Hozirgi kunga kelib xalqaro moliya institutlari bilan O‘zbekiston o‘rtasida
mamlakatimizda huquqiy bazalar yaratilgan bo‘lib, ular bo‘yicha keng imtiyozlar
takomillashtirish to‘g’risida Prezidentimiz I.A.Karimov ham 2005 yil yanvar oyida
bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik paltasi va Senatining qo‘shma majlisida
hamda boshqa yirik, nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiyot tuzilmalari, tashkilotlari
bilan hamkorlik kelgusida ham tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan
bo‘lib qolaveradi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va iqtisodiy
islohotlar jarayonida ushbu tashkilotlarning roli va o‘rni benihoya kata», ekanini
XII sonli "O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro tiklanish
45
korporatsiyasi. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikka
a’zo bo‘lishi to‘g’risida"gi qarori qabul qilindi.
XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi,
nafaqat respublikani jahon bozoriga integratsiyasini tezlashtirdi, balki amalga
oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash
samarasini oshirdi.
Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro
kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog’liq. Ushbu munosabatlarni amalga oshi-
rishning huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi
to‘g’risida"gi, "Tashqi qarzdorlik to‘g’risida"gi qonunlari va boshqa me’yoriy
aktlar ishlab chiqildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida olingan kreditlar va qarzlar, asosan qisqa
muddatli bo‘lib, ichki bozorni iste’mol tovarlar bilan to‘ldirishga qaratilgan bo‘lsa,
keyingi yillarda hukumat mazkur qarzlarni jalb qilish sohasini tarkibiy qayta qurish
bo‘yicha ma’lum ishlarni olib bormoqda.
Olinadigan qarzlar va jalb qilinadigan uzoq muddatli kreditlarning asosiy
yo‘nalishlari sifatida eksport potensialini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi
mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari tanlandi.
Mineral xom ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni ishlab
chiqarish va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashina-
sozlikni rivojlantirish, telekommunikatsiya sohasini zamonaviylashtirish hamda
kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish - xorijiy investitsiyalar jalb qilinadigan
ustuvor yo‘nalishlar sifatida qaralmoqda.
Mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy
qismi – davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari hamda xalqaro moliyaviy
tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O‘zbekiston mintaqaviy
xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, OIK va
boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Yevropa Ittifoqi
alohida o‘rin tutadi. 1996 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi
munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi.
46
Osiyo Taraqqiyot Banki - Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlarini
rivojlantirishda loyihalarni uzoq muddatli kreditlash maqsadi uchun tashkil
qilingan hududiy moliyaviy tashkilotdir. 1995 yil 30 avgustda O‘zbekiston
Respublikasi OTBga to‘la xuquqli a’zo bo‘ldi. Bank birinchi iqtisodiy missiyasi
tayyorlagan iqtisodiy hisobotni OTB direktorlar kengashi ko‘rib chikqanidan,
respublika kiradigan mamlakatlar guruhi belgilangandan so‘ng, O‘zbekiston
bo‘yicha strategiya ishlab chiqiladi va respublika kredit olish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro
kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog’liq. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
moliya munosabatlaridagi ishtirokida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik
muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi
bilan xo‘jalik yuritishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro moliya
munosabatlarining ahamiyati yanada ortmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: