Kafedrasi xudayarova xurshida abdunazarovna



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/267
Sana07.01.2022
Hajmi3,54 Mb.
#325594
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   267
Bog'liq
BMM UMK

 
 
2.Banklararo raqobatning asosiy shakllari va uning tasnifi. 


 
Tijorat  banklari  щrtasidagi  raqobat  bir  necha  darajalardan  iborat  bo‘ladi. 
Jumladan:  
1. Tijorat banklari o‘rtasidagi raqobat ( universal va ixtisoslashgan banklar). 
2.  Banklarning  boshqa  moliya-  kredit  muassasalari  bilan  o‘zaro  raqobatini 
tushunamiz.  Bunga  banklarning  investitsiya  fondlari,  sug‘urta  kompagniyalari, 
brokerlik kompaniyalari va boshqalar bilan bo‘ladigan raqobatini tushunamiz.  
3.  Tijorat  banklarning  uchinchi  darajali  raqobatida  savdo  uylari, 
telekommunikatsion kompaniyalari, posta aloqasi va boshqalarni kiritish mumkin. 
Jahon amaliyotida banklararo raqobatni 2 darajasi keng tarqalgan bo‘lib, unga 
ko‘ra raqobat alohida kredit muassasalari o‘rtasida mavjud bo‘lib va o‘zaro raqobat 
amalga  oshiriladi,    ikkinchisida  esa,  guruhlar  o‘rtasida  raqobat  bo‘ladi,  ya’ni 
moliya-sanoat guruhlari yoki bank sindikatlari o‘rtasida raqobat tashkil bo‘ladi.  
Banklararo  raqobatni  quyidagi  shakllarga  ajratib  o‘rganishimiz  maqsadga 
muvofiq hisoblanadi: 
1. Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat; 
2. Individual va guruhlar o‘rtasidagi raqobat; 
3. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat; 
4. Baholi va nobaho raqobat; 
5. Takomillashgan va takomillashmagan raqobat. 
Sotuvchi  va  xaridorlar  o‘rtasidagi  raqobat.  Bunda  banklararo  raqobatda 
ishtirok etuvchi sub’ektlar nuqtai-nazaridan sotuvchi va xaridorlar raqobati yuzaga 
keladi.  
Sotuvchilar  raqobati  –  ma’lum  xizmat  turlarini  belgilangan  bahoda  va 
miqdorda  taklif  etib  yuqori  foyda  olishga  qaratilagan  turli  bank  xizmatlari  va 
operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub’ektlar o‘rtasidagi raqobat  tushuniladi. 
Xaridorlar  raqobati  –ma’lum  xizmatlar  bahosini  va  unga  bo‘lgan  talabni 
shakllanishiga  ta’sir  qiluvchi  va  natijada  zarur  xizmatlarni  arzon  va  foydali 
sharoitda xarid qilish uchun xaridorlar o‘rtasidagi bo‘ladigan raqobatga aytiladi.  
Individual  va  guruhlar  o‘rtasidagi  raqobat  bo‘lishi  banklararo  raqobatda 
sub’ektlar konsentratsiya darajasiga muvofiq bo‘linishidir. 
Individual raqobatda bir nechta banklar va boshqa sub’ektlar ishtirok etib ular 
o‘rtasida raqobat shakllanadi. Guruhlar o‘rtasidagi raqobatda banklar uyushmalari, 
sindikatlari va boshqa birlashmalar ko‘rinishida o‘zaro raqobatning yuzaga kelishi 
hisoblanadi. 
Raqobatda  ishtirok  etuvchilarning  qaysi  tarmoqqa  egaligi  bo‘yicha  tarmoq 
ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘lib o‘rganamiz. Tarmoq ichidagi raqobatda 
bir  tarmoqqa  tegishli  sub’ektlar  raqobatga  kirishadi  va  bir  xil  xizmat  va 
operatsiyalarini taklif etish orqali o‘zaro raqobatlashadi. Masalan, omonat qo‘yish 
sohasida  banklar  tomonida  bir  xil  stavkada  omonatlarni  jalb  qilish  taklif  etilgan 
bo‘lsa,  u  holda  mijozlar  ishonchli  va  barqaror  banklar  xizmatidan  foydalanadi. 
Banklar  tomonidan  bir  xil  tarmoqlar  bo‘yicha  xizmatlar  taklif  etib  ular  o‘rtasida 
raqobat muhiti shakllanadi.  
Tarmoqlararo raqobat – bu raqobatda turli tarmoq banklari o‘rtasidagi raqobat 
tushuniladi.  Bunda  tijorat  banklari  tomonidan  turli  tarmoqlarga  o‘z  xizmatlarni 


taklif  etadi  va  ular  o‘rtasida  tarmoqda  o‘rnini  mustahkamlash  uchun  raqobat 
amalga oshiriladi. 
Banklararo  raqobatning    tarmoqlararo  raqobat  shakliga    xos  bo‘lgan  asosiy 
xususiyatlar: 
1.  Tijorat  banklari  faoliyatiga  nisbatan  xuquqiy  cheklovlarning  joriy 
etilganligi.  Bunday  cheklovlar  banklarning  mijozlari,  omonatchilari  va 
kreditorlarining  huquqlarini  himoya  qilishga  qaratiladi.  Masalan,  kapitalga 
qo‘yiladigan minimal talablar va boshqa iqtisodiy me’yorlar. 
2. 
Kredit 
resurslarining 
manbalariga 
egalik 
qilish 
imkoniyatning  
chegaralanganligi. Bu ayniqsa, hozirgi kunda respublikamiz bank tizimida mavjud 
bo‘lgan raqobat hisoblanadi. 
3. Bank mahsulotlarining tabaqalashtirilganligi. Bank mahsulotarining 
tabaqalashishi bank mahsulotlarining individuallashuvini talab etadi.  
Baholi  va  bahosiz  raqobat.  Baholi  raqobatda  tijorat  banklari  ko‘rsatadigan 
moliyaviy  xizmatlar  bahosini  pasaytirish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladigan 
raqobatga aytiladi. Ammo, banklar o‘rtasida baholi raqobatni cheklash quyidagilar 
bilan chegaralanadi: 
-  banklarning  kreditlari  bo‘yicha  foiz  stavkalar  yuqori  darajasiga  davlat 
tomonidan chegara belgilanishi mumkin. 
- bank foiz stavklarining shunday quyi chegarasi borki, bunda banklar foyda 
ololmasligi  va  natijada  zarar  ko‘rishi  mumkin.  Bunday  hollarda  banklar  bahosiz 
raqobatni afzal bilishadi.  
Baholi raqobatning o‘zi ikki turga bo‘linadi: 
1.  Ochiq  baholi  raqobat.  Bunda  bank  xizmatlari  bo‘yicha  baholar  pasaytirib 
boriladi va raqobat amalga oshiriladi;  
2. YOpiq baholi raqobat. Bank tomonidan yangi xizmatlar joriy etilib mijozlar 
bozorida bankning roli mustahkamlanadi va bank xizmatlarining bahosi o‘zgarishi 
sezilarli darajada bo‘lmaydi. 
Bahosiz  raqobat  banklar  tomonidan  ko‘rsatiladigan  moliyaviy  xizmatlar  va 
operatsiyalar  sifatining  o‘zgarishiga  asoslanib  raqobat  shakllanadi.  Moliyaviy 
xizmatlar  va  operatsiyalar  sifatini  belgilovchi  asosiy  menzonlar  quyidagilardan 
iborat: 

 
Mijozga xizmat ko‘rsatish tezligi;  

 
opersiyani amalga oshirish muddati;  

 
noaniqlik va xatolarning soni; 

 
bank tomonidan beriladigan maslahatning sifati, bank xizmatini mijoz 
taqdim etish xarajati yoki tannarxi hisoblanadi.  
 Banklararo  bozorning  monopollashuvi  jihatdan  banklararo  raqobat 
takomillashgan va takomillashmagan raqobatga bo‘linadi.  
Takomillashgan  raqobatda  turli  va  bir  nechta  banklar  tomonida  xizmatlar 
taklif qilinadi va ular o‘rtasida raqobat yuzaga keladi. Takomillashgan raqobatning 
asosiy jihatlari quyidagilar: 
- ishtirokchilar soni ko‘p bo‘ladi; 
- raqobat baholi  xarakterga ega va reklama va boshqa ko‘rinishlarda amalga 
oshiriladi. 


-  yangi  tashkil  etilgan  banklar  bunday  bozorarga  kirishi  va  mavjudlari  erkin 
tarzda chiqishi mumkin. 
Takomillashmagan raqobatda bir yoki bir nechta sub’ektlar faoliyati natijasida 
bozorga  ta’sir  o‘tkazish  orqali,  ya’ni  teng  bo‘lmagan  sharoitda  raqobatning 
bo‘lishidir. Takomillashmagan raqobatning 3 ta asosiy shakli keltirib o‘tiladi:  
- Monopolistik raqobat; 
- Oligopoliya;  
- Sof monopol raqobat. 
Moliyaviy  xizmatlar  bozoridan  monopolistik  raqobatda  bozorning  asosiy 
qismini  ma’lum    tijorat  banklari  guruhi  egallaydi.  Ushbu  banklar  ma’lum  xizmat 
va operatsiyalar bo‘yicha etakchi bo‘lishiga olib keladi. 
Oligopolistik raqobatda moliyaviy xizmatlar bozorida sanoqli tijorat banklari 
hukmronlik qiladi va moliyaviy xizmatlarni taklif etadi.   
Sof monopol raqobat raqobatda tijorat banki ma’lum xizmat turi yoki ma’lum 
hudud  bo‘yicha  bozor  yagona  bo‘lib  hisoblanadi.  Boshqa  tijorat  banklari 
bo‘lmaganligi  tufayli  ushbu  bank  xizmatlaridan  mijozlar  foydalanishga  majbur 
bo‘ladi. 
 

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish