Mustaqillik yillarida milliy sug‘urta bozorining shakllanishi va uni tartibga souvchi qonunchilik bazasining yaratilishi
O‘zbekiston mustaqillikni e’lon qilganidan so‘ng eng avvalo iqtisodiy sohalarni rivojlantirishga katta etibor qaratdi. Sug‘urta sohasi ham ana shunday sohalardan biri edi. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror va uzluksiz faoliyat yuritishi, aholining shaxsiy va mulkiy manfaatlarining saqalanishida sug‘urta muhim mexanizm vazifasini o‘tashi hammaga ma’lum. O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridanoq sug‘urta faoliyatini yangidan tashkil qilish ishlarini boshlab yuborildi. Bu yo‘lda eng avvalo milliy qonunchilik bazasini yaratish va mukammallashtirish vazifasini amalga oshirish asosiy maqsad qilib belgilandi.
Milliy sug‘urta bozorining shakllanishi ikki yirik davrga ajratish mumkin, ya’ni, birinchi davr - 1991-2000 yillarni, ikkinchi davr - 2002 yildan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi.
Respublika hududida qariyb barcha sug‘urta operatsiyalari Moliya vazirligi huzuridagi davlat sug‘urta bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilar edi. Davlat mulkini hususiylashtirish va monopoliyaga barham berish chora tadbirlarining amalga oshirilishi, mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishiga olib keldi. Buning natijasida sug‘urta bozorida hususiy mulkka asoslangan sug‘urta tashkilotlari vujudga kela boshladi. Bu shubhasiz faoliyatni tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi qonun hujjatlarini qabul qilishni talab qildi. 1993 yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasi oily kengashi tomonidan “Sug‘urta to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi shu yo‘ldagi ilk qadam bo‘ldi. Ushbu qonun, ilk bor sug‘urta faoliyatini iqtisodiy kategoriya ekanligini, sug‘urta bozori shakllanishining huquqiy asoslarini, resbublikaning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida sug‘urtaning alohida ahamiyati borligini yoritib
berdi. “Ushbu qonunning qabul qilinishi milliy sug‘urta bozorida davlat sug‘urta monopoliyasiga barham berdi”.21
Milliy sug‘urta bozorining rivojida sug‘urta turlarinig xilma-hilligi alohida ahamiyatga ega. Sug‘urta turlari ichida mol mulk sug‘urtasi iqtisodiy jihatdan eng samari sug‘urta turi bo‘lib, bunda har ikki tomon manfaati yuqori darajada belgilanadi. Mol mulk sug‘urtasi iqtisodiy barqarorlikni taminlovchi muhim omil hisoblanadi.
Mustaqillikning ilk yillari, sug‘urta faoliyati yangi bosqichga o‘tayotgan bir paytda umumiy sug‘urta turlari orasida mol mulk sug‘urtasining ulushi ancha kamayib ketdi. Bu vaziyatni yumshatish va sug‘urta turning ulushini oshirish maqsadida 1993 yilning oxirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan qishloq xo‘jaligi korxonalarining mol mulkini majburiy sug‘urtalash joriy etildi.
Asta sekinlik bilan sug‘urta bozorida monopoliyaga barham berila boshlandi. “1994 yil oxirlarida mamlakat nodavlat sektorida 60 dan ortiq sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsata boshladi.”22 Bu shundan dalolat berar ediki, milliy sug‘urta bozorida davlat sug‘urta tashkilotlari qatorida ko‘pgina hususiy sug‘urta kompaniyalari vujudga kelib bozorda raqobat tushunchasining yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Endilikda ayni vaziyatda davlatning sug‘urta bozorida tutgan o‘rnini yanada mustahkamlash masalasi vujudga keldi. Bu yo‘ldagi birinchi qadam, Moliya vazirligi huzuridagi davlat sug‘urta bosh boshqarmasi faoliyatini to‘xtatilishi va uning zamirida davlat mulki asosidagi sug‘urta kompaniyalarini tashkil etish bo‘ldi. Bu davrga kelib sug‘urta bozorida bir qancha nodavlat sug‘urta kompaniyalari o‘z faoliyatini ancha mustahkamlab olgan holda faoliyat yuritayitgan edi. Shular jumlasida, milliy sug‘urta bozorining nodavlat sektorida birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan va eng ko‘p sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirgan va hozirda ham milliy sug‘urta
21 X.M.Shennayev “O‘zbekiston sug‘urta bozori”- Toshkent – “Iqtisod-Moliya”. 2013 y. 18 s.
22 X.M.Shennayev “O‘zbekiston sug‘urta bozori”- Toshkent – “Iqtisod-Moliya”. 2013 y. 19 s.
bozorimida faoliyat yuritayokgan “ARK sug‘urta guruhi” (hozirda “ARK sug‘urta”) ni aytish mumkin.
