jarayonini yengillashtirish, jamiyat miqyosidagi talab va bandlik darajasini oshirish, shuningdek, foyda normasini ko’paytirish imkonini beradi.
Zamonaviy xorijiy, xususan, AQSH va G’arbiy Yevropa iqtisodiy adabiyotlarida infratuzilmalarni tavsiflashda ko’p yarusli yondoshuv mavjud. Jumladan, makroiqtisodiyot darajasida infratuzilmalar – bu fuqarolar va korxonalar tomonidan foydalaniladigan va odatda davlat tomonidan tashkillanadigan kapital inshootlar, tizimlardir. Burlarga avtomagistrallar, ko’priklar, shahar transport tizimi, suv tojalash inshootlari, munitsipal suv ta’minoti tizimlari, vokzal va aeroport kabilar kiradi.
Korxonalar yoki mikrodarajadagi infratuzilmalar esa mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qat’iy zarur va shart hisoblangan, ayni paytda o’z kuchi va imkoniyati bilan barpo etish juda ham qimmat bo’lgan, shuning uchun ham davlat va boshqa ixtisoslashgan korxonalar tomonidan tashkil etiladigan xizmat va inshootlarni o’z ichiga oladi. Ularga suv ta’minoti, elektro-eenergiya, ishlab chiqarish chiqindilarini tashib chiqarish, yuk qatnovi, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktsiya ishlari, bank va moliya xizmatlari va boshqalar kiritiladi3.
Xuddi g’arb iqtisodiy tadqiqotchilik tizimida bo’lgani kabi, yaqin xorij, jumladan, rossiyalik bir qator olimlar ilmiy ishlarida ham, qolaversa, milliy tadqiqotchilikda ham infratuzilmalarga yagona, umumiy fikrdagi qarash mavjud emas. Jumladan, ayrim rossiyalik olimlarning fikricha, infratuzilmalar – bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining yordamchi, ko’maklashuvchi tarmoqlaridir4.
Rus olimi I.F.CHernyavskiy esa infratuzilmalarga tavsif berishda bir muncha murakkab pozitsiyani qo’llaydi va mazkur soha “imidji”ga yuqori baho beradi. Uning fikricha, “Infratuzilmalar bu yo’llar, kanallar, suv inshootlari, portlar, ko’priklar, aeroport va vokzallar, ombor va elektr ta’minoti xo’jaliklari, aloqa, suv ta’minoti va kanalizatsiya, ta’lim, fan xo’jaligi, sog’liqni saqlash kabilarni barpo etish, tashkillash, faoliyatini yo’lga qo’yish orqali sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga xizmat ko’rsatuvchi xalq xo’jaligi mustaqil tarmoqlari majmuasidir”5
Bu kabi ta’riflar infratuzilmalarning unga berilgan barcha tavsiflar uchun umumiy bo’lgan mohiyatan asosiy bosh ob’ektga xizmat ko’rsatuvchi yordamchi faoliyat turi sifatidagi roliga asoslanadi.
SHu o’rinda ta’kidlash joizki, infratuzilmalarga berilayotgan tavsiflarning xilma-xillik ko’p hollarda tadqiq etilayotgan ob’ekt yoki faoliyat sohasining yetakchiligini ta’minlashga bo’lgan moyillik ta’siriga uchraydi. Ya’ni, ayrim tadqiqot ishlarida moddiy ishlab chiqarish sektorini o’rganilish jarayonida ularda kechadigan munosabatlardagi infratuzilmalarning o’rni tadqiq etiladi va bunda tabiiyki, infratuzilmalar tarmoqosti (yoki ko’makchi ) soha sifatida baholanadi.
Ayrim tadqiqotchilar esa garchi infratuzilmalarning o’zini yoki uning muayyan bir yo’nalishini o’rgansalarda, ko’p hollarda uni yo qandaydir hudud, mintaqa darajasiga, yo iqtisodiy davr ichiga yoki munosabatlar tizimi darajasiga bog’laydilar. Bu esa yana yuqorida ta’kidlangan holatni, infratuzilmalarning davlat iqtisodiy siyosati e’tibori qaratilgan yoki iqtisodiy munosabatlar amal qiladigan ob’ekt yoxud shunday elementlardan biri sifatida baholanishiga sabab bo’ladi.
Infratuzilmalar tizimidagi ishlab chiqarish munosabatlari xizmatlar ko’rsatish va ishlar bajarish ko’rinishida namoyon bo’ladi. SHunga ko’ra, yuqorida ta’kidlanganidek, xizmat ko’rsatish iqtisodiy faoliyatning muhim ko’rinishi hisoblanib, u mahsulot ishlab chiqarish tushunchasidan farqli o’laroq, xizmat ko’rsatishda sarflanayotgan mehnat ishlab chiqarish jarayonining o’zida to’g’ridan-to’g’ri sotiladi. Bu o’z navbatida tizimda iqtisodiy faoliyatni tashkil etishni bir muncha soddalashtiradi hamda arzonlashtiradi. Tizimda katta qiymatdagi asosiy va aylanma mablag’larga ehtiyoj sezilmaydi.
Xizmat ko’rsatish tushunchasini iqtisodiy nuqtai-nazardan ifodalashda, ushbu faoliyatning natijasini tovar sifatida tasavvur qilamiz. Xizmat ko’rsatish faoliyati natijasida iste’molchilarning shaxsiy va umumiy ehtiyojlari qondiriladi. Avvalo bu yerda ehtiyojni qondirish deganda iste’molchining jismoniy, iqtisodiy, ma’naviy holatini o’zgartirish tushuniladi, ya’ni, xizmat ko’rsatish faoliyati davomida yoki uning natijasida ishlab chiqaruvchi iste’molchining jismoniy va ma’naviy holatini, kayfiyatini o’zgartiradi.
SHu bilan birga sport bilan shug’ullanish hamda fiziologik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan faoliyat xizmat ko’rsatishga kirmaydi. CHunki, bu ikkala holda asosiy mehnat iste’molchining o’zidan talab qilinadi. Bu ikkala hol uchun iste’molchi hech qanday qiymat sotib olmaydi, balki, o’z mehnatini o’zi uchun, o’zining jismoniy barkamolligini, normal fiziologik holatini ta’minlash uchun sarflaydi.
Xizmat ko’rsatish tizimi xalqaro amaliyotda quyidagicha tasniflanadi:
-
Kommunal xizmatlar va qurilish;
-
Ulgurji va chakana savdo, ovqatlanish, restoran va mehmonxona, turizm;
-
Tashish, saqlash, aloqa, moliyaviy vositachilik;
-
Mudofaa hamda majburiy ijtimoiy xizmatlar;
-
Ta’lim, fan, sog’liqni saqlash, jamoat ishlari va boshq.
SHu bilan birga, xizmat ko’rsatish tizimining o’ziga xos murakkablik tomonlari ham mavjud. SHunga ko’ra infratuzilmalar tizimlarining quyidagi o’ziga xos jihatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
- ko’rsatilgan xizmat turlarining haqiqiy qiymatini, bahosini aniqlashning murakkabligi. Bu ayniqsa, transport, ombor, realizatsiya, yuklash-tushirish, o’rash va boshqa ishlab chiqarishga yordamchi tizimlarda yaqqol ko’rinadi. Ularda ko’rsatilgan mehnat qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning pirovard qiymati yoki bahosida shakllangan bo’ladi.
- ko’rsatilgan xizmatga mulkiy egalik almashinuvi jarayonining murakkabligi. Ma’lumki, har qanday pulga ayriboshlanadigan tovar o’z mulkiy egaligini ham almashtira oladi. Yoki boshqacha qilib aytganda, tovar sotilishi jarayonida uning egasi ham almashinadi. Lekin, xizmat ko’rsatish faoliyatida bu jarayonni kuzatish, ajratish ancha qiyin kechadi. CHunki, ko’rsatilgan xizmat moddiy iqtisodiy ob’ekt sifatida shakllanmaydi. Qolaversa, yuqorida ta’kidlanganidek, ko’p hollarda sarflanayotgan mehnat shu jarayonning o’zida to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilinadi. SHuning uchun ham, ko’rsatilgan xizmatga mulkiy egalik asosiy ishlab chiqarish natijasida shakllangan mahsulotga egalik huquqi ostida bir sub’ektdan ikkinchi sub’ektga o’tadi.
- xizmat ko’rsatishda standartlash jarayonlarini qo’llab bo’lmasligi. Xizmat ko’rsatishning nomoddiy xarakterda ekanligi sabab, ushbu faoliyatni standartlash, metrologik jarayonlarni qo’llab bo’lmaydi. Albatta, mehnatni normalashtirish mumkin. Lekin, bu asosan mehnat va unga haq to’lash maqsadida amalga oshiriladi va mehnat unumdorligini nazarda tutadi.
Xizmat ko’rsatish tizimida ta’lim sohasida davlat ta’lim standartlari qo’llaniladi. Bu standartlash bevosita ta’lim berish, o’qitish jarayonini emas, balki, pirovardida tayyorlangan kadrlarning bilim va malaka darajasini ko’zda tutadi.
- sifatning doimiy o’zgaruvchanligi. Ma’lumki, xizmat ko’rsatish faoliyati xarakterida ko’p hollarda individuallikka moyillik mavjud. Bu esa bir jihatdan xizmat ko’rsatish sifatining doimiy o’zgaruvchanlikka asoslanishiga olib kelsa, ikkinchidan, xizmat ko’rsatishda sanoat kabi avtomatizatsiya jarayonlarini qo’llashga imkon bermaydi. Buni oddiy maishiy xizmatdan to transportgacha kuzatish mumkin.
- ko’rsatilayotgan xizmatlarni saqlashning imkoni yo’qligi. Bu jihat to’g’ri ma’noda yaqqol tushunarli, ya’ni, ko’rsatilgan xizmatni faqat u ko’rsatilayotgan paytdagina hisobga olish mumkin. Qolaversa, masalaning ikkinchi jihati, ya’ni tovar zahirasining mavjudligi (albatta, chegaralangan darajada) iste’mol bozorida faoliyat ko’rsatayotgan korxona uchun katta ahamiyatga ega. Lekin xizmat ko’rsatish bozorida mehmonxonada bitta nomerning bo’sh qolishi, bitta ortiqcha, zahira sartaroshni ushlab turish, zahira transport vositasi saqlashni ijobiy xarakterga ega deb bo’lmaydi.
Infratuzilma bo’linmalari rivojlanib borishidan kichik tadbirkorlik sub’ektlari katta manfaat ko’radi, negaki bunday bo’linmalar ularni ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan ishlardan ozod etib, kuch-g’ayratini asosiy faoliyatiga qaratishga imkon yaratadi.
Infratuzilma tomonidan yaratiladigan sharoitlarni o’z navbatida quyidagicha turkumlash mumkin:
-
Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatuvchi – moddiy texnika ta’minoti va tayyor mahsulotni sotish, axborotni yig’ish va qayta ishlash, ubxgalteriya xizmati. Texnologik, boshqaruv masalalari bo’yicha maslahat xizmati va boqshalar;
-
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish shart-sharoitlari – ishchi va xizmatchilarning sog’lig’ini, ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarligini, dam olishlarini qo’llab-quvvatlash.
SHu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalar yig’indisidan iborat deb qarab kelingan. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy tizim kirib kelishi bilan ishlab chiqarish infartuzilmasi ko’lami kengayib, “bozor infratuzilmasi” va “institutsional infratuzilma” so’zlari iste’molga kirib bormoqda.
Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Uning tarkibiga yuk transporti, elektr, gaz va suv ta’minoti, ombor xo’jaligi, aloqa, axborot, moddiy-texnika ta’minoti, mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash, texnik xizmat ko’rsatish, marketing va reklama, axborot-maslahat, auditorlik, moliya-kredit va investitsion kabi xizmat turlari kiradi.
Ijtimoiy infratuzilma ishlab chiqarish jarayonida ishchi va xizmatchilarga normal mehnat faoliyati yaratish va ishchi kuchini takror hosil qilish, shuningdek, tadbirkorlarning turli maishiy xizmat turlariga bo’lgan talabini qondirish uchun xizmat qiladi.
Institutsional infratuzilma iqtisodiyot rivojlanishining optimal makroiqtisodiy nisbatlarini qo’llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi sohalar faoliyat turlarini o’z ichiga oladi. Unga iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi davlat va nodavlat boshqaruv organlari va boshqalar kiradi
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tartibga solib va qo’llab-quvvatlovchi bozor infratuzilmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Buni yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajbribasi ham tasdiqlaydi.
2. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning asosiy vazifalari
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari nomli asarlarida 2009 yildagi yana bir eng muhim ustuvor vazifa -bu mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iborat ekanligini belgilab berdilar.
Mazkur ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratishning bir qator sabablari mavjud. Jumladan:
Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o’zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobilь va temir yo’llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o’z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi.
Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish, pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
To’rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko’p mehnat talab qiladigan keng ko’lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi.
Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko’p jihatdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq.
Zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta’minlash, shu asosda iqtisodiyotni izchil va barqaror yuksaltirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida «2009 yilda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» maxsus dastur qabul qilindi va uning bajarilishi keskin nazoratga olindi.
2008 yilda respublikamizda ishlab chiqarish infratuzilmasi asosiy turlari bo’yicha xizmat ko’rsatishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi natijasida uning yuqori hajmlariga erishildi (1-jadval). Xozirgi kunda Respublikamizda transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobilь va temir yo’llarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2007-2010 yillarda umumiy foydalanishda bo’lgan avtomobilь yo’llarini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi bugungi kunda respublikamizning barcha mintaqalari o’rtasida yil davomida ishonchli transport aloqasini ta’minlamoqda.
Transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan mablag’lar investitsiyalar umumiy hajmida muhim o’rin egalladi. O’tgan yilning o’zida faqat avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 378 million dollarga teng bo’lgan mablag’ o’zlashtirildi va bu 2009 yilga qaraganda 31,5 foiz ko’p demakdir. SHuning hisobidan mamlakatimizda 270 kilometrlik zamonaviy avtomobil yo’li foydalanishga topshirildi. O’zbekiston milliy avtomagistrali loyihasi tarkibiga kiradigan tsement-beton qoplamali 222 kilometrlik avtomobil yo’lini qurish va rekonstruksiya qilish uchun Osiyo taraqqiyot banki bilan 600 million dollar miqdorida kredit mablag’larini jalb qilish to’g’risida shartnoma imzolandi. 2010 yilda xalqaro transport logistika markazlarini rivojlantirishga doir ishlar davom ettirildi. Navoiy shahridagi aeroportda foydalanishga topshirilgan “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazining yuk terminali orqali 50,1 ming tonna yoki 2009 yilga qaraganda 3 barobar ko’p yuk tashildi. Angren shahridagi Xalqaro logistika markazi tomonidan 4 million tonnadan ortiq yuk tashish amalga oshirildi, mamlakatimiz mintaqalari va Farg’ona vodiysi viloyatlari o’rtasida yil davomida uzluksiz avtotransport qatnovi ta’minlandi.
Jumladan, o’tgan yil davomida 1108,0 mlrd. so’mlik temir yo’l transporti xizmatlari, 397,2 mlrd. so’mlik avtomobilь yo’llari qurish va rekonstruktsiyalash ishlari, 1375,0 mlrd. so’mlik aloqa xizmatlari, 1786,1 mlrd. so’mlik elektr energiyasi ta’minoti xizmatlari ko’rsatildi. Buning natijasida mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish faoliyatining rivoji va uzluksizligi ta’minlandi.
1-jadval
Ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarida xizmat ko’rsatish hajmi, mlrd. so’m
Ishlab chiqarish infratuzilmasi
tarmoqlari
|
2008 yil
|
2009 yil
|
O’sish sur’ati, %
|
Temir yo’l transporti
|
1108,0
|
1390,0
|
125,5
|
Avtomobilь yo’llari qurish va rekonstruktsiyalash
|
397,2
|
531,5
|
133,8
|
shu jumladan:
|
|
|
|
xalqaro ahamiyatdagi
|
175,9
|
251,9
|
143,2
|
davlat ahamiyatidagi
|
95,0
|
143,6
|
151,2
|
mahalliy ahamiyatdagi
|
23,9
|
25,0
|
104,4
|
Aloqa
|
1375,0
|
1596,4
|
116,1
|
shu jumladan:
|
|
|
|
simli aloqa
|
264,0
|
304,9
|
115,5
|
uyali aloqa
|
952,0
|
1104,7
|
116,0
|
Elektr energiyasi ta’minoti
|
1786,1
|
1820,1
|
101,9
|
Iqtisodiyot real sektorining jadal o’sishi ishlab chiqarish infratuzilmasi xizmatlariga bo’lgan ehtiyojning to’xtovsiz ravishda o’sishiga olib kelmoqda. SHunga ko’ra, jadvaldan ko’rinadiki, 2009 yilda ushbu tarmoqlar xizmat ko’rsatish hajmini ahamiyatli darajada, jumladan, avtomobilь yo’llari qurish va rekonstruktsiyalash hajmini 133,8% ga, temir yo’l transporti xizmatlari hajmini 125,5% ga, aloqa xizmatlari hajmini 116,1%ga oshgan.
Biroq, ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish infratuzilmasi xizmat ko’rsatish hajmini bunday sur’atlarda o’stirishga mavjud bazalar asosida erishib bo’lmaydi. SHu sababli 2008 yilda ishlab chiqarish infratuzilmasi bazalarini yangilash borasida ahamiyatli ishlar amalga oshirildi (2-jadval).
2-jadval
Ishlab chiqarish infratuzilmasi bazalarini yangilash bo’yicha ishlar hajmi
Ishlab chiqarish infratuzilmasi
tarmoqlari
|
O’lchov
birligi
|
2008
yil
|
2009 yil
|
O’sish
sur’ati, %
|
Temir yo’llarni modernizatsiyalash va rekonstruktsiyalash
|
km
|
220
|
280
|
127,3
|
Temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish
|
km
|
28
|
86
|
307,1
|
Temir yo’l lokomotivlarini yangilash
|
birlik
|
18
|
20
|
111,1
|
Yuk vagonlari parkini yangilash
|
birlik
|
1543
|
1723
|
111,7
|
Yo’lovchi tashish vagonlari parkini yangilash
|
birlik
|
8
|
8
|
100,0
|
Temir yo’l ko’priklarini qurish
|
birlik
|
4
|
3
|
75,0
|
Temir yo’l vokzallarini qurish va modernizatsiyalash
|
birlik
|
2
|
2
|
100,0
|
Temir yo’l raz’ezdlari va korxonaga kirish yo’llarini qurish
|
birlik
|
4
|
5
|
125,0
|
Avtomobilь yo’llari qurish va rekonstruktsiyalash
|
km
|
1728
|
1634
|
94,6
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
xalqaro ahamiyatdagi
|
km
|
472
|
518
|
109,7
|
davlat ahamiyatidagi
|
km
|
764
|
619
|
81,0
|
mahalliy ahamiyatdagi
|
km
|
492
|
497
|
101,0
|
Ko’priklar qurish
|
birlik
|
28
|
34
|
121,4
|
p/m
|
2211
|
2962
|
134,0
|
Tolali-optik liniyalarni yotqizish
|
km
|
535
|
70
|
13,1
|
Uyali aloqa uzatuvchi stantsiyalarni o’rnatish
|
dona
|
1697
|
500
|
29,5
|
35 Kv dan katta yuqori voltli liniyalarni qurish
|
km
|
232,3
|
427,9
|
184,2
|
6-10 Kv yuqori voltli liniyalarni qurish
|
km
|
250
|
149,7
|
59,9
|
Jadvaldan ko’rinadiki, 2009 yilda temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirishni 3 baravardan ko’proq, temir yo’llarni modernizatsiyalash va rekonstruktsiyalashni 127,3%, temir yo’l raz’ezdlari va korxonaga kirish yo’llari qurishni 125%, ko’priklar qurishni 121,4%, yuqori volьtli liniyalarni qurishni 184,2% ga o’stirish ko’zda tutilmoqda.
1-chizma. Respublika avtomobilь yo’llari tarmog’i tarkibi, km
Ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibida avtomobilь yo’llari tarmog’i ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mazkur tarmoqning umumiy uzunligi 183,6 ming kilometrni tashkil etib, shundan 23,2% umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo’llarini, 36,6% xo’jaliklararo qishloq yo’llarini, 33,6% qishloq va shahar ko’chalarini, 3% korxonalarga qarashli yo’llarni, 3,6% turli idoralarga qarashli yo’llarni tashkil etadi (1-chizma).
2008 yilda umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo’llarida qurish va ta’mirlash bo’yicha ahamiyatli ishlar amalga oshirildi (.1.2.2-chizma). Jumladan, jami 288,6 mlrd. so’mlik (o’tgan yilga nisbatan 133% ko’p) ishlar bajarildi. Investitsiya dasturi bo’yicha 111,4 mlrd. so’m (128%), mukammal va o’rta ta’irlash bo’yicha 113,5 mlrd. so’m (124%), joriy ta’mirlash bo’yicha 53,9 mlrd. so’m (131%), yo’l ta’mirlash texnikalari va jihozlar xarid qilish bo’yicha 9,8 mlrd. so’m (4 baravar ortiq) hajmda ishlar amalga oshirildi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarida qurish va
ta’mirlash ko’rsatkichlari
2-chizma.
SHuningdek, 2008 yilda xo’jaliklararo qishloq avtomobilь yo’llarini ta’mirlash bo’yicha 12671 mln. so’mlik, shu jumladan, kapital ta’mirlash bo’yicha 1371 mln. so’mlik, o’rta ta’mirlash bo’yicha 4617 mln. so’mlik, joriy ta’mirlash bo’yicha 6683 mln. so’mlik ish bajarildi. Buning natijasida 4702 ming kv.m hajmdagi yo’l to’liq ta’mirdan chiqarildi.
2009 yilda yanada ishonchli transport xizmati ko’rsatish uchun qabul qilingan qo’shimcha chora-tadbirlar bilan bir qatorda xalqaro ahamiyatga molik umumiy foydalanishda bo’lgan 400 kilometrdan ortiq avtomobilь yo’lini modernizatsiya qilish ko’zda tutilmoqda.
Jumladan, Beynov – Buxoro – Samarqand – Toshkent – Andijon yo’nalishi bo’yicha 4 qatorli xalqaro avtomobilь yo’lini, shuningdek, Buxoro – Olot va Samarqand – G’uzor yo’llarining strategik uchastkalarini qurish mo’ljallanmoqda (3-jadval).
3-jadval
O’zbek milliy avtomagistrali tarmog’i tarkibiga kiruvchi
avtomobil yo’llari
O’zbek milliy avtomgistrali yo’nalishlari va uning tarkibiga kiruvchi avtomobil yo’llari nomi
|
Umumiy uzunligi, km
|
4 qatorli qismlar uzunligi, km
|
2 qatorli qismlar uzunligi, km
|
Beyneu-Qo’ng’irot-Buxoro-Navoiy-Samarqand-Toshkent-Andijon
|
2047
|
908
|
1139
|
Beyneu-Qo’ng’irot
|
328
|
-
|
328
|
Qo’ng’irot-Nukus
|
111
|
16
|
95
|
Nukus-Buxoro
|
540
|
3
|
537
|
Buxoro sh.ni aylanib o’tish
|
5
|
-
|
5
|
Buxoro-Navoiy
|
107
|
107
|
-
|
Navoiy-Samarqand
|
169
|
169
|
-
|
Samarqand-Toshkent
|
308
|
308
|
-
|
Toshkent-Andijon
|
387
|
305
|
82
|
Guliston-Ohangaron
|
92
|
-
|
92
|
Buxoro-Olot
|
98
|
83
|
15
|
Buxoro-Qarshi-G’uzor-Termiz
|
436
|
241
|
195
|
Buxoro-Qarshi
|
177
|
177
|
-
|
Qarshi-G’uzor
|
48
|
48
|
-
|
G’uzor-Termiz
|
211
|
16
|
195
|
Samarqand-G’uzor
|
174
|
22
|
152
|
Jami:
|
2755
|
1254
|
1501
|
Transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan mablag’lar investitsiyalar umumiy hajmida muhim o’rin egalladi. O’tgan yilning o’zida faqat avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 378 million dollarga teng bo’lgan mablag’ o’zlashtirildi va bu 2009 yilga qaraganda 31,5 foiz ko’p demakdir. SHuning hisobidan mamlakatimizda 270 kilometrlik zamonaviy avtomobil yo’li foydalanishga topshirildi. O’zbekiston milliy avtomagistrali loyihasi tarkibiga kiradigan sement-beton qoplamali 222 kilometrlik avtomobil yo’lini qurish va rekonstruksiya qilish uchun Osiyo taraqqiyot banki bilan 600 million dollar miqdorida kredit mablag’larini jalb qilish to’g’risida shartnoma imzolandi. 2010 yilda xalqaro transport logistika markazlarini rivojlantirishga doir ishlar davom ettirildi. Navoiy shahridagi aeroportda foydalanishga topshirilgan “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazining yuk terminali orqali 50,1 ming tonna yoki 2009 yilga qaraganda 3 barobar ko’p yuk tashildi. Angren shahridagi Xalqaro logistika markazi tomonidan 4 million tonnadan ortiq yuk tashish amalga oshirildi, mamlakatimiz mintaqalari va Farg’ona vodiysi viloyatlari o’rtasida yil davomida uzluksiz avtotransport qatnovi ta’minlandi.6
3.Mamlakatni modernizatsiyalash jarayonida ijtimoiy infratuzilmani boshqarish samaradorligini oshirish
Hozirgi vaqtgacha ijtimoiy infratuzilmaning kompleks rivojlantirish darajalarini belgilovchi normativlar tizimi ishlab chiqilmagan. Amaldagi idoraviy me’yorlar va normativlar odatda, ijtimoiy maqsadlarga yo’naltiriladigan resurslardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi tizimiga asoslanadi. SHaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarini rejalashtirishda Hamda qurishda qo’llaniladigan qurilish me’yorlari va qoidalari majburiy tusda emas, chunki ularda qishloq joylar va shahar manzillari ijtimoiy infratuzilmasi o’rtasidagi aloqa Hisobga olinmaydi.
SHu tufayli ijtimoiy infratuzilma barcha unsurlarini majmua tarzida muvozanatlangan rivojlantirishga erishib ham bo’lmaydi. Undan tashqari, tavsiya etilayotgan ko’pgina me’yorlarni zudlik bilan qayta ko’rib chiqish talab etilmoqda. Ijtimoiy infratuzilmaning me’yoriy bazasi va ijtimoiy normativlar tizimi quyidagilardan iborat bo’lishi kerak:
-
maqsadli normativlar.
b) ijtimoiy infratuzilma muassasalari xizmatlari bilan ta’minlanishning eng kam darajasi;
v) faoliyat sharoitining kompleks ijtimoiy andozalari;
g) iqtisodiy normativlar (qiyosiy sarflar normativlari, foydalanilayotgan resurslar uchun to’lovlar).
SHu tariqa insonning uy-joyga ega bo’lish, sog’lig’ini saqlash, ta’lim olish, hordiq chiqarish, mehnat qilish va hokazo huquqlari amalga oshadi. Mazkur eng kam daraja ijtimoiy iste’mol fondlari hisobiga ta’minlanishi shart, bu holda ular turmush jami sharoiti bo’yicha barcha ijtimoiy guruhlarni yaqinlashtirish rolini o’ynaydi. Bu jihatdan ayrim iqtisodchi olimlarning uy-joy qurilishini o’tkazish to’g’risidagi fikrlariga qo’shilish lozim, bunda davlat turarjoy maydoni va obodonlashtirish bo’yicha belgilangan, ijtimoiy kafolotlangan me’yor doirasida turarjoy binosining bir qismini qurish uchungina mablag’ ajratadi.
Ijtimoiy normativlar tizimini ishlab chiqishda mintaqaviy xususiyatlar, shahar va qishloq joylarda, aholi turmush tarzi va boshqa ko’p jihatlar o’rtasidagi tafovfutlarni hisobga olmoq lozim. Ular doirasida quyidagi jamlama omillarni ajratish mumkin:
Jo’g’rofiy omillar – aholi joylashuv tarkibi, shaharlashuv (urbanizatsiya) darajasi; biologik iqlim xususiyatlari, tabiiy iqlim sharoitining mehnat tusi va rejimiga, xalq xo’jaligining ixtisoslashuvi, me’morchilikka ta’siri, rekreatsiya imkoniyatlari va ulardan foydalanish darajasi; tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik va tabiatdan foydalanish xususiyati.
Demokrafik omillar – aholining ko’payish rejimi, uning soni, tarkibi va tabiiy ko’chib yurish ta’sirida joylashuvning o’zgarishi, aholi migratsiyasi va safarbarligi; aholi va mehnat resurslarining jinsiy va yosh tarkibi; oilalarning shakllanishi, o’sish va ajratish sharoiti, ularning turi va tarkibi, migratsiya tusi, migratsiya oqimlari tarkibi, aholining milliy tarkibi, ayrim millatlar va elementlarni zich yoki tarqoq yashash darajasi:
Ijtimoiy omillar – ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish darajasi va o’sish istiqboli, mintaqaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi ulushi; Hozirgi bosqichda va istiqbolda xalq xo’jaligining tarkibi, boshqaruv tizimi, mintaqada ilmiy-texnik taraqqiyoti tusi, shahar va qishloq aholisining turmush tarzi, milliy va maishiy xususiyatlar, an’anaviy etnik qadriyatlar, ularning me’morchilikda aks etishi; mintaqada yashovchi millatlar va elatlarning, milliy va etnografik guruhlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi hamda madaniy ehtiyojlar tusi va til taraqqiyoti.
Mazkur omillarni mintaqaviy xususiyatlar va boshqa alomatlardan kelib chiqib, sifat va aralash tavsiflar bo’yicha tashkil qilish; ulardan hal etish zaruratiga ko’ra, eng dolzarb omillarni ajaratish mumkin. Iqtisodiyotning ijtimoiy sohaga yo’naltirilishi ijtimoiy infratuzilmani mustaqil boshqaruv ob’ekti, uni rivojlantirish muammolariga tizimli yondashuv sifatida alohida ajratib olishni shart qilib qo’yadi.
Infratuzilmaning yaxlit boshqaruv ob’ekti sifatida ajratilishi butun xalq xo’jaligi muvozanatli va mutanosiblik asosida rivojlantirilishi, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarga barham berish imkonini yaratadi. Ijtimoiy adolat printsiplarini ro’yobga chiqarishdan iborat maqsad ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalarini mahalliy boshqaruv idoralari, hokimliklar qo’liga topshirishni taqozo etadi.
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish muammolari ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni davlat vazifasi darajasiga ko’tarishni, ayni vaqtda moliyalash manbaidan qat’i nazar, nivestitsiya siyosatini, uni amalga oshirishning barcha belgilangan afzalliklari bilan birga qayta ko’rishni taqozo etadi.
Mamlakatni modernizatsiyalash davrida iqtisodiyot tarmoq tarkibini mintaqalar kesimida tashkil etish va rivojlantirish iqtisodiy siyosat sohasida strategik ahamiyat kasb etib, bu borada mamlakat Prezidenti o’zining 2010 yil 21 yanvardagi Vazirlar Mahkamasi majlisida so’zlagan ma’ruzasida shunday ta’kidlaydi: “Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategik maqsadni amalga oshirishning mantig’i mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlangan va O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini 2011 yildagi asosiy ustuvor yo’nalish sifatida davom ettirishni taqozo etmoqda.
Bu o’rinda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mamlakatimizdagi xom ashyo va resurslarga boy mavjud manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni taьminlaydigan istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlari haqida so’z bormoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash biz uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida izchil davom ettiriladi”7.
Albatta, bu borada Prezident ma’ruzasida iqtisodiyot real sektor tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Lekin, ayni paytda mamlakat rahbari yuqorida belgilangan vazifalarning izchil ijrosini ta’minlash borasida xizmatlar sektori rolini ham alohida ta’kidlab o’tadi: “Bizning 2011 yilgi va istiqbolga mo’ljallangan iqtisodiy dasturimizni amalga oshirishda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal ravishda rivojlantirish ustuvor yo’nalishga aylanishi darkor.
Bu muhim ustuvor vazifani izchil amalga oshirish uchun 2015 yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan maxsus dastur ishlab chiqilgan bo’lib, u iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakatimiz hududlarini istiqbolli rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan dastur bilan uzviy bog’liqdir”.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Infratuzilma – ijtimoiy va iqtisodiy ishlab chiqarish uchun normal shart-sharoitlarni ta’minlovchi tarmoq va sanoat majmuidir. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining bo’linmas qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish mablag’larining ishlashi hamda uzoq muddat ishlashini ta’minlaydigan tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini kelgusida yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini tashkil etish va ularning maqsadga muvofiq ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo’jaligi korxonasining iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog’liq.
Ijtimoiy infratuzilma murakkab vazifalar tizimidan iborat bo’lib, unda barcha unsurlar o’zaro bog’langanki, ulardan birining rivojlanishdan ortda qolishi boshqalaridan samarasiz foydalanilishiga sabab bo’ladi. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimi hukm surgan sharoitda ijtimoiy infratuzilmani moliyalash manbalari faqat markazlashtirilgan fondlar va elementlar bilan cheklangan bo’lib, ulardan foydalanish tartibi hamda yo’nalishi juda qattiq nazorat qilinar edi.
Hozirgi vaqtgacha ijtimoiy infratuzilmaning kompleks rivojlantirish darajalarini belgilovchi normativlar tizimi ishlab chiqilmagan. Amaldagi idoraviy me’yorlar va normativlar, odatda, ijtimoiy maqsadlarga yo’naltiriladigan resurslardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi tizimiga asoslanadi. SHaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarini rejalashtirishda hamda qurishda qo’llaniladigan qurilish me’yorlari va qoidalari majburiy tusda emas, chunki ularda qishloq joylar va shahar manzillari ijtimoiy infratuzilmasi o’rtasidagi aloqa hisobga olinmaydi. Shu tufayli ijtimoiy infratuzilma barcha unsurlarini majmua tarzida muvozanatlangan rivojlantirishga erishib ham bo’lmaydi.
O’zbekiston mustaqil bo’lganidan keyin, sog’liqni saqlash muassasalari sonini oshirish hisobiga rivojlandi. Hozirgi vaqtga kelib, tibbiy muassasalar infratuzilmasi qayta qurilmoqda. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti (USSG) mutaxassisilarining fikricha, moliyalashtirishning asosiy manbalari: davlat byudjeti 60%, tibbiy sug’urta 30% va pulli xizmatlar 10%. SHunday qilib, umuman, to’la ijobiy ifodaga ega bo’lgan jarayon hozirgi sharoitda aholining tibbiy xizmatlarni iste’mol qilishda keskin tabaqalashuviga olib kelish ehtimoli bor.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ijtimoiy infratuzilma taraqqiyotini boshqarishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
-
respublika, tarmoq va hududiy boshqaruv idoralarining vazifasi hamda maqsadlari, mulkiy huquqlarini chegaralash;
-
qishloq kengashlari, tuman, shahar va viloyat hokimliklari rolini qayta ko’rib chiqish;
-
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini hisobga olib, ijtimoiy sohada qayta qurish dasturini ishlab chiqish;
-
Hujjatlar va tavsiyalar, me’yoriy yo’riqnomalar bazasini tayyorlash;
-
mintaqaviy xususiyatlar va omillarni hisobga olish, bularga ijtimoiy me’yor ko’rsatkichlari tizimini ishlab chiqishga e’tibor qaratish;
-
uy-joy muammolariga e’tibor berish va yakka tartibda uy-joy qurilishini rivojlantirish. Shahar joylarda ijtimoiy infratuzilma taraqqiyotini boshqarish muammolari quyidagilardan iborat;
-
ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda mo’ljallangan mablag’lar va resurslarni boshqarishga oid barcha vazifalarning mahalliy boshqaruv idoralari qo’lida hqiqatan jamlanishiga erishish;
-
xo’jalik yuritish va tarmoqlar hmda hududlarning o’zaro ta’siri tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish;
-
mintaqalar o’rtasida va ichida, uning unsurlari, vertikal va gorizontal tuzilmalari o’rtasida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdagi nomutanosibliklarga barham berish;
-
shahar va qishloq ijtimoiy infratuzilmasini yanada integratsiya qilish, bunda ish tizimlariga xos ijobiy jihatlarni butun choralar bilan rivojlantirish hamda ularning noxush jihatlarini imkon qadar cheklash (yoki bartaraf qilish) maqsadini ko’zlash;
-
shaharni ijtimoiy qayta qurishning maqsadli, kompleks dasturini tuzish va amalga oshirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, faol demografik siyosat yuritish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
-
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: “Adolat”, 1992
-
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida. 2008 yil 18 noyabrь, PF-4053-son.
-
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida. 2008 yil 28 noyabrь, PF-4057-son.
4. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. – Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2010 yil 28 yanvar.
5. Abduganiev A. Qishloq xo’jaligi iqtisodi. Darslik. -T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Adabiyot jamg’armasi, 2004.
6. Abduvoxidov A. «Axborotlashtirish infratuzilmasi va taraqqiyot». - T.: «Iqtisod va Hisobot», 10-son, 1997 .
7. Abdullaev O. Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. – T.: Yangi asr avlodi. 2010.
8. Vahobov A. Qishloqda ijtimoiy soha. «Iqtisod va hisobot», 2-son, 1996.
9. Vahobova U. Qishloqda bozor infratuzilmasi. «Iqtisod va hisobot», 5-son, 1997.
10. Vahobov A., Ismoilova B. Qishloqda bozor infratuzilmasi. «Iqtisod va hisobot», 5-son, 1997.
11. Norboev E. Qishloqda ijtimoiy himoyalash. Iqtisod va hisobot jurnali, 11-son, 1996.
12. Salimov B.T., O’roqov N.I. Qishloq xo’jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2004.
13. SHadmanov E.SH. Mamlakatni modernizatsiyalash jarayonida iqtisodiyotni muvozanatli va mutanosibli rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari //I.f.d. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati. – T.: 2011. 47 bet
Internet saytlari
14.O’zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali http://www.gov.uz
15.Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti. www.tsue.uz
16.Ta’lim resurslari portali http://www.ziyonet.uz
18.Toshkent moliya instituti http://www.tfi.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |