Kurs ishini dolzarbligi. Zamonaviy ilm-fanning va ishlab chiqarish texnologiyasining ildam rivojlanib borishi, shu bilan bir qatorda har bir fan bo’limlarini chuquroq o’rganish.Atom tuzilishi, yadro bo’linishi va reaksiyalarini mukammal bilib o’rganish masalasi naqadar dolzabligini ko’rsatadi.
Kurs ishining maqsadi. Yadrodagi suniy parchalanish tarixini o’rganish.
Kurs ishing predmenti.Atom tuzilishi to’g’risidagi tarixiy ma’lumotlar.Yadroning tuzilishi va xususiyatlari.Yadroning suniy parchalanishi.Yadroning bo’linish reaksiyalari.
1.1Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma’lumotlar. Qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va Demokritlarning ta'limo tiga asosan, atom — moddaning bo‘linmas zarrasi bo'lib, sezgi organlar seza olmaydigan darajada kichik o’lchamga ega degan tasavvurlar fanda uzoq vaqtgacha hukm surdi. «Atom» so‘zi grekcha «atomos» so'zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas» degan ma'noni bildiradi.
XIX asming oxirlarida o'tkazilgan bir qator olamshumul tajribalar natijalari atomning murakkab tuzilishga ega ekanligi to'g'risidagi fikrlarni oydinlashtirdi.
XX asr boshlarida atomlarning mavjudligi, ularning o'lchami sm tartibda bo‘lgan murakkab elektr tizimidan iboratligi, atomda musbat va manfiy zaryadlar mavjudligi, manfiy zaryadlarni tashuvchilar elektronlar ekanligi aniqlangan edi. Lekin musbat zaryadlami tashuvchilar (protonlar) hali noaniq, musbat ionlar mavjudligi esa maMum edi. Kun tartibida atom tuzilishini aniqlash vazifasi turar edi. Atom tarkibidagi musbat va manfiy zaryadlar o'zaro kompen- satsiyalanishi sababli atom bir butun holda neytraldir. Atom tuzi- lishining ikkita nazariy modeli mavjud edi. Birinchisi 1901-yilda J Tomson tomonidan taklif qilingan. Bu modelga asosan atom musbat zaryadlangan sfera bo‘lib, manfiy zaryadli elektronlar sfera hajmi bo'ylab taqsimlangan. Elektronlar musbat zaryadlangan sfera clcmenti bilan Kulon qonuni bo'yicha o'zaro ta'sirlashadi. Elek- tronlar o‘z muvozanati atrofida tebranishida atom eneigiya nurlaydi. Ikkinchi modelga asosan atom Quyosh tizimi tuziiishi singari tuzilgan. Bu atom tuzilishining planetar modeli edi. Planetar model to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar 1903-yilda Kelvin va X. Nagaoka tomonidan aytilgan. Bu modelga asosan atomning markazida musbat zaryadlangan yadro joylashgan boMib, uning atrofida elektronlar planetalar singari harakatlanadi. Elektronlar yadroning Kulon tortishish kuchlari orqali ushlab turiladi. Atomning turg'unligini tushuntirishda bu har ikki nazariy model ham ma’lum qiyinchiliklarga uchradi. Atom tuzilishi haqiqatan ham qanday ekanligini bilish uchun tajribalar o‘tkazish talab qilindi. Bunday tajribalar 1911-yilda ingliz fizigi E. Rezerford tomonidan o'tkazildi. Atom tuzilishi to‘g‘risidagi tajribalarga batafsilroq to'xtaymiz.