Kafedrasi xudayarova xurshida abdunazarovna


-mavzu: Bank mahsulotlari va xizmatlari bozorini o‘rganish



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/267
Sana07.01.2022
Hajmi3,54 Mb.
#325594
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   267
Bog'liq
BMM UMK

8-mavzu: Bank mahsulotlari va xizmatlari bozorini o‘rganish 
Bank mahsulotlari va ularning turlari.  
Bank mahsulotlariga talab va uni shakllantirish omillari. 
Bank xizmatlarining turlari.  
Bank mahsulotlari bozorini o‘rganishning asosiy yo‘nalishlari.  
Bank xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish. 
Yangi bank xizmatlari va ularni tavsifi (SMS bank, Intsrnet bank, Mobil bank, Call 
markazlari)   
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank xizmatlarini rivojlantirish yo‘llari.
 
 
                                         1 Bank mahsulotlari va ularning turlari.  
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  banklar  faoliyatida  ularning  xizmatlarini  o‘rganish 
masalasi  asosiy  vazifalardan  biri  bo‘lib  qolmoqda.  Har  qanday  bank  hozirgi 
moliyaviy  bozorning  yuqori  darajada  rivojlanishi  bilan  iqtisodiy  barqarorlik 
bo‘lganda ham ma’lum jiddiy qiyinchiliklarni engib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Lekin 
inflyasiya darajasi yuqori va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu tashqi omillar 
tijorat  banklari  moliyaviy  tarkibiga  ta’sir  qilib,  xizmatlarini  sifatli  tashkil  etishni 
birinchi darajaga qo‘ymoqda.  
Bank xizmatlari bilan qondiriladigan moliyaviy ehtiyojlar dastlabki ishlab 
chiqarish  va  shaxsiy  ehtiyojlarning  hosilasi,  ya’ni  ikkilamchi  ehtiyojlar 
bo‘lib  hisoblanadi.  Albatta,  bank  xizmatlari  qondiradigan  ehtiyojlar  juda 
turli-xildir.  Bu  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  (bank  krediti  orqali  ishlab 
chiqarishni  kengaytirish,  mol  etkazib  beruvchilar  va  xaridorlar  bilan  hisob-
kitoblar  tizimi  orqali  ishlab  chiqarish  uzluksizligini  ta’minlash)  va  shaxsiy 
ehtiyojlar  (aktivlardan  olinadigan daromadlar  hisobiga boshqa  ehtiyojlarni 
qondiradigan,  pullar  va  boshqa  boyliklarni  omonatda  yoki  bank  seyfida 
saqlash  orqali  xavfsizligini  ta’minlash,  ulardan  foizli  daromadlarga  ega 
bo‘lish  va  boshq.)  bo‘lishi  mumkin.  Lekin  barcha  aytib  o‘tilgan  ehtiyojlar 
bevosita  bank  xizmatlari  bilan  qondirilishi  mumkin  emas.  Bank 
xizmatlari    dastlabki  ishlab  chiqarish  va  shaxsiy  extiyojlarniemas,  balki 
ularning  hosilasi  bo‘lgan  moliyaviy  ehtiyojlarni  qondiradi.  Bu  kredit 
muassasalari  o‘rtasida  mijozlarning  mablag‘lari  uchun  kurashib  o‘z 
mahsulotlari va xizmatlarini o‘tkazish bo‘yicha raqobatni kuchaytiradi. 
Bank  xizmatlari  deganda  tijorat  banklarining  tezkor  va  strategik  faoliyati 
hamda  samarali  boshqarish  bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  harakatlar  majmuasi 
tushuniladi.  Mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston  banklari  o‘z  xizmatlarini  etarli 
darajada shakllantirishga erishdi. Biroq, banklar o‘rtasidagi raqobat kurashi ularni 
qo‘shimcha mijozlar jalb etish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasi va sifatini 
kengaytirish uchun yangicha yondashishga undamoqda. 
Banklarda  mijozlarga  ko‘rsatiladigan  bank  xizmati  tushunchasi,  uning  bank 
operatsiyasi  va  bank  mahsuloti  tushunchalari  to‘g‘risida  to‘xtalib  o‘tmoqchimiz. 
Mahalliy  va  xorijiy  adabiyotlarni  o‘rganish  asosida  bank  xizmatlari  mazmunini 
ochib  berishga  harakat  qilamiz.  Bank  xizmatlarining  mohiyatini  ochib  berishda 
uning xususiyatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 


Bank xizmati bir qator o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 
1.
 
Mavhumlik 
2.
 
Xizmatning manbadan ajratilmasligi 
3.
 
Xizmatlar sifatining bebarqarorligi (bir xilda emasligi) 
4.
 
Bank xizmatlarining saqlanmasligi; 
5.
 
Bank xizmat ko‘rsatishining  shartnomaviyligi; 
6.
 
Bank xizmat kursatishining pul bilan bog‘liqligi; 
7.
 
Bankxizmatlaribilan qondiriladiganextiyojlarning ikkilamchiligi. 
1.  Mavxumlik  konsepsiyasi  ikki  tomonlama  xarakterga  ega.  Birinchidan, 
boshqa  xizmatlar  kabi  bank  xizmatlari  mijozlar  ulardan  foydalanishgacha  ularni 
sezish, ko‘rish va baholash mumkin emas. Buning sababi shuki, xizmatlar moddiy 
asosga  ega  emas.  SHu  sababliiste’molchilarxizmat  ko‘rsatishning  moddiy 
unsurlariga  katta  e’tibor  beradilar  –  bank  uskunasiga,  xizmat  ko‘rsatayotgan 
personalning 
tashqi 
ko‘rinishiga,  bank  imijiga  va  bank  tomonidan 
ko‘rsatilayotganxizmatlar  haqida  bilvosita  axborot  berishi  mumkin  bo‘lgan 
boshqalarga. 
Ikkinchidan, bank xizmatining xususiyati bo‘lib ularni qabul qilishga kiyinligi 
hisoblanadi. Boshqa ko‘p xizmatlardan farqli ravishda banklardaxizmat ko‘rsatish 
iste’molchilardan ma’lum saviya va ta’lim darajasini talab qiladi. 
2. 
Xizmatlarning 
manbasidan 
ajratilmasligi. 
Xizmat 
uni 
ko‘rsatuvchidan 
ajralgan 
holda 
mavjud 
bo‘lmaydi. 
Xizmatlarning 
manbalari 
bo‘lib 
insonlar 
yoki 
mashinalar 
bo‘lishi 
mumkin. 
Bank 
xizmatlari 
etarli 
tajriba 
va 
malakaga 
ega 
bo‘lgan 
bank 
xodimlaritomonidan  ko‘rsatiladi.  Oxirgi  paytlarda  zamonaviy  bank  tizimining 
rivojlanishi  va  texnik  jihatdan  taraqqiy  etishi  bilan  bank  xizmatlarining  manbasi 
bo‘lib  ko‘proq  elektron  vositalar  xizmat  qilmoqda.  Mijozlarning  o‘ziga  xizmat 
ko‘rsatuvchi    bank  xizmatlaridan  elektron  kanallar  orqali  foydalanish  imkoniyati 
paydo  bo‘ldi.  Lekin  personal  aloqa  hozir  ham  ko‘p  bank  xizmatlaridan 
foydalanishda zaruriy shart bo‘lib qolmoqda. 
3.  Xizmatlar  sifatining  bebarqarorligi.  Ko‘p  bank  muassasalari  mijozlarga 
xizmatlarning o‘xshash yoki hattoki bir xil yig‘indisini taklif qilishlariga qaramay 
bank mahsulotlarining mutloq bir xilligiga erishib bo‘lmaydi. Bu birinchi navbatda 
mijozlarning  turli  darajajagi  texnik  va  kommunikatsion  ta’minotga  ega  bo‘lgan 
bank  xodimlari  bilan  intensiv  muloqatda  bo‘lishini  ko‘zda  tutuvchi 
avtomatlashtirilmagan  xizmatlarga  tegishlidir.  Bundan  tashqari,  bitta  xodim 
vaziyat,  kayfiyat,  o‘zini  xis  qilishi  va  boshqalarga  bog‘liq  holda  xizmat 
ko‘rsatishning har xil darajasini ko‘rsatishi mumkin. 
4.  Bank  xizmatlari  bahosining  beqarorligi.  Banklarda    xizmatlarning  bahosi 
o‘zgarib  turadi,  ya’ni  foiz  stavka,  diskont  kurs  va  kotirovkalarni  ma’lum  davrda, 
kunlarda  yoki  hatto  kunning  turli  soatlarida  o‘zgarib  turishi  mumkin.  SHuning 
uchun yuqori talab davrlarida navbatlarning bo‘lmasligi uchun bank qanday chora-
tadbirlarni  ko‘rishini  avvaldan  rejalashtirishi  lozim:  boshqa  bo‘limlardan 
qo‘shimcha  xodimlarni  jalb  qilish,  avtomatizatsiya  vositalaridan  foydalanish  va 
boshqalar. 


5. Bank xizmat ko‘rsatishning shartnomali xarakterga ega. “Banklar va bank 
faoliyati  to‘g‘risida”  gi  qonunning  31-moddasiga  muvofiq  bankxizmatlarini 
ko‘rsatishda,  mijozlar  va  banklar  o‘rtasida  fuqarolik-huquqiyshartnomalarning 
tuzilishini ko‘zda tutadi. Xizmat ko‘rsatishning shartnomali xarakteri mijozga bank 
xizmatlarining  mazmuni  va  ularni  ko‘rsatishning  shartnomaviy  shartlarining 
batafsil tushuntirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 
6.  Bank  xizmatlarini  pullar  bilan  bog‘liqligi.  Bank  xizmatlarini  ko‘rsatish 
pullar  va  ularning  shakllari  (korxonalar,  tijorat  banklarining  pullari,naqd  pul, 
buxgalteriya  yozuvlari  yoki  to‘lov-hisob-kitob  hujjatlariko‘rinishidagiMarkaziy 
bank pullari) foydalanish bilan bog‘liqdir.  
7.  Kondirilayotganehtiyojlarningikkilamchiligi.  Ma’lumki,  bank  xizmallari 
bilan qondiriladigan moliyaviy extiyojlar ikkilamchi, dastlabki ishlab chiqarish va 
shaxsiy  ehtiyojlarning  hosilasi  bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  ham  ishlab  chiqarish 
extiyojlari  (bank  krediti  asosida  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  mol  etkazib 
beruvchilar  va  haridorlar  hisob-kitoblar  tizimi  yordamida  ishlab  chiqarishning 
uzluksizligini  ta’minlash)  shaxsiy  ehtiyojlar  (aktivlardan  olinadigan  daromadlar 
hisobiga  ehtiyojlarni  qondirish,  pullar  va  boshqa  boyliklarni  omonatda  yoki  bank 
seyfida  saqlash  orqali  ularning  xavfsizligini  ta’minlash  va  boshqalar)  bo‘lishi 
mumkin. Bank xizmatlari  dastlabki ishlab   chiqarish va shaxsiy ehtiyojlarni emas, 
balki  ularning  hosilasi  bo‘lgan  moliyaviy  ehtiyojlarni  qondiradi.  Natijada  bank 
xizmatlari  mijozlarning  ehtiyojlarini  bevosita  qondiruvchi  moddiy  boylik  va 
xizmatlarga  jozibadorlik  jihatidan  yutqizadi.  Bu  kredit  muassasalarilarining 
mijozlar  pul  mablag‘larini  keng  jalb  qilish  uchun  raqobat  kurashida  o‘z 
mahsulotlarini o‘tkazish bo‘yicha vazifasini murakkablashtiradi. 
Banklar tomonidan ko‘rsatatiladigan xizmatlar yuqoridagi xususiyatlarga ega 
bo‘ladi.  Endi  bank  operatsiyasi,  bank  xizmati  va  bank  mahsuloti  tushunchalarini 
mazmuniga ta’rif berib o‘tamiz. 

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish