- bank ijrochi rahbarlari ruxsati bilan o‘zlari mustaqil yoki tekshirilayotgan
filial yoki boshqarma xodimi yordamida hujjatlardan, fayllardan nusxa ko‘chirib
olish kabi huquqlarga egadirlar.
Ayni paytda ularning zimmasiga nihoyatda mas’uliyatli vazifalar ham
yuklatilgan. Bular:
- bank faoliyatidagi risklar va operatsion risklarni, bankning joriy moliyaviy
ahvolini doimiy monitoring qilib boradilar;
- bank filiallari va boshqarmalari faoliyati qonunchilik, me’yoriy yo‘l-
yo‘riqlar va ichki hujjatlarga mos kelishini muntazam ravishda tekshiruvdan
o‘tkazib boradilar;
- bank xodimlarining qarorlar qabul qilishda o‘rnatilgan protseduralar,
vazifalari va vakolatlari doirasida harakat qilishini doimiy nazorat qilib boradilar;
- mustaqil yoki boshqa idoralar va bank rahbarlari bilan birgalikda bank
xodimlarining qonunchilik, me’yoriy va ichki hujjatlarga rioya qilinmagani fakti
bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazadilar;
- aniqlangan kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar
beradilar hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatadilar;
- o‘tkazilgan har bir tekshirishni to‘liq hujjatlashtiradilar va tekshirish
natijalari bo‘yicha o‘rganilgan barcha masalalar - aniqlangan kamchiliklar va
chalkashliklar, ularni tuzatish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, kamchiliklarga yo‘l
qo‘ygan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralarni qo‘llash masalalari aks
etgan xulosalarni rasmiylashtiradilar;
- bank rahbarlari va tegishli filial yoki boshqarma boshliqlariga aniqlangan
kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘rish uchun, shuningdek, bank ayrim
xodimlarining faoliyatini tahlil qilib borish maqsadida tekshirish natijalari bo‘yicha
xulosa taqdim etadilar;
- paydo bo‘lgan barcha risklar haqida, bank xodimlarining qonunchilik,
me’yoriy hujjatlar va ichki farmoyishlarga zid xatti-harakati xususida, shuningdek,
tekshirilayotgan bank filiali yoki boshqarmasi rahbarlarining yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni tuzatish maqsadida belgilagan tadbirlari va ularning natijalari bilan
bank rahbariyatini zudlik bilan xabardor etib boradilar.
Mamlakatimiz etakchi tijorat banklarining ichki nazorat xizmati faoliyati
tahlili ko‘rsatishicha, ichki nazorat xizmati shunchaki tuzilganini emas, balki bank
faoliyatidagi risklarga muqobil bo‘lgan samarali ichki nazorat tizimi
shakllantirilishiga e’tibor berilayotganidan guvohlik beradi. Natijada ichki nazorat
tizimi bankning kundalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha
boshqaruv mexanizmiga aylangan. Eng muhimi, banklarda rahbarlarning e’tibori
barcha bo‘g‘indagi xodimlar professional axloqiy-huquqiy me’yorlarga rioya
etishi lozim bo‘lgan nazorat muhiti yaratilishiga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: