2. Kurs predmeti va uning hozirgi zamon falsafiy bilim tizimidagi o’rni
Fan rivojlanishining hozirgi bosqichi dunyoqarashlarning muayyan mo’ljallarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Mazkur mo’ljallarning shakllanishida falsafiy tafakkur muhim rol o’enaydi. Falsafa va fanning o’zaro munosabatlari muammosi ana shunday muammolardan biridir. Mazkur muammoning hal qilinishi hozirda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. U eng avvalo shunda namoyon bo’ladiki, fanda, ilmiy bilishda doim falsafiy, nazariy-ma'rifiy va umumiy metodologik xususiyatga ega bo’lgan muammolar yuzaga keladi.
Shu munosabat bilan mazkur kursni o’rganish jarayonida muhim o’rin tutadigan «muammo» va «masala» tushunchalarining tabiatiga qisqacha to’xtalib o’tmoqchimiz.
Ma'lumki, tadqiqotchi uchun muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo’lgan muayyan vazifani hal qilish uchun u ma'lum to’siq, qiyinchilikni engib o’tishi talab etiladi. Ammo bir vazifaning hal qilinishi doim ham kutilgan natijani beravermaydi, balki, qoida tariqasida, yangi vazifaning paydo bo’lishiga olib keladi. Mazkur vazifa, o’z navbatida, keeingi vazifaga o’tish bosqichi bo’lib xizmat qiladi. Bu holat falsafiy va ilmiy bilish jarayonida ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi. Bunda bir maqsadga erishilishi muqarrar tarzda navbatdagi, qoida tariqasida, yanada yuqoriroq maqsadning paydo bo’lishiga olib keladi.
Binobarin, bilishning rivojlanish jarayonini tafakkurning bir muammodan boshqa muammolarga harakatlanishidan iborat dialektik jarayon deb ta'riflash mumkin.
Shunga ko’ra, muammo – ob'ektiv tarzda yuzaga keluvchi, hal qilinishi qo’eilgan maqsadga erishishda muhim, ba'zan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan masala yoki masalalarning yaxlit majmui. Bunda haqiqiy muammoni «soxta» muammolardan, ya'ni muhimga o’xshash tuyulgan masalalardan ajrata bilish kerak.
Shu munosabat bilan fan va ilmiy bilimning rivojlanish jarayonida yuzaga keluvchi masalalarni tushunib etish va hal qilishda falsafaning rolini aniqlash ushbu kursning muhim vazifalaridan biridir.
Ma'lumki, falsafa ilmiy muammolarni o’z holicha hal qila olmaydi. Ammo u ilmiy bilishga metodologik, epistemologik, evristik va ma'naviy zamin hozirlaydi.
Shu bois hozirgi davrda Tabiat va Inson umumiy asoslarining bironta ham muammosi, bironta ham global ilmiy, texnik yoki texnologik muammo o’z-o’zidan, uni falsafiy jihatdan tushunib etmasdan, dunyoga eskicha qarashlardan voz kechmasdan va shu asosda yangicha tafakkur, yangicha dunyoqarashni ishlab chiqmasdan hal qilinishi mumkin emas. «Hozirgi zamon odamlari, I.A. Karimov ta'biri bilan aytganda, insoniyat tarixida hech qachon bir tizimdan mutlaqo yangi tizimga o’tish silliq kechmaganini, buning uchun jamiyat doimo muayyan qiyinchiliklarni boshidan kechirishi tabiiy va ob'ektiv hol ekanini amalda anglab olishlari zarur»1.
Binobarin, hozirgi zamon falsafiy muammolarining mohiyatini tushunishda tabiat va umuman dunyo masalasi emas, balki ularga insonning munosabati masalasi muhim ahamiyatga ega.
Falsafiy muammolar yoki, boshqacha aytganda, falsafiy masalalar inson, uning taqdiri, vazifasi, tabiatga, jamiyatga, o’ziga nisbatan munosabati haqidagi masalalardir.
Binobarin, falsafiy masalalar dunyoqarash masalalari deb tushunilishi kerak. Bu masalalarga echimlarni biz aql-tafakkur keltirgan aql dalillarda, mushohadalarda topamiz. Bu erda falsafa hozirgi zamon fani muammolari va jarayonlarini anglab etishda ham juda muhim rol o’enaydi. Bu shundan kelib chiqadiki, birinchidan, falsafa va fan borliqni bilishning ikki tomoni sifatida namoyon bo’ladi, oqilonalik esa ularning bilish mohiyati negizi bo’lib xizmat qiladi, ikkinchidan, falsafa hozirgi ilmiy bilimlarni muayyan darajada tartibga soladi.
Xullas, yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, fanning falsafiy masalalari bu falsafa va fanning dialektik aloqasi va o’zaro bog’lanishini yorituvchi predmet bo’lib, unda falsafa fan va ilmiy bilimlarning metodologik, epistemologik va aksiologik negizi hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, fanning falsafiy masalalari bu falsafa va fanning sintezi, birligi demakdir. Mazkur birlik umumiy metodologik asosda namoyon bo’ladi va bilishning falsafiy asoslari fanga ueg’un qo’shilib, hozirgi ilmiy bilimlarni o’ziga xos tarzda tartibga soluvchi rivojlanish bosqichida turadi.
Shu munosabat bilan ushbu kursda biz ilmiy bilim rivojlanishining turli jabxalarini ko’rib chiqamiz. Bunda hozirgi fanlarning bir qancha tarmoqlarida falsafiy masalalarga alohida e'tibor beriladi. Biroq, muayyan fanlarning falsafiy muammolarini bayon etish bilan bir qatorda, falsafa va fanning tarixiy rivojlanishi, birlikdan har xillik, har xillikdan qarama-qarshilik sari va, nihoyat, undan falsafa va ilmiy bilim rivojlanishining hozirgi bosqichida ularning yaqinlashuvi zarurligini tushunib etishga harakatlanishi jarayonida ularning o’zaro munosabati masalalariga e'tibor berilmasa, ushbu kurs to’liq bo’lmas edi, deb o’elaymiz.
Shu bois mazkur masalalarga navbatdagi ikki mavzu bag’ishlanadi. Ularda, birinchidan, falsafa va fanning o’zaro munosabati yoritiladi, ikkinchidan, falsafiy muammolarning tabiati va ularning hozirgi zamon fanida namoyon bo’lish xususiyatlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |