Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana16.07.2021
Hajmi0,85 Mb.
#120737
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish

XULOSA 

 

Bitiruv  malakaviy  ishining  natijalariga  asoslangan  holda  quyidagi 

xulosalarni shakllantirdik: 

1.  Bitiruv  malakaviy  ishini  bajarish  jarayonida  amlaga  oshirilgan  tahlil 

natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, Germaniya, Fransiya va Italiya davlatlarida xalqaro 

zahiralarning 50foizdan ortiq qismi oltin zahiralariga to‘g’rikelayotganligi, AQSH 

xalqaro  zahiralarining  umumiy  hajmida  oltinnisezilarli  darajada  yuqori  salmoqni 

egallab 


turganligi 

oltindan 

hamon 

xalqaro 


zahira 

puli 


sifatida 

foydalanilayotganligidan dalolat beradi. 

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  milliy  valyuta  tizimining  barqarorligini 

ta’minlashda  prinsipial  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  muammolar  saqlanib  qolmoqda. 

Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: 

- milliy valyutaning qadrsizlanish jarayonining davom etayotganligi; 

-  xalqaro  hisob-kitob  shakllaridan  O‘zbekiston  hududida  foydalanish  tartibini 

belgilaydigan alohida me’yoriy hujjat mavjud emasligi. 

       3. 

Xalqaro 


globallashuvning 

xalqaro 


iqtisodiy 

munosabatlarni 

rivojlantirishdagi  muhim  ahamiyati  shundaki,  globallashuv  mamlakatlarni 

makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlash,  soliq  yukini  kamaytirish  va  soliq 

stavkalarini  unifikatsiyalash,  davlat  qarzini  qisqartirish  va  inflyasiyani  jilovlash 

orqali  xalqaro  raqobatbardoshlikni  rag’batlantirishga  xizmat  qiladi.  SHuningdek, 

so‘nggi yillarda globallashuvning natijasi sifatida xalqaro savdo operatsiyalarining 

oqimi va ishchi kuchi migratsiyasi sezilarlidarajada kuchaydi. 

Ayni  vaqtda,  fikrimizcha,  xalqaro  globallashuvning  asosiy  salbiy  jihatlari 

sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 

- manfaatlarning mamlakatlar o‘rtasida notekis taqsimlanishi

-manfaatlarning mamlakatlar ichida notekis taqsimlanishi; 

-  globallashuv  tufayli  xalqaro  madaniyatdagi  o‘zgarishlar  va  ularning  rivojlangan 

davlatlarga xizmat qilishi. 




65 

 

4.  Xalqaro  globallashuvning  xalqaro  valyuta  munosabatlariga  ta’sirining 



tahlili  shuni  ko‘rsatdiki,  birinchidan,  globallashuv  tovarlar  va  kapitallarning 

xalqaro  miqyosdagi  harakatiga  va  bahosiga  ta’sir  etish  orqalikapitallar  va 

tovarlarning  bahosiga  tasir  etadi;  ikkinchidan,  globallashuv  ish  haqi  va  baholarni 

mavjud  mexanizmini  o‘zgartirish  yo‘li  bilan  mamlakatdagi  inflyasiya  darajasiga 

ta’sir  qiladi;  uchinchidan,  xalqaro  ishchi  kuchi  migratsiyasi  hajmining  oshishi 

mahalliy mehnat bozoridagitalab va taklifga ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi 

ish haqini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi, aksincha,ishchi kuchi kirimi sodir 

bo‘lgan  davlatlarda  ish  haqini  pasaytirishga  nisbatan  bosim  kuchayadi; 

to‘rtinchidan,  globallashuv  Markaziy  bank  qarorlarining  moliya  bozorlariga  va 

makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri borasidagi noaniqliklarni oshiradi. Masalan, 

globallashuv 

jarayonlarining 

chuqurlashishi 

natijasida 

xalqaro 

valyuta 


bozorlaridagi  operatsiyalar  hajmi  oshadi;  beshinchidan,  globallashuv  Markaziy 

bankning  valyuta  siyosati  strategiyasiga  ta’sir  qiladi.  Iqtisodiy  nou-xaularning 

tezlikbilan yoyilishi Markaziy bank iqtisodchilari tomonidan amalga oshiriladigan 

iqtisodiy  tahlil  usullarining  o‘zgarishiga  olib  keladi;  oltinchidan,  globallashuv 

aktivlar bozorida spekulyativ operatsiyalar hajmini oshishiga olib keladi. 

5. To‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha konvertatsiyaning 

joriy  etilishi  va  tashqi  savdoning  erkinlashtirilishi  oqibatida  xalqaro  raqobatni 

kuchayishi  malakat  korxonalarini  narxlarning  jahon  bozoridagi  kon’yunkturaviy 

o‘zgarishlariga  moslashish  imkonini  beradi.  Xalqaro  savdodagi  raqobatni 

kuchayishida joriyoperatsiyalar bo‘yicha to‘liq konvertirlashni ta’minlash borasida 

hal qiluvchi dalil bo‘lsa ham, fikrimizcha,  milliy iqtisodiyotni erkinlashtirishning 

hozirgi bosqichida ushbu holat muayyan risklar bilan bog’liqdir. 

Bitiruv  malakaviy  ishi    jarayonida  aniqlangan  muammolarni  hal  qilish  va 

respublikamizda  xalqaro  moliya  munosabatlarini  takomillashtirish  maqsadida 

quyidagi ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqdik: 

1.  Respublikamizda  mavjud  bo‘lgan  xalqaro  moliya  munosabatlariga  doir 

bo‘lgan o‘quv qo‘llanma va darsliklaridagi xalqaro moliya tushunchasiga berilgan 

ta’riflarni qayta ko‘rib chiqish. 




66 

 

2.To‘lov  balansini  muvozanatlashtirishning  asosiy  yo‘nalishlari,  bizning 



fikrimizcha quyidagilardan iborat: 

-  eksport-import  operatsiyalari  o‘rtasidagi  barqaror  ijobiy  qoldiqni 

ta’minlash; 

-  xalqaro  kreditlar  va  investitsiyalar  bo‘yicha  valyutalar  tushumi  bilan 

to‘lovi o‘rtasidagi farq summasini keskin tebranishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 

3. Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasida valyuta kursi rejimini tanlashda 

asosiy  e’tibor  eksport  tushumi  va  import  to‘lovlari  o‘rtasidagi  ijobiy  saldoning 

barqarorligini ta’minlashga qaratilishi lozim. 

Buning  sababi  shundaki,  hozirgi  davrda  respublikamiz  mamlakat  eksport 

tushumining  umumiy  hajmida  xom  Ashe  resurslarining  eksportidan  olingan 

tushum  sezilarli  darajada  yuqori  salmoqni  egallaydi.  Xom  ashyo  resurslarining 

jahon  baxosining  o‘zgarishi  natijasida  ulardan  olinadigan  eksport  tushumi 

kamayadi  va  shuning  asosida  tashqi  savdo  aylanmasining  nobarqarorligi  yuzaga 

keladi. 


Mazkur    ishda    umuman    xalqaro    iqtisodiy    munosabatlar    turli  darajasida 

xalqaro moliya munosabatlarining mohiyati, vazifasi va ahamiyati  ko‘rib chiqildi, 

shuningdek O‘zbekiston Respublikasining aloqalari tahlil etildi.  

Hozirgi  paytda  hukumatning  muhim  qarorlarini  ingliz  tiliga  tarjima  qilish 

amalga oshirilmoqda.  Biroq bizningcha, salohiyatli investorlarni  ayrim  tarmoqlar, 

respublika  mintaqalaridagi  investitsiya  imkoniyatlari  to‘g’risida  har  tomonlama 

xabardor  qilib  borishga,  shuningdek  ushbu  ma’lumotlarni  elchixonalar  orqali 

tarkatishga jiddiy e’tibor karatish lozim. 

 


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish