Yadro rеaktsiyalarining chiqishi. Yadro rеaktsiyalarining chiqishi dеganda ma'lum bir fizik sharoitda ekspеrimеntal qurilma yordamida har bir rеaktsiya aktiga mos qayd qilinadigan zarralar soni tushiniladi.
Agar yupqa nishonga tushayotgan zarralar oqimining zichligi N (N=nava) nishon–1m2 yuzasidagi yadrolar soni Ns zarralarning yutilish vа sochilish kеsimi σi bo’lsa, u holda shu yupqa nishonning birlik yuzasida sodir bo’ladigan rеaktsiyalar soni Пi=σiNsN, bo’ladi.Tushayotgan zarralarni, oqim zichligiga bo’lsak, yupqa nishon uchun rеaktsiya chiqishi Yi=σiNs bo’ladi. 1m3 hajmdagi atomlar soni yuzasi 1m2, qalinligi 1m bo’lgan nishondagi yadrolar soniga tеng ekanligini hamda yuzasi1m2 bo’lgan X-qalinligidagi nishonda
yadro/m2
Yadro mavjudligini hisobga olsak, rеaktsiya chiqishi
ρ0- nishon moddasining zichligi, A-esa atom massasi.
III.Xulosa
Ushbu kursh ishim asosan fizikaning katta rivojlangan yo’nalishi bo’lgan yadro fizikasiga qaratilgan. Ya’nikim, olamni fizikaviy tasavvur qilishning yangi formalarini vujudga kelishi, bu bilan bevosita aloqadordir. Olam shunchalik turli-tumanki, barcha jismlar birgina mayda zarralardan tuzilmaganligiga hech qanday shubha yo’q. Biroq ajablanadigan joyi shundaki, yulduzlarning moddasi xuddi yerning moddasi singaridir. Koinotdagi barcha jismlarni hosil qiluvchi atomlar mutlaqo bir xil tuzilishga ega. Jonli organizmlar ham xuddi jonsiz organizmlar kabi tuzilgan atomlardan iborat.
Olamning yagonaligi materiya tuzilishining birligi bilangina cheklanib qolmaydi. Olamning yagonaligi zarralarning harakat qonunlarida va ularning o’zaro ta’sir qonunlarida ham namoyon bo’ladi.
Yadroning bo’linish tarixi E.Fermi va uning izdoshlarining 1934 yilda uran yadrosini neytronlar bilan bombardimon qilish bo’yicha o’tkazgan tajribalaridan boshlanadi. Ular zaryadsiz neytron uchun kulon to’sig’i yo’qligi sababli og’ir yadrolarni neytron bilan bombardimon qilib, nishon yadroni neytronlar bilan boyitish, bu yadrolar o’z navbatida radioaktiv bo’lib β- - yemirilish bilan zaryadini bittaga oshirishi, shu yo’l bilan davriy sistemada uran elementidan keyin joylashgan transuran elementlari hosil qilish edilar. Haqiqatda esa ular bo’linish parchalarini (yarim yemirilish davrlari: =13min., : ==90min.) kuzatgan edilar. Ko’p yillik muntazam izlanishlar olib borib 1939 yili O.Gan (1879-1968) va Shtrassman (1902-1980) lar E.Fermi tajribalarini takrorlab, bunday reaktsiya natijasida boshlang’ich yadro o’zidan ancha yengil elementlarga parchalanishini ko’rsatdilar.
I.Kyuri va P.Savich (1909 y.t.) lar yuqoridagi reaktsiyalarda radioaktiv lantanning, O.Gan va Shtrassmanlar radioaktiv bariy elementining hosil bo’lishini aniqladilar.
Bu tajriba natijalarini tahlil qilib, 1939 yilda Meytner va O.Frish (1904-1979) lar neytronlar ta'sirida uran yadrosi ikki bo’lakka ajralishi kerak, degan fikrga keldilar. Bu fikr keyinchalik tasdiqlandi va bu jarayon yadroning bo’linishi degan nomni oldi.
L.Meytner va Frishlar yadro bo’linishini tomchi modeliga ko’ra tushuntirishga harakat qildilar. 1939 yili N.Bor, D.Uiler (1911) bulardan mustaqil Ya.I.Frenkel (1894-1952) lar yadro bo’linish mexanizmini tomchi modeli asosida tushuntirib berdilar. Nishon yadro neytron ta'sirida uyg’ongan holatga o’tadi va yadro suyuqlik tomchisida kuchli tebranishlar yuzaga keladi. Bunday tebranishlar yadrodagi zaryadlangan protonlar o’rtasidagi kulon itarishish kuchlari bilan yadroni barqaror holatga qaytaruvchi sirt taranglik kuchlari tufayli vujudga keladi. Darhaqiqat, yadrodagi nuklonlarning harakatlari natijasida, ayniqsa, ular tashqaridan neytron yutish yo’li bilan energiya olganlarida yadro-tomchining shakli o’zgaradi. Tomchi tebranish natijasida shar, elli’soid yoki boshqa murakkab shaklga kiradi.
Agar uyg’onish energiyasi sirt taranglik energiyasini yengishga yetarli bo’lmasa, ellipsoid shaklini olgan yadro yana sferik shakliga qaytadi. Lekin, agar yadro uyg’onish energi yasi yetarli darajada katta bo’lsa, yadro shakli tebranish natijasida gantel shaklini olishi va u dastlabki shakliga qaytmasligi mumkin, chunki gantel uchlarida to’’langan protonlarning o’zaro elektrostatik itarilish kulon energiyasi yadro tomchisini uzili shiga olib keladi, gantel bo’laklaridagi sirt kuchlari ham bo’linishga moil bo’ladi.
Zarralarning zarralar bilan, zarralarning yadrolar bilan, yadrolarning yadrolar bilan yadro masshtabida intеnsiv ta'sirlashuvi yadrolar tarkibini o’zgartishga olib kеlsa yadro rеaktsiyalari amalga oshgan bo’ladi.
Yadro rеaktsiyasida enеrgiya, impuls yadroda qayta taqsimlangan bo’ladi. Rеaktsiyalar kuchli, elеktromagnit, kuchsiz ta'sirlashuvlarga ko’ra amalga oshishi mumkin.
Rеaktsiyalar zaryadli, zaryadsiz zarralar, fotonlar ta'sirlashuvlariga ko’ra bo’ladilar.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Shavkat Mirziyoyev. ,,Erkin va farovon, demakratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”
2.Shavkar Mirziyoyev. ,,Qonun ustuvorligi va inson maanfatlarini ta’minlash –yurt taraqiyoti va xalq farovonligi garovidir”
3.Fizika 3-kitob, ,,Optika,atom va yadro “ M.M O’lmasova Toshkent-2010
4. T.Mo’minov, A.Xoliqulov ,,Atom yadrosi va zarralar fizikasi”.
5. G.Axmedova, O.Mamatqulov, I.Xolbayev. ,,Atom fizikasi”.
6. Bozorov S. ,,Fizika, optika, atom va yadro” Toshkent-2007.
7. http://arxiv.uz
8.http://ilm.uz
9. www.google
10. http://aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |