Kafedrasi iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)



Download 84,5 Kb.
bet1/4
Sana27.01.2022
Hajmi84,5 Kb.
#413268
  1   2   3   4
Bog'liq
Dunyoning hozirgi zamon ilmiy nazaryasining taxlilida falsafiy tafakkur


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT NAZARIYASI ”
KAFEDRASI
Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)
fakulteti,
S21U-21 guruhi talabasi
ABDURAHMONOV OTABEKNING
Dunyoning hozirgi zamon ilmiy nazaryasining taxlilida falsafiy tafakkur mavzusida


MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Dunyoning hozirgi zamon ilmiy nazaryasining taxlilida falsafiy tafakkur


Reja:


1.Ilmiy muammolarni bilishda falsafaning roli
2. Kurs predmeti va uning hozirgi zamon falsafiy bilim tizimidagi o’rni
3.Hozirgi zamon jahon falsafasi


1.Ilmiy muammolarni bilishda falsafaning roli
Hozirgi zamon fanini falsafa bilan o’zaro ta'sir natijasida falsafa III mingyillikning bosh muammosi – insonning jamiyat va tabiat bilan yangicha munosabatlarini shakllantirish asosida insoniyatning dunyo miqyosida yashab qolishi muammosini anglab etishni taqozo etmoqda. Fan falsafasida tadqiqotlar rivojlanishining yangi manbai paydo bo’lmoqda. Bunda uning muammolari tabiat haqidagi fanlar sohasida amalga oshirilgan muayyan kashfiyotlardan ham ko’ra, ijtimoiy-tabiiy aloqalarning o’rganilishiga ko’proq bog’liq bo’ladi. Falsafada va umuman fanda rivojlanish jarayonlarini tahlil qilishga nisbatan ijtimoiy-tabiiy (ijtimoiy-iqtisodiy) yondashuv shakllanadi, barqaror rivojlanishga o’tishga maqsadli mo’ljal olinganida esa muammolarni hal qilishga nisbatan sistemali yondashuvning yanada yuqori darajasi – noosfera nuqtai nazaridan yondashuv shakllanadi.
Kelajakda barqaror rivojlanishga o’tilganida fan falsafasida asosiy e'tibor ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik tadqiqotlardan tabiatni, tabiat va jamiyatni (ekologiya qonunlarini) o’rganishga qaratilsa kerak. Fanning ekologiyalashuvi jarayoni umuman olganda uning eng avvalo tabiiy fanlar sohasida fundamental tadqiqotlarni va bilishning umumiy ilmiy-integrativ shakllari va vositalarini ildam rivojlantirishni taqozo etuvchi maqsadlarni amalga oshirishga yo’naltirilishi bilan bog’liq bo’ladi. Bu ilmiy bilimlarni texnika va ishlab chiqarish, boshqarish va ta'lim sohalariga jadal tatbiq etish uchun zamin hozirlaydi. Ildam rivojlanish sistemasini bir xilda tushunish asta-sekin shakllanadi. Mazkur tushunish noosferaviy tafakkurda va aql-idrok sohasining qoidalarida mujassamlashgan insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ma'naviy qadriyatlarga, intellektual salohiyatga va ma'naviy-axborot resurslariga asoslanadi1. Mazkur jarayonning shakllanishida fan falsafasi, shubhasiz, muhim metodologik, epistemologik va evristik rol o’enaydi.
Ma'lumki, noosfera haqidagi hozirgi kontseptsiyalarning bir qanchasida fan falsafasi yangi yo’nalishiga asos solgan tabiat hodisalarini tadqiq qiluvchi olimlar muhim rol o’enadilar. Bu yo’nalish fan rivojlanishida uning hozirgi, ba'zan postnoklassik deb nomlanuvchi bosqichidan keein yangi bosqich boshlanayotganidan darak beradi. XXI asrda ana shu talablar bajarilishi zarurligi munosabati bilan fanda ham, jamiyatning tabiat bilan o’zaro aloqada rivojlanishida ham falsafa rolining kuchayishini bashorat qilish mumkin.
Ko’pincha ekologiya va noosferogenez muammolarining hal qilinishi ilmiy jihatdan ta'minlanmaganligi natijasida falsafa ularni ilmiy ishlab chiqishda nafaqat tadqiqotlar strategiyasini shakllantirishning dastlabki bosqichida, balki qarorlar qabul qilishda ham katta yordam beruvchi ijobiy siljishga erishishning yagona nazariy-metodologik vositasi bo’lib qolayotir. Bugungi kunda falsafa fanning butun metodologiyasiga ta'sir ko’rsatmoqda. Fan metodologiyasi, falsafa tomonidan qo’eilgan insoniyatning yashab qolishini ta'minlash va tabiiy muhitni saqlash maqsadlariga qarab tobora ko’proq mo’ljal olib, yangi sistemali yaxlitlik va prognostik yo’nalish kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan fanning falsafiy muammolarini yoritishda hozirgi zamon fanining nazariylashuvi va uzviy bog’liqligi dialektiklashuvi masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur jarayon, masalan, nazariy bo’limlari yuksak darajaga etishi natijasida ularning ayrim natijalarini ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan kvant mexanikasi yoki hozirgi zamon fizikasi kabi fanlarning rivojlanishida murakkablik va abstraktlikning o’sishida namoyon bo’layotir. Abstrakt, mantiqiy-matematik va belgili formallashtirilgan modellar tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
A.Eenshteen fan rivojlanishi jarayonida «uning mantiqiy negizi tajriba natijalaridan tobora uzoqlashib boradi va hissiy tajribalarda sinalgan asoslardan tortib to ulardan kelib chiqadigan tyoremalargacha bo’lgan fikriy yo’l tobora og’irlashib va uzayib boradi»1, deb qayd etgan edi. Fanning rivojlanishiga qarab, uning nazariy qismining ahamiyati ortib boradi, lekin bu empiriya, tajriba, kuzatish rolining kamayishi uchun asos bo’laolmaydi. Fan nazariylashuvining chuqurlashishi fan rivojlanishining har bir bosqichida doim o’ziga xos shaklga ega bo’ladi. Mazkur jarayon matematika, fizika, kimyoda va boshqa tabiiy fanlar va sohalarda ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. U ijtimoiy-gumanitar bilishda ham tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

«Abstraktlikka moeillik»ni V. Geezenberg ham qayd etadi. U mazkur jarayonni hozirgi ilmiy bilishning rivojlanishiga xos va hozirgi zamon fanida etakchi rol o’enaydi, deb hisoblaydi1.


Hozirgi zamon fanining dialektiklashuvi uning rivojlanishining muhim jihatlaridan biridir. Fanning dialektiklashuvi hozirgi davrning muhim qonuniyatiga aylanmoqda va ilmiy bilimning barcha sohalariga, faqat «tarixiy fanlar» – gyologiya, biologiya, astrofizika, tarix va sh.k.ga emas, balki barcha fanlarga tobora keng kirib bormoqda. V. Pauli qayd etganidek, «fizika kundalik hayotining o’zi fizikada rivojlanish, shakllanish jihatini birinchi o’ringa chiqarmoqda»2. Binobarin, fanning dialektiklashuvi (uning nazariylashuvi singari) muayyan tarzda tarixiy bo’lib, fanning predmeti, uning ayni rivojlanish bosqichining o’ziga xos xususiyatlari, zamon va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Hozirgi zamon fanining rivojlanishidagi mazkur jarayonni sezmaslik yoki chetlab o’tish mumkin emas. Bugungi kunda dunyoning aksariyat olimlari, qoida tariqasida, dialektik tarzda fikrlaydilar, Bunda ular dialektika qonunlarini tilga olmasalar va ta'riflamasalar-da, sog’lom fikr va ilmiy intuitsiyaga amal qiladilar.
Nihoyat, dunyoning hozirgi manzaralaridan yana biri bu diniy manzaradir. I. Karimov qayd etib o’tganidek, «XX asr ajoeib ilmiy kashfiyotlar asri, inson Koinot sirlari qo’eniga kirib borayotgan asr, axborot va g’oyat ulkan texnikaviy imkoniyatlar asri bo’ldi. Shu bilan birga bu asrning oxiri diniy qadriyatlarning ueg’onish davri, vazmin, behuda urinishlardan xoli diniy ma'naviyatga o’ziga xos tarzda qaytish davri bo’lib qoldi»3.
Din va falsafa, e'tiqod va bilimning o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqar ekan, taniqli rus faylasufi N.A. Berdyayv ular bir-biriga xalaqit bermaydi va ularning birortasi boshqasining o’rnini bosa yoki uni yo’q qila olmaydi, deb qayd etgan edi. Faylasuf bilim va e'tiqod cheksiz, ular bir-birini mutlaqo cheklamaydi, deb ko’rsatadi. Ilmiy bilim ham, e'tiqod singari, ryal, lekin muayyan darajada cheklangan borliqqa kirish demakdir. Garchi fan tabiatni tushunishga to’g’ri o’rgatsa-da, u e'tiqod, vahiy, g’oya masalalarini hal qila olmaydi, deb qayd etadi Berdyayv.
Hozirgi jamiyatda din rolining kuchayishi fan bilan din, bilim bilan e'tiqodning o’zaro nisbati masalasiga tadqiqotchilar e'tiborini yanada kuchaytirdi. E'tiqod tushunchasi ikki ma'noda: ayni paytgacha tekshirilmagan, isbotlanmagan narsaga ishonch hamda diniy e'tiqod ma'nolarida keladi. Bilim va diniy e'tiqod tortishuvi queidagi uch asosiy yondashuvdan biriga kelishi mumkin: bilimning mutlaqlashtirilishi va e'tiqodning to’la inkor etilishi; bilimning zarariga e'tiqodning o’sishi; ikkala qutbni tutashtirishga urinish – bu, ayniqsa, hozirgi zamon din falsafasida o’zining yorqin aksini topgan.

Download 84,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish