2. Bank marketingining tarkibiy qismlari.
O‘zbekiston Respublikasida ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishi va
turli
mulk
shaklidagi
banklarning
tashkil
etilishi
banklar
faoliyatini
takomillashtirishni talab etdi. Tijorat banklari faoliyatining natijalari bank
xizmatlari va mahsulotlarining realizatsiyasi bilan bog‘liq. Bank xizmatlari va
mahsulotlarini rivojlantirish orqali esa ushbu qo‘yilgan maqsadga erishish
mumkin. Bank xizmatlari bozorida xizmatlarni realizatsiya qilish va uning
samaradorligini ta’minlash banklarda marketing xizmatning tashkil etilish bilan
chambarchas bog‘liq. Bank marketingini tashkil etilishi, bank xizmatlarining son
va sifat jihatidan rivojlanishini ta’minlash bilan birga, o‘z mijoz bazasini ham
oshirish imkonini beradi. Tijorat banklari xizmatlar bozorida o‘zining marketing
strategiyalarini ishlab chiqishi va shu asosda bank faoliyatini boshqarishi lozim.
Bozor iqtisodiyotida marketingning bir nechta pog‘onasi mavjud. Birinchi
pog‘onaga maxsulot, baho, bozor, foyda kabi kategoriyalar kiritiladi. Ikkinchi
pog‘onaga axborot tizimi, marketing ishini rejalashtirish va tashkil etish,
marketing tizimida nazorat kabilar kiritiladi. Uchinchi pog‘onaga mol etkazib
beruvchilar, mijozlar, raqobatchilar, moliyaviy tashkilotlar, davlat organlari,
ommaviy axborot vositalari kiritiladi. YUqorida sanab o‘tilgan elementlar
birgalikda marketing tizimining majmuini tashkil etadi.
Bank xizmatlari xarakteriga qarab kredit xizmatlari,operatsion xizmatlar,
investitsion xizmatlar va boshqalarga bo‘linadi. O‘zbekistonda tijorat banklari
an’anaviy xizmatlardan tashqari faktoring, lizing, trast, maslahat, axborot va
boshqa xizmatlarini rivojlantirmoqdalar. Hisob-kitob xizmatlari va mijozlarning
topshiriqlariga ko‘ra amalga oshiriladigan boshqa xizmatlar bizning banklarimiz
uchun an’anaviydir.
Bank marketingining asosiy usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
mijoz bilan suhbat, faoliyat rentabelligini ta’minlash, boshqa banklarga nisbatan
mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuqoriligini ta’minlash, bank xodimlarining
xizmat ko‘rsatishdan moddiy manfaatdorligi. Bank mijozlari munosabatlarga
kirishishi nuqtai-nazardan bank marketingi aktiv va passiv marketingga bo‘linadi:
Aktiv marketingga quyidagilar kiradi: to‘g‘ri marketing, ya’ni pochta, telefon
va televidenie orqali reklama qilish, mijoz bilan suhbat qilish, uning talablarini
o‘rganish va boshqalar.
Passiv marketing - ro‘znomalarda bank faoliyati va holati, ko‘rsatayotgan
xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar chop etish. YUqori natijalarga erishmoqchi
bo‘lgan bank ham aktiv, ham passiv marketingdan foydalanishi lozim.
Zamonaviy bank amaliyotida to‘g‘ri marketingga katta z’tibor berilmoqda.
To‘g‘ri marketingni asosiy maqsadi mijozga faqatgina bank xizmatlari to‘g‘risida
to‘liq ma’lumot berish emas, balki uni (mijozni) ushbu xizmatlardan foydalanishga
ko‘iborat iborat.
Rivojlanishning turli bosqichlaridagi banklar oldida marketing muammosi
turlicha bo‘ladi. Bank yiriklashgan sari, aktivlarining hajmi oshgan sari
xodimlar malakasini oshirish,bozorni o‘rganish imkoniyatlari oshadi. Bankda
marketing faoliyatining doimo nazorat ostida olib turish lozim bo‘lgan bir qator
omillar borki, ular quyidagilardan iborat: makro va mikrodarajadagi kredit
munosabatlar va pul oboroti, pul operatsiyalarini amalga oshirishdagi risklarning
udligi va boshqalar.
Bank faoliyati jarayonida marketingning asosini uning bozor imkoniyatlarini
tahlil qilish tashkil etadi, chunki banklar o‘z kredit kapitalining bozordagi o‘rnini
aniqlash maqsadida marketing izlanishlari o‘tkazishi kerak bo‘ladi.
Bank marketingida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish muhim hisoblanadi.
Bank marketing tadqiqotlarini o‘tkazish orqali bozordagi o‘rnini mustahkamlashi
va bankning xizmatlari va mahsulotlariga bo‘lgan talabni baholaydi. Marketing
tadqiqotlari bozorni tadqiq qilishdan boshlanadi va dastlab bozor segmentatsiyasi
amalga oshiriladi. Bu orqali aniq bir xizmatga yoki boshqa xususiyatlari jihatidan,
bank xizmatlariga bo‘lgan talab o‘rganiladi.
Bank xizmatlari bozorini quyidagi mezonlar asosida segmentatsiya qilish
mumkin:
aniq bir bank xizmati bo‘yicha (depozit, kredit, trast, lizing va boshqalar);
mijoz toifalari bo‘yicha (jismoniy yoki yuridik shaxslar);
mijozlarni oboroti bo‘yicha;
hududiy jihatdan;
Bank marketingi yo‘nalishlari:
yangi turdagi bank xizmatlarini joriy qilish;
bank xizmatlari bozori holati va sotuv hajmi;
bankning tijorat faoliyati;
banklarning javobgarligi;
bankning raqobatdagi ustunlik jihatlari;
Reklama.
O‘zgarib boruvchi bozor sharoitida faoliyat yurituvchi har bir korxona, firma
yoki bank faoliyatida xizmatlarni sotish muxim boskich bulib xisoblanadi. Bozor
sharoitida tijorat banklarining asosiy faoliyati bir maksadga jamlangan bulib,
mijozlarni jalb kilish, xizmat soxalarini kengaytirish, bozorni egallash, natijada -
olinadigan foydani kupaytirishga yunaltriladi. Ushbu maksadga erishishda banklar
marketing tamoyillaridan foydalanishi muxim axamiyat kasb etadi. Boshlangich
davrda banklar marketinggi talabni urganishdan kelib chikib, mijozlarni
ragbatlantirish va jalb etish vositasi sifatida karadilar, keyinchalik esa tijorat
banklarini boshkarishning asosi sifatidagi marketing konsepsiyasi ishlab chikildi.
qeyingi yillarda moliyaviy bozorda rakobatning kuchayganligi, mijozlar va banklar
urtasidagi munosabatlarning yaxshilanganligi natijasida marketing faoliyatining
mazmuni va maksadi tubdan uzgardi. Bozor iktisodi, boshka muxim xujalik
soxalari bilan bir katorda, iste’molchiga yunaltirilgan bank tizimini tashkil etishni
kuzda tutadi. Aytish joyizki, Uzbekistonda bank infrastrukturasi mavjud va bank
xizmatlari bozorida rakobatchilik muxiti yuzaga kelgan, shu bilan bir katorda
mijozlarning banklarga bulgan extiyojlari xam oshib bormokda.
Banklar xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviakompaniyadan keyin ikkinchi bo‘lib
marketing sohasiga murojaat qilishdi va avvaliga marketingning ayrim
elementlaridan, so‘ngra marketing konsepsiyasidan va strategik rejalashtirish
tamoyillaridan foydalana boshladilar.
Ushbu jarayon quyidagi omillar asosida amalga oshirildi:
- banklarning xorijiy bozorlarga kirib borishi va ularni mahalliy banklar bilan
raqobatlashishi;
- barcha davlatlarda ko‘plab yangi moliya muassasalarning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi, ularning banklar bilan raqobatdor bo‘lishi;
- banklar ko‘rsatayotgan xizmat doirasining kengayishi va pul mablag‘larini
o‘zlashtirish sohasida bankka aloqador bo‘lmagan usullarning rivojlanishi
(masalan, obligatsiyalar chiqarish);
- zamonaviy texnikalar bazasida axborot texnologiyalari va aloqa
vositalarining rivojlanishi natijasida moliya-kredit institutlari faoliyatining milliy
xamda mintaqaviy tarzda rivojlanishi;
- banklar va barcha moliya institutlari o‘rtasida mablag‘larni jalb qilish hamda
kredit xizmatlarini taklif qilishda raqobatning rivojlanishi.
Bank xizmat ko‘rsatish bozorida narxlar raqobatining cheklanishi davlat
tomonidan tartibga solinish bilan bog‘liqligi hamda foizlarning chegaralanganligi,
bank mahsulotlarining sifati bo‘yicha muammolarni boshqarishni va xizmatlarni
bozorda o‘tkazishni oldinga surmoqda.
Bank boshqaruvi asosan o‘z oldiga aniq maqsadni va bozorlarni, masalan
bozor to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, raqobatchilar, bank
mahsulotlari va xizmatlari, statistik ma’lumotlarni o‘rganish va shunga o‘xshash
ma’lumotlarni o‘rganishni vazifa qilib qo‘yadi. Marketingga doir yuzaga kelgan
masalalarni chuqurroq ishlab chiqish, bank faoliyati darajasiga, umumiy
rivojlanish strategiyasiga va marketing bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning
malakasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Umuman marketing, bank faoliyatiga
juda muhim vazifalarni hal qilishda kerak bo‘ladi, ya’ni nizom kapitali o‘sishini
rejalashtirishda, faoliyat ko‘rsatish joylarini kengaytirishda (filiallar va bo‘limlar
ochish).
Do'stlaringiz bilan baham: |