Davlat mulkiga asosi tashkil etilgan ilk sug‘urta kompaniyasi bu “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasidar. Kompaniya 1994-yil 13-aprelda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga binoan tashkil erildi. Shu davrdan boshlab sug‘urta tashkilotlari taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqildi. Xususan, mamlakatda xususiy mulkchilikning turli shakllariga asoslangan tadbirkorlik va biznes faoliyatlarining ko‘payishi o‘z navbatida ularga sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini ham ortishiga omil bo‘lib xizmat qildi. Biroq xususiy tadbirkorlik va kichik biznes mamlakat iqtisodiyotining muhum bo‘g‘ini hisoblanganligi sababli, bu vaziyatda ham “davlat bosh islohotchi” tamoiliga rioya etildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 26- iyuldagi “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni sug‘urtaviy himoya qilish bo‘yicha agentlikni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga binoan “Madad” sug‘urta agentligi tashkil etildi. “Madad” sug‘urta agentligi faoliyatining dastlabki kunlaridanoq respublikada tadbirkorlikni va kichik biznes subyektlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Biznes fond hisobidan berilgan kreditlarga imtiyozli tariflar asosida sug‘urta himoyasini taqdim eta boshladi.
Bu davrga kelib sug‘urta sohasi asta sekinlik bilan yangi bosqichga qadam qo‘ya boshladi. Sug‘urta qonunchiligi ham o‘z navbatida takomillashtirila boshlandi. 1995-yil 1-yanvardan transport vositalari va boshqa o‘zi yurar mashina va mexanizmlaregalarining uchinchi shaxslarga zarar keltirishi bo‘yicha javobgarligini majburiy sug‘urta qilish joriy etildi. Bu bilan sug‘urtaning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratildi va uning ijtimoiy himoya funksiyasining amal qilishi uchun zamin yaratildi.
Sug‘urta faoliyatiga oid qonunchilikning yangi bosqichi 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qabul qilinishi bilan boshlandi. Bizga ma’lumki, sug‘urta eng avvalo fuqarolik munosabatlariga taalluqli bo‘lgani bois, ushbu faoliyatning huquqiy munosabatlarini tavsiflash va tartibga
solish ushbu kodeksda o‘z aksini topdi. Kodeksning aynan 52 bobi sug‘urta faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu bob “Sug‘urta” deb nomlandi. Ushbu bob 47 moddadan iborat bo‘lib, sug‘urta shartnomasi, uning shakli, sug‘urta shartnomasining muhim shartlari, sug‘urtaning shakllari va turlari, sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydigan manfaatlar, sug‘urta siri, sug‘urta mukofoti va badali, qo‘shaloq sug‘urta va boshqa shu kabi normalarni o‘z ichiga olgan.
Fuqarolik kodeksining qbulqilinishi endilikda mamlakat sug‘urta bozorida sifat tushunchasining yanada mustahkamlanishi, qonunchilik talablari muvofiq ravishda zamon talablariga mos keladigan va istemolchilar manfaatlarini inobatga oluvchi xizmatni ko‘rsatish lozim ekanligini belgilab berdi. Endilikda asta sekinlik bilan bevosita davlat ulushi asosida davlat sug‘urta kompaniyalari tashkil etila boshlandi.
Respublikamiz iqtisodiyoti, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoning boshlanishi bilan asta sekin oyoqqa tura boshladi. Mamlakatda ishlab chiqarish hajmi ko‘payib jahon bozoriga integratsiyalashuv holati mustahkamlasha boshladi. Bunda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari eksport qilinishi va xorijiy investorlarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya mablag‘larini olib kirishlar muhum omil bo‘lib xizmat qildi. Biroq bu holatda, ham mahalliy eksportchilarning, ham xorijiy investorlarning manfaatlarini saqlash, ularning faoliyatlarini siyosiy va tijorat risklaridan himoya qilish masalasi qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 18- fevraldagi PF-1710 sonli Farmonining imzolanishi yuqoridagi masalaning yechimi bo‘lib xizmat qildi. Ya’ni, mahalliy eksportchilar va xorijiy investorlarning manfaatlarini siyosiy va tijorat risklaridan sug‘urta yo‘li bilan hinoyalash maqsadida “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi endilikda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi sifatida qayta tashkil etildi. Tasischilari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bo‘lgan yangi kompaniya 60 mln. AQSH dollari miqdorida ustav kapitaliga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi o‘zining alohida o‘rniga ega. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining sezilarli darajadagi qismi qishloq xo‘jaligi va agrar sohaga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga aholining katta qismi qishloq joylarda yashovchilar bo‘lib hisoblanadi. Agrar sohani rivojlantirish va uni sug‘urta yo‘li bilan himoya qilish va mamlakatning barcha hududlarida aholining shaxsiy va mulkiy manfaatlarini ko‘zlagan holda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25- fevraldagi PF-1713 sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-martdagi 125-sonli qaroriga muvofiq “O‘zagrosug‘urta” Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, shu yilning o‘zida, respublika miqyosida barcha yuridik hamda jisminy shaxslarga yanada qulay va maqbul sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997- yil 14-martdagi 144-sonli qaroriga muvofiq “Kafolat” Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, davlat, sug‘urta sohasining rivoji va mamlakatda ham ijtimoiy, ham iqtisodiy barqarorlikni taminlashda sug‘urta mexanizmining samarali xizmat qilishi uchun barcha jabhalarda o‘zgarish va yangilanishlarni amalga oshirdi. Endilikda, sohaning ko‘zlangan maqsadlar yo‘lidan borishi va qonunchilikga rioya etgan holda faoliyatni amalga oshirib, kutilgan natijalarga erishishini nazorat qilish lozim bo‘ldi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida” gi 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ sifatida belgilandi hamda vazirlik xuzurida Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etildi.
XXI asrning kirib kelishi bilan O‘zbekiston sug‘urta bozori rivojlanishining yangi ikkinchi bosqichi boshlandi.
Respublikada sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun bo‘lgan “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonun yangi iqtisodiy taraqqiyot darajalariga mos
kelmay qoldi. Sug‘urta bozorida mavjud sug‘urta tashkilotlarining endilikda sifatli ximat ko‘rsatishlari, qonunchilik talablari to‘liq rioya etishlari va istemolchilar huquqlarini poymol qilmagan holda faoliyat yuritishlari talab etildi. Ular ustidan davlat nazoratining kuchaytirilishi qatiy maqsad qilib belgilandi. Shu sabablarga ko‘ra amaldagi qonun yuqorida keltirilgan talablarni to‘laqonli yoritmagani bois yangi qonun loyihasi ustida ish boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yil 5-aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi yangi, maxsus qonun sifatida amaliyotga joriy etldi. Yangi qonun - sug‘urta va sug‘urta faoliyati, uning professional ishtirokchilari, maxsus vakolatli davlat organi, sug‘urtalovchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularning faoliyatini litsenziyalash, sug‘urtalovchilar zaxiralari, sug‘urtalovchilar buxgalteriya hisobi va chet el sug‘urta tashkilotlari kabi muhim normalarni o‘zida aks etgan 29 ta moddadan iborat.
Qonunda belgilangan eng muhum dolzarb masala bu sug‘urtalovchilar faoliyatini litsenziyalani va ular ustidan qatiy davlat nazoratining o‘rnatilishidir. Chunki yuqorida takidlaganimizdek sug‘urta faoliyati ham iqtisodiy ham ijtimoy jihatdan davlat va aholi manfaatlarini himoya qiluvchi va shu bilan birga o‘z faoliyatini yurituvchu sohadir. Shu sababdan faoliyatni litsenziyalash talab etiladi.
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi soha rivojidagi yangi sahifani ochib berdi. Qonun qabul qilingandan so‘ng, uning normalariga muvofiq shart-sharoit yaratish vazifasi boshlandi. Eng avalo, qonunda keltirilganidek faoliyatni alohida tarmoqlarga ajratish, ularning turlarini belgilash hamda faoliyatni litsenziyalash va nazorat qilish kabi vazifalar yuklatiladigan maxsus vakolatli davlat organini tashkil qilish vazifalarining birinchi navbatda bajarilishi belgilab olingi.
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 31-yanvardagi “Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi
PF-3022 sonli Farmoniga binoan belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 27-noyabrda “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 413-sonli qarori qabul qilindi.
Qrorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sug‘urta faoliytini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi. Qarorning birinchi ilovasiga muvofiq “Sug‘urtalochilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Nizomga binoan, “Sug‘urtalochilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”23 deb belgilangan.
Ushbu Nizomda Sug‘urta faoliyati klassifikatori 1-ilovaga binoan tasdiqlangan bo‘lib, unga binoan O‘zbekistonda sug‘urta faoliyati ikki tarmoqqa ajratildi. Bular hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i va umumiy sug‘urta tarmog‘idir.
Sug‘urta faoliyati klassifikatori ja’mi 21 ta klassdan iborat bo‘lib, shulardan 4 ta klass hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga va 17 klass umumiy sug‘urta tarmog‘iga mansubdi.
Klasslar bu sug‘urtaning asosiy turlari bo‘lib hisoblanib, ularga ko‘ra muayyan sug‘urta turining mazmuni va sug‘urta qilish bo‘yicha talablar bayon etilgan. Respublika hududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan sug‘urta kompaniyasi ikki tarmoqdan birini tanlab, ushbu tarmoqda faoliyat yuritish huquqqini beruvchi litsenziya oladi. Aynan litsenziyada sug‘urta kompaniyaqsining qaysi tarmoqga mansub ekenligi va qaysi sug‘urta turlari (klasslari) ni amalga oshirish mumkin ekanligi keltirib o‘tilgan.
Shuni alohida takidlab o‘tish lozimki, umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyasi bir vaqtning o‘zida hayot sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yuritish huquqiga ega emas, va aksincha, hayot sug‘urta tarmog‘ida faoliyat olib borayotgan kompaniya umumiy sug‘urta tarmog‘ida
23 “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli Qarorga 1-ilova-“Sug‘urtalochilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom , 2-modda, www.mf.uz
faoliayt yuritishi mumkin emas, biroq, umumiy sug‘urta tarmog‘ining I va II klasslari bundan mustasno.
Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga mansub klasslar:
Hayot va annuitetlar;
Nikoh va tug‘ilish;
Hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish;
Sog‘liqni sug‘urta qilish.
Umumiy sug‘urta tarmog‘iga mansub klasslar:
Bahtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilis;
Kasalliklardan ehtiyot shart sug‘urta qilish;
Yer usti transport vositalarini sug‘urta qilish;
Harakatlanadigan temiryo‘l tarkibini sug‘urta qilish;
Aviatsiya sug‘urtasi;
Dengiz sug‘urtasi;
Yo‘ldagi mol-mulkni sug‘urta qilish;
Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish;
Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish;
Avtofuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish;
Aviatsiya sug‘urtasi doirasidagi javobgarlikni sug‘urta qilish;
Dengiz sug‘urtasi doirasidagi javobgarlikni sug‘urta qilish;
Umumiy fuqarolik javobgarlikni sug‘urta qilish;
Kreditlarni sug‘urta qilish;
Kafillikni (kafolotlarni) sug‘urta qilish;
Boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish;
Huquqiy himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta qilish.
Yuqorida keltirilgan sug‘urta klasslari sug‘urta turlari yoki ularning umumiy shakllari bo‘lib hisoblanadi. Sug‘urtalovchi aynan shu klasslar doirasida faoliyat yuritadi. Sug‘urta faoliyati klassifikatorning qabul qilinishi, sug‘urta xizmatining sifatini tubdan o‘zgartirdi.
Endilikda sug‘urta bozorida faqatgina litsenziyaga ega sug‘urta kompaniyalar faoliyat yurita boshladi.
Xozirgi kunda, O‘zbeiston sug‘urta bozorida 30 ta sug‘urta kompaniyasi hamda 2 ta sug‘urta brokeri24 O‘zbeiston respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan litsenziyalar asosida faoliyat yuritib kelishmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maydagi PQ-1544-sonli Qaroriga asosan sug’urta kompaniyalari ustav kapitalining minimal miqdorlari quyidagicha belgilangan.
2.1.1-jadval
Sug’urta kompaniyalari ustav kapitalining minimal miqdorlari25
Do'stlaringiz bilan baham: |