Bank marketingi tamoyillaridan kelib chiqib, bank marketingi xizmatlari
bozorida mijozlarni ehtiyojlarini qondirish va bankning samarali faoliyatini
ta’minlashdan iborat.
Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, tijorat banklarining marketing strategiyasi va
siyosati ma’lum rivojlanish bosqichlar asosida shakllangan. Bu esa, bozor
faoliyatining va raqobat kurashining rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. SHu
nuqtai-nazardan kelib chiqib marketingning rivojlanish bosqichlarini quyidagi 1-
rasmda keltirib o‘tamiz:
1.
Ishlab chiqarish konsepsiyasi.
2. Tovar konsepsiyasi.
3. Sotish konsepsiyasi.
4. Marketing konsepsiyasi.
Marketing faoliyatining konsepsiyasi – bu aniq mijozga mo‘ljallangan
bankning maqsadli strategiyasi va falsafasidir. U to‘liq moliya-kredit tizimiga va
bank faoliyatiga ta’sir qiluvchi barcha ko‘rsatkichlarni tahlil qilishga asoslangan.
Marketing konsepsiyasi bazasida bank faoliyatini mukkammalashtirish bo‘yicha
takliflar tayyorlanadi va keyin ichki va tashqi bank faoliyatini kompleks
rejalashtirish ishlari olib boriladi.
Bank xarakteriga qarab (faoliyatining ixtisoslashganiga, ta’sischilariga)
marketing konsepsiyasining maqsadi va vazifalari tanlanadi. Ayrim banklar
yagona
marketing konsepsiyasiga asoslangan holda faoliyat ko‘rsatib kelishadi, lekin bu
yo‘nalishda faqat ishonchli va konservativ banklar faoliyat ko‘rsatishi mumkin,
buning uchun ularda ko‘p miqdorda aylanma mablag‘lar va resurslar bo‘lishi
kerak, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar ta’siriga ham chidamli bo‘lishlari shart.
Boshqalar esa ichki va tashqi omillar dinamikasining bog‘liqligiga qarab, tezlik
bilan o‘zining konsepsiyasini o‘zgartirib turishadi, shu o‘rinda shuni ta’kidlash
kerakki bironta ham konsepsiya amaliyotda sof ko‘rinishda uchramaydi.
Bank faoliyatidagi asosiy marketing konsepsiyalari quyidagi yo‘nalishlardan
iborat:
1.
Ishlab chiqarish yoki bank texnologiyasini takomillashtirish konsepsiyasi.
Unga asosan mijozlar narxi yuqori bo‘lmagan, mavjud xizmat turlariga qarab
banklarga mijoz bo‘ladilar.
2.
Mahsulot
yoki
bank
xizmatlarini
takomillashtirish
konsepsiyasi.
qonsepsiyaning asosiy tamoyili, shundan iboratki, unda bank xizmatlarini mijozlar
tomonidan sotib olishga jalb etadi, chunki bu xizmatlar o‘z xarakteriga va sifatiga
ko‘ra raqobatchilar taklif etayotgan xizmatlardan yuqoriligi bilan farq qilishi
hisobiga, iste’molchilarga katta foyda keltiradi.
3.
Savdo yoki tijorat harakatlarini kuchaytirish konsepsiyasi. U mijozlarni jalb
etish va xizmatlarni sotish hajmining o‘sishini ta’minlash uchun marketing
tekshirishlarga asosan bank xizmatlari reklamasiga va ilg‘or axborotlarga
asoslanadi,
4.
An’anaviy konsepsiyaga asosan bank xizmatlaridan foydalanish hajmining
o‘sishini ta’minlash uchun, alohida ijtimoiy guruhlar va aholining aniq talabini va
ehtiyojini tahlil qilib amalga oshirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda
marketing, u yoki bu bank xizmatlariga bo‘lgan talab va takliflarni tahlil qilishdan
boshlanishi kerak va shundan so‘nggina uni o‘tkazish uchun takliflar va dasturlar
ishlab chiqiladi.
5.
Ijtimoiy konsepsiyada maqsadli falsafa, mafkura, bank strategiyasi va
siyosati umuminsoniy fazilatlarga qaratiladi. Ayrim hollarda bu konsepsiyani
“insonga qaratilgan” yoki “aql-idrokni iste’mol konsepsiyasi” deb ham atashadi.
Bu konsepsiya asosan banklar uchun kelajakda umumjamiyat manfaatlariga
xizmat
qilishga yordam beradi.
Keyingi bosqich bu belgilangan xizmatlarning marketing rejasini
tayyorlashdan iborat. Rejaga barcha kerak bo‘lgan ma’lumotlar kiritiladi, ya’ni
xizmatning tarixi va o‘ziga xos xususiyatlari, bozorning ahvoli, raqobatchilari,
marketing sohasida bankning maqsadlari va xizmatlarning sotilishi hamda
vositalari yordamida ushbu strategik vazifalar bajariladi.
Marketing bank sohasida kredit resurslar bozorini o‘rganishga, mijozlarning
moliyaviy ahvolini tahlil qilishga va prognozlashtirishga, shu bilan bir qatorda
banklarga omonatlarni jalb qilishga qaratilgan. Marketing yangi mijozlarni jalb
qilish uchun yordam beruvchi shart-sharoitlar yaratishga, bank xizmat turlarini
kengaytirishga, e’tibor qozongan mijozlarning mablag‘larini banklarga qo‘yishga
mo‘ljallangan.
Banklarda ko‘proq integrallashgan marketing qo‘llanilmoqda, buning asosiy
maqsadi faqatgina mijozlarni jalb qilish emas, balki doimiy ravishda xizmat
ko‘rsatish sifatini yaxshilashdir. Bu marketingning komleks rivojlanishini taqozo
qiladi. Bankning maqsadi birinchidan, mijozlarni pul mablag‘larni joylashtiruvchi
omonatchilar sifatida jalb qilish, ikkinchidan, bankning kredit mablag‘larini yuqori
foyda bilan keltiradigan va o‘z muddatlarida kaytarishga qodir korxonalarga
berish.
Oxir-oqibat bank marketingi bitta maqsadga: daromadlardan maqsadga
muvofiq va xo‘jaliklarda vaqtincha bo‘shab qolayotgan pul mablag‘laridan
foydalanish uchun qaratilgan.
Marketing jarayoni mijozlarni o‘rganishdan va ularning ehtiyojlarini
aniqlashdan boshlanadi, xizmatlardan foydalanilgan va ulardan anik ehtiyojlari
qondirilgandan so‘ng tugaydi. YAngi turdagi bank xizmatlarini joriy qilish
jarayoni ushbu xizmatlarni taklif qilish usulidan, bank xizmatchilari va ularning
joylarini tayyorlashdan boshlanadi. Masalan, mijoz bankka kirib kelishida o‘zining
harakatini asosan chapdan o‘ngga qarab yurishdan boshlaydi. Demak, yangi xizmat
turlarini taklif qilishda ularni chap tomonga joylashtirilsa, unda mijoz ularga
ko‘proq e’tiborini jalb qiladi va bu xizmatlardan foydalanish ehtimoli oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: