36
II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQARO MOLIYA
MUNOSABATLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI VA UNING
RIVOJLANISH HOLATI TAHLILI.
2.1. Iqtisodiy taraqqiyot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro
moliya munosabatlari rivojlanish holatining tahlili
XX asrning oxirgi yillarida jahon iqtisodiyotida xo‘jaliklararo
aloqalarning baynalmilallashuvi natijasida globallashuv jarayonlari kuchaydi. XVF
(Xalqaro Valyuta Fondi) ekspertlarining ta’kidlashicha, globallashuv – bu tovar,
xizmat va kapital bo‘yicha xalqaro bitimlarning hajmi va rang-barangligining
ko‘payishi hamda texnologiyalarning tez va keng ko‘lamda yoyilishi natijasida
dunyodagi barcha mamlakatlarning o‘zaro iqtisodiy bog’liqligining o‘sib
borishidir. Globallashuv natijasida milliy, huquqiy va texnologik chegara va
to‘siqlar bartaraf etilib, xalqaro aloqalarga intilish kuchayib bormoqda.
Globalizatsiya deganda, odatda xalqaro savdo, moliya va axborot oqimi.
integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashib borishi
tushuniladi
10
. Binobarin, yurtboshimiz bugungi davrga baho berib: «Butun dunyo
miqyosida globallashuv jarayonlari tufayli mafkuraviy manzara tubdan o‘zgarib
borayotgan XXI asr o‘z shakl-shamoyili, mohiyat-mazmuni, keng qamrovligi bilan
murakkab davrdir» deganlar.
Globalizatsiya mohiyat jihatidan iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi,
milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining tashqi iqtisodiy aloqalarga bog’liq bo‘lib
qolishidir. Iqtisodiy globalizatsiya – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari
va texnologik taraqqiyot natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv
jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari
orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning
(texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi.
10
N.X.Jumayev O’zbekiston valyuta munosabatlarini tartibga solish metodoligiyasini takomillashtirish.
Monografiya. Toshkent. «Fan va texnologiya». 2007y.
37
Bundan tashqari, globalizatsiya tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy
holat bilan bog’liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. U inson iqtisodiy faoliyatining
turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining milliy
chegaralarni e’tiborga olmay, uzluksiz kengayishini anglatadi.
Xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solishning bilvosita, egiluvchan
usullari sifatida turli soliq turlari ham keng qo‘llaniladi. Bunda faqat tashqi soliq
tizimidagi emas, balki ichki soliq tizimidagi soliq turlaridan ham foydalaniladi.
Faqat tashqi iqtisodiy bitimlarni tartibga solishda qo‘llaniladigan soliqlarga import
va eksport soliqlari kiradi. Ular olib kelayotgan yoki olib chiqayotgan mahsulot-
larga, ularning oqimlarini tartibga solish, ya’ni rag’batlantirish yoki to‘xtatish
maqsadida belgilanadi.
Ko‘pgina mamlakatlarda import tushumlariga soliqlar keng qo‘llanilsa,
eksport mahsulotini sotishdan tushumlarga soliqlar esa ma’lum imtiyozlarga ega-
dir. Bu eksportni rag’batlantirishga, ichki va tashqi bozorlardan narxlar farqi ko‘p
bo‘lganda o‘z mahsulotlari kabi import mahsulotlarga ham mamlakat ichida sotish
uchun bir xil sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Xalqaro moliya munosabatlari ichki soliqlar tizimi yordamida ham tartibga
solinadi. Davlat mahsulot sotilishidan olingan foydaga, pul kapitalidan
daromadlarga, kapitalning qo‘shimcha o‘sishiga, qimmatbso qog’ozlarga, ortiqcha
foydaga va boshqalarga soliqlarni belgilab, o‘zining hamda xorijiy ishlab
chiqaruvchilarning faoliyati uchun qulay yoki qulay bo‘lmagan sharoitlarni
yaratishi mumkin.
Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz eksport
salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibida
ijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi. Jahon bozoridagi
kon’yunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013-yilda eksport hajmining o‘sishi
10,9 foizdan iborat bo‘ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy saldo 1 milliard 300
million dollarni tashkil etdi. 2013-yilda qimmatbaho metallar narxining keskin
pasayganiga qaramasdan, mamlakatimiz oltin-valyuta zaxirasi o‘tgan yil davomida
2 foizga ko‘paydi.
38
So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi
barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2013-yilda
umumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga to‘g‘ri
kelgani iqtisodiyotimiz diversifikatsiya qilinayotganining yaqqol dalolati, desam,
xato bo‘lmaydi.
Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-
tadbirlarning amalga oshirilgani eksport faoliyatiga 450 dan ziyod yangi korxonani
jalb etish imkonini berdi. Bu borada Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida
barcha hududlarda o‘z filiallariga ega bo‘lgan Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlari eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining
tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: