51
III BOB. IQTISODIYOTNI TARKIBIY O’ZGARTIRISH
JARAYONLARINI CHUQURLASHTIRISHDA XALQARO MOLIYA
MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR
YO’NALISHLARI
3.1. O‘zbekistonda milliy valyuta tizimini barqarorlashtirishning
samarali yo’llari
Bozor munosabatlari jadal qaror topayotgan sharoitda mamlakatda
muvaffaqiyatli monetar va valyuta siyosatining qo‘llanilishi milliy valyuta kursi
barqarorligini ta’minlanishi, valyutaviy nazoratni samarali qo‘lllanilishi ko‘p
jihatdan mamlakat milliy valyuta tizimining qay darajada taraqqiy etganligiga
bog’liq.
Milliy valyuta tizimining rinojlanishini tadqiq qilishda, uning elementlarini
takomillashtirishdagi asosiy muammo va nomutanosibliklarni o‘rganish va ularni
bartaraf qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki, valyuta tizimi elementlarini takomillashtirish milliy
valyuta tizimining o‘zini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shu o‘rinda, dastlab, milliy valyuta tizimi elementi xisoblanmish valyuta
kursi valyuta bozori rejimiga to‘xtalamiz, O‘zbekistan valyuta bozorida asosiy al-
mashuv kursi bu Markaziy bank kursi bo‘lib, u Respublika valyuta birjasidagi
banklararo savdo sessiyalarining o‘rtacha tortilgan kurslari asosida aniqlanadi.
Ushbu kurs buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlar hamda O‘zbekistan
Reepublikasi hududidagi bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun
foydalanilaniladi. So‘mning almashuv kursini aniqlashda asosiy rezerv valyuta
bo‘lib AQSH dollari hisoblanadi va uning nisbati asosida to‘g’ri kotirovka
qo‘llaniladi. So‘mning bashqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursi kross-
kursni qo‘llash orqali aniqlanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, respublikamiz tijorat banklari hozirda naqd xorijiy
valyuta savdosida asosiy to‘rt rezerv valyutadan, ya’ni AQSH dollari, evro,
52
Britaniya funt sterlingi na Yapon ienidan foydalanadi.
O‘zbekistan Respublikasi milliy valyuta tizimini rivojlantirish borasida se-
zilarli muammolar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib
ko‘rsatish mumkin:
1. O‘zbekistan Respublikasida muddatli valyuta bitimlari bozorining
shakllanish jarayonining nihoyasiga etmaganligi. Xo‘jalik subektlariga tegishli
valyuta zaxiralarining valyuta riskidan himoya qilish imkoniyati keskin
cheklanmoqda.
Respublikamizda muddatli valyuta bozorini rivojlantirishning birlamchi
huquqiy bazasi yaratilgan bo‘lsada, hamon o‘z echimini topmagan bir qator
muammolar mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir:
- derivativlar vositasida valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalarini
huquqiy jihatdan cheklab qo‘yilganligi;
- respublikamizda valyutaviy derivativlar bilan bog’liq bo‘lgan valyuta
operatsiyalarini tartibga soluvchi alohida me’yoriy hujjatning mavjud emasligi.
Shunisi xarakterliki, valyuta derivativlari bilan bog’liq operatsiyalarni
amalga oshirishning me’yoriy-huquqiy bazasini shakllantirish muddatli valyuta
bozorining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Joriy valyuta bozorining likvidliligini taminlash, kunlik valyutalar savdasini
shakllantirish muddatli valyuta bozorini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
2. So‘mning nominal almashuv kursining pasayish tendeniiyasigaezga
ekanligi.
3. O‘zbekistan Respublikasi hududida milliy valyuta tizimining muhim
elementi bo‘lgan xalqaro hisob-kitob shakllaridan foydalanish mexanizmining
takomillashmaganligi. Ushbu muammoning mohiyati shundaki, respublikamiz
tijorat banklari tomonidan korxonalarning import to‘lovlari bo‘yicha ochilayotgan
hujjatlashtirilgan akkreditivlarning 90 foizdan ortiq qismi ta’minlangan
akkreditivlarga to‘g’ri kelmoqda. Buning natijasida mamlakatimiz korxonalariga
tegishli bo‘lgan valyuta mablag’larining sezilarli qismi ularning xo‘jalik
53
oborotidan chiqib qolmoqda. Chunki, xalqaro hisob-kitoblarning ta’minlangan
akkreditiv shakli korxona mablag’larining ma’lum muddat mobaynida, ya’ni
shartnoma shartlari bajarilgynga qadar bank-emitent tomonidan ushlab turilishini
ko‘zda tutadi. Shu sababli, akkreditivdan foydalanish shart-sharoitlarini
o‘zgartirish, ilmiy jihatdan tadqiq qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
4. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xorijiy valyutadagi zaxiralarining
diversifikatsiya darajasining pastligi.
O‘zbekiston milliy valyuta tizimini rivojlantirish bilan bog’liq yuqoridagi
muammolarni bartaraf etish maqsadida quyidagi ilmiy-amaliy takliflarimizni
shakllantirdik:
1. Muddatli valyuta bitimlari bozorini shakllantirish uchun shart-sharoit
yaratish lozim. Bunda birjadan tashkari banklararo valyuta bozorini riyujlanishi
muddatli valyuta bozorini shakllanishiga xizmat kiladi. Bundan tashkari,
valyutaviy derivativlar bilan bog’liq operatsiyalarni tartibga soluvchi alohida
me’yoriy hujjat ishlab chiqish lozim.
2. So‘m almashuv kursining pasayishiga barham berish maqsadida samarali
va oshkora intervensiya siyosatini amalga oshirish. Bunda so‘m almashuv
kursining maqsadli yo‘lakchalarini jamoatchilikka e’lon qilish va uning
belgilangan yo‘lakcha doirasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida Markaziy
bankning valyuta bozorida faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki birjadan tashqari valyuta bozorida
Birlashgan barqarorlashtirish fondi (BBF) mablag’lari hisobidan faoliyat yuritadi.
Mazkur mablag’laridan qonunchilikka muvofiq valyuta bozorini erkinlashtirish
davrida to‘lov balansini va milliy valyutani almashtirish kursi barqarorpigini
saqlashda foydalaniladi. SHu sababli, BBFning etarlicha erkin almashinadigan
valyutalarga ega bo‘lishi va bu mablag’larning intervensiya maqsadlarida samarali
foydalanilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
3.
Xalqaro
hisob-kitob
shakllaridan
foydalanish
mexanizmini
takomillashtirish lozim. Buning uchun asa, xalqaro hisob-kitob munosabatlarida
sof inkasso bo‘yicha va banklarning orderli cheklari vositasidagi hisob-kitoblar
54
hamda ochiq hisob raqamlari bo‘yicha hisoblashish amaliyotini joriy qilish,
respublikamiz tijorat banklarining rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklari
bilan to‘g’ridan-to‘g’ri va ikki tomonlamali vakillik munosabatlari o‘rnatishlarini
ta’minlash kerak.
4. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xorijiy valyutadagi zaxiralarining
diversifikatsiya darajasini oshirish lozim. Bunda mamlakatimizning asosiy savdo
hamkorlari valyutalariga ustuvorlik berish Talab etiladi. Evro, Britaniya funt
sterlingi Yapon ienidan valyuta bozori bitimlarida foydalanish amaliyotini
rivojlantirish lozim. Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasida integratsiya
jarayonlarining chuqurlashuviga monand tarzda Rossiya rublining valyuta
bitimlarida keng qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, milliy valyuta tizimi elementlari va
konseptual asoslarining takomillashtirili muvaffaqiyatli valyuta siyosatini qo‘llash
orqali mamlakat eksport salohiyatini valyutaviy nazorat samaradorligini oshirish
uchun qulay shart-sharoit yaratilishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |