Tijorat banklarining passivlarini boshqarishda, xalqaro bank amaliyotida,
«Bank passivlarini boshqarish» nazariyasidan keng foydalaniladi. Mazkur
nazariyada asosiy e’tibor tijorat banklarining depozit bazasini yaxshilashga
qaratiladi.Tijorat banklarining depozit bazasi o‘zining tarkibiga transaksion
depozitlarni, muddatli depozitlarni va jamg‘arma depozitlarini oladi. Tijorat
banklari depozit bazasining sifatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri
transaksion depozitlarning salmog‘i ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichni
hisoblash uchun transaksion depozitlarning so‘mmasi depozitlarning umumiy
so‘mmasiga bo‘linadi va olingan natija 100 foizga ko‘paytiriladi. Jahon Tiklash va
Taraqqiyot banki ekspertlarining fikriga ko‘ra, bu ko‘rsatkichning maksimal
darajasi 30 foizni tashkil etishi lozim. Agar bu ko‘rsatkichning natijasi 30 foizdan
oshsa, u holda bankning resurs bazasining holati yomonlashayotgan hisoblanadi.
Passivlarni boshqarish strategiyasi yuqori sinfli qarzlarga bo‘lgan talabni
qoniqtirish va resurs talablarini bajarish uchun boshqa moliya muassasalaridan
fondlarni sotib olishdan iboratdir. Bank buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni
turli usullar
bilan topishi mumkin, jumladan:
mahalliy yoki xorijiy fond bozorlaridan qarz olish yo‘li bilan;
mijozlarga qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yuruvchi depozit sertifikatlarini sotish yo‘li
bilan;
mintaqaviy davlat zaxira bankidan qarz olish yo‘li bilan;
vaqtincha ortiqcha mablag‘ga ega bo‘lgan muassasalar yoki xususiy
shaxslar bilan qayta sotib olish to‘g‘risida shartnoma tuzish yo‘li bilan;
mazkur bank xolding kompaniyasining bir qismi hisoblanadigan
shaxobchalar orqali qimmatli kog‘ozlar (veksellar) chiqarish yo‘li bilan.
Passivlarni boshqarish kredit faoliyatini ushlab turish uchun muhim vosita
bo‘lib hisoblanadi. U bankirlardan bankning moliyaviy ta’minlanganligini
mustahkamlash uchun bozor bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida
murakkab, jiddiy ishni talab qiladi. Passivlarni boshqarish bank mablag‘larini
shakllantirish usuli sifatida foiz tebranishlariga nisbatan juda sezgirdir. Agar foiz
stavkalari ko‘tarilsa-yu, biroq bank bu kabi yuqori stavkalar bo‘yicha to‘lov
to‘lashni istamasa, unda qisqa muddatli sarmoyalar bozoridan jalb qilinadigan
mablag‘lar qisqa vaqt ichida sotib yuboriladi. CHunki kreditlar bozorda foiz
stavkalarining o‘zgarishlariga juda sezgirlik bilan javob beradilar.
Passivlarni boshqarish usullari sezgirlikka (egiluvchanlikka) ega, bank o‘ziga
qancha va qanday muddatga qo‘shimcha mablag‘lar kerakligini aniq
belgilab olishi
va bu talablarning barchasini qondira oladigan manbani topishi mumkin. Bank
oladigan o‘z mablag‘larini shakllantirish uchun depozitlarni sotganda ish
boshqacha bo‘ladi. Unda qo‘yilmalar miqdori qancha bo‘lishi va u bank ixtiyorida
qancha turishini omonatchi hal qiladi. O‘sib borayotgan kredit qo‘yilmalarini yoki
resurs tanqisligini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoj sezayotgan
bank, passivlarni boshqarishda taklif etilayotgan stavkalarni oshirishi mumkin.
Buning uchun u kreditorlardan olgan zaruriy mablag‘larga ega bo‘lsa kifoya,
qarzga bo‘lgan talabning pasayishi va naqd pul zahiralarining ortiqchaligi bilan
to‘qnashgan banklar bozordagi o‘zlarining qisqa muddatli qarzlari hajmini
kamaytirish uchun taklif etilayotgan stavkani kamaytirishlari mumkin.
Aktivlarni boshqarish nazariyasi quyidagi uslubiy qoidaga asoslanadi:
Birinchidan, tijorat bank mablag‘larini qisqa muddatli ssudalarga berganda
uning likvidliligi saqlanadi. Bu qoida ba’zi G‘arb davlatlari qonunlarida o‘z aksini
topsada, amaliyotda esa u «ikkinchi darajali zaxiralar» nomini olgan.
Ikkinchidan, agar kreditni to‘lash grafigi uchun mijozning kelgusi davrda
oladigan daromadlarning tushish grafigi asos qilib olinsa, u holda bank likvidligini
rejalashtirish mumkin. Demak, bank likvidligiga kredit va investitsiyalarning
to‘lash muddatini o‘zgartirish orqali ta’sir etish mumkin. Amaliyotda bu qoida
investitsiya portfelini pog‘onali boshqarishda o‘z aksini topadi.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklari aktivlarini boshqarish samaradorligini
oshirish
aktivlarning
maqsadga
muvofiq
tarkibiy
tuzilishini,
aktiv
operatsiyalarning diversifikatsiya darajasini, xatarli aktivlarning hajmini,
muammoli va sifatsiz aktivlarni, aktivlarning o‘zgaruvchanlik sifatlarining oqilona
darajasini ta’minlashni o‘zida mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